Jumladan, O’zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo’lgan xodimlarni jinsi, diniy
e’tiqodlari, irqiy va milliy munosabatlaridan qat’i nazar ixtiyoriy birlashtiruvchi mustaqil
Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko’p bolali onalarni har tomonlama muhofaza qilishni
yanada ko’chaytirish, mehnatkash va ijodkor ayollarni bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq bo’lgan
muammolarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasidagi ayollarning imkoniyatlarini
yanada kengaytirish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991-yil
1-martdagi O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi to’g’risidagi farmoyishi bilan
Xotin-qizlar qo’mitasi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasining asosiy
maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ma’naviy va madaniy talablarini
qondirish, ayollarga ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik yordam berish, oilani, onalik va
bolalikni himoya qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini
ta’minlashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi,
12 ta viloyat xotin-qizlar qo’mitalari, Toshkent shahar xotin-qizlar qo’mitasi, 38 shahar, 170
tuman, 14 mingdan ortiq mexnat jamoalari va turar joylarda tashkil etilgan xotin-qizlar
qo’mitalari faoliyat yuritmoqdalar. Qo’mita qoshida xotin-qizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-
tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar ishlamoqda.
1996-yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Faxriylar kengashi-
"Nuroniy" jamg’armasiga aylantirildi.
2014-yilga kelib mamlakatimizda jamiyatimizning turli sohalarida 8 ming 100 dan ortiq
nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. Bu 2010-yilga nisbatan 1,6 marta
ko’pdir. Shular jumlasiga "Sog’lom avlod uchun" va "Ekosan" xalqaro jamg’armalari, "Mahalla"
va "Navro’z" xayriya jamg’armalari, iste’dodli yoshlarni qo’llab-kuvvatlash maqsadida
"Ulug’bek", "Iste’dod", "Mehr-shafqat va salomatlik", "Bolalar", "Amir Temur", "Alisher
Novoiy", "Abdulla Qodiriy" jamg’armalari va boshqalar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O’zbekiston fuqarolik jamiyati asoslari
shakllantirildi. Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining negizini tashkil etuvchi nodavlat va jamoat
tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini kuchaytirish ustuvor vazifa bo’lib turibdi.
Nazorat savollari
1.
1991-yil 25-avgustda O‘zbekiston Prezidentining qanday farmoni e’lon qilindi?
2.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 31-av- gustda bo‘lgan sessiyasida
qanday hujjatlar qabul qilindi?
3.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti»
haqida so‘zlab bering.
4.
Oliy Kengashning «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish
to‘g‘risida»gi qarorining mazmunini bilaliz- mi?
5.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunni
kutubxonadan toping va daftaringizga yozib oling.
6.
Mustaqillik to‘g‘risidagi referendum va uning natijalarini bila- sizmi?
7.
O‘zbekiston Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishning tarixiy ahamiyati nimalardan iborat?
8.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini tavsiflab bering, u qanday hollarda
ko‘tariladi?
9.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini tasvirlang, undan qanday payitlarda
foydalaniladi?
10.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamo- yillarini bilasizmi?
11.
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqish- da nimalar asos qilib
olindi?
12.
O‘zbekistonda milliy huquqiy davlat qurilishida qanday tamo- yillarga asoslandi?
13.
O‘zbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy Majlisning tashkil topishi va faoliyati
haqida so‘lab bering.
14.
Vazirlar Mahkamasining tuzilishi, tarkibi, vazifalari haqida nimalarni bilasiz?
15.
O‘zbekistonda qanday sud organlari faoliyat yuritmoqda?
16.
Mahalliy davlat hokimiyatining tuzilishi va uning vazifalari haqida so‘rab bering.
17.
O‘zbekistonda qanday vazirliklar va davlat qo‘mitalari mav- jud?
18.
O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari, erkinliklari, burchla- rini bilasizmi?
19.
Ombudsman nima va qachon ta’sis etilgan?
20.
O‘zbekistonning saylov tizimi haqida so‘zlab bering.
21.
O‘zbekistonda qachon va qanday siyosiy partiyalar tuzilgan, ularning maqsadlari
nimalardan iborat?
22.
O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati qachon tu- zilgan, uning maqsadi
nima?
23.
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan qanday nodavlat notijo- rat tashkilotlarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: