O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

„Monopol  faoliyatni  cheklash 

to‘g‘risida“ 

gi  Qonuni  kuchga  kiritildi.  Bu  qonun  asosida  raqobatchilikni  rivojlantirishga 

qaratilgan  bir  qator  normativ  hujjatlar  ishlab  chiqildi  va  amalga  oshirildi.  Moliya  vazirligi 

tizimida  tuzilgan 



Antimonopol

  va  narx-navo  siyosatini  o‘tkazish  bosh  boshqarmasi  monopol 

mavqeyidagi  korxonalarni  belgilab,  ularning  mahsulotlari  bo‘yicha  narxlarni  va 

rentabel

likni 


tartibga solib turibdi.

 

Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi. Mustaqillikning dastlabki yillarida sanoat va 

qishloq  xo’jalik  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  tobora  pasayib  bordi,  xo’jalik  yuritish 

murakkablashib  qolgan  edi.  Buning  sababi  O’zbekiston  iqtisodiy  jihatdan  qaram  bo’lib, 

korxonalari mustaqil xo’jalik yurita olmasdi, boshqa hududlarda joylashgan zavod, fabrikalardan 

keltiriladigan  asbob-uskuna  va  butlovchi  qismlarga  butunlay  qaram  edi.  Sobiq  Ittifoq 

parchalangach, aloqalar uzildi. Natijada ko’pgina korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin 

kamaydi,  ayrimlari  to’xtab  qoldi.  Shu  boisdan  O’zbekistonda  iqtisodiy  tanglikdan  chiqish, 

makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish tadbirlari ko’rildi. 

Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun O’zbekiston iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar 

qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qodir korxonalar qurish va buning uchun zarur 

investitsiyalar  ajratish  yo’llaridan  bordi.  Iqtisodiyotda  tarkibiy  o’zgarishlar  uchun  zarur 

mablag’lar  davlat  byudjeti  va  aholi  jamg’armalari  hisobiga  ajratildi.  1991-2002-yillarda 

iqtisodiyotga jalb etilgan jami investitsiyalar 28,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. 

Xalq xo’jaligi tarkibini  qayta qurish maqsadida chet el investitsiyasini jalb qilish choralari 



ko’rildi.  «Chet  el  investitsiyalari  to’g’risida»,  «Chet  ellik  investorlar  huquqlarini  kafolatlari  va 

ularni  himoya  qilish  choralari  to’g’risida»  qonunlar  qabul  qilindi.  Chet  el  investitsiyasini 

O’zbekiston  iqtisodiyotiga  jalb  qilish  bevosita  investitsiyalar  tarzida,  davlat  qarzlari,  xalqaro 

moliya  va  iqtisodiy  tashkilotlar,  qarz  beruvchi  mamlakatlarning  investitsiya  yoki  moliyaviy 

kredit  resurslari  shaklida  amalga  oshirildi.  Iqtisodiyotga  kiritilayotgan  xorijiy  investitsiya 

salmog’I  yildan  yilga  o’sib  bordi.  1992-1999-yillarda  iqtisodiyotda  4,4  mlrd.  AQSh  dollari 

hajmida  chet  el  investitsiyalari  o’zlashtirildi.  1999-yilning  o’zida  iqtisodiyotning  ustuvor 

tormoqlari 1 mlrd. 324 mln. AQSh dollari miqdorida chet el investitsiyalari o’zlashtirildi. 1991-

2002-yillarda  Respublika  iqtisodiyotida  o’zlashtirilgan  chet  el  investitsiyalari  hajmi  14  mlrd. 

AQSh dollarini tashkil etdi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar 

soni 2003-yilda 2087 taga yetdi. 

Yoqilg’i  mustaqilligi.  Mustaqillik  yillarida  iqtisodiyotning  hayotiy  muhim  tarmoqlari 

rivojlantirildi, yangi sanoat tarmoqlari bunyod etildi. Bunga mamlakatning yoqilgi mustaqilligiga 

erishishi  yaqqol  misoldir.  90-yillarning  boshlarida  chetdan  6  million  tonnaga  yaqin  neft 

mahsulotlari  keltirilar,  600  ming  tonna  paxta  tolasi  Rossiya  va  boshqa  mamlakatlarga  neft 

mahsulotlari  uchun  berilardi.  Shu  boisdan  mamlakatimizda  neft  mustaqilligi  uchun  kurash 

boshlandi,  buning zamini  2 trillion  kubmetrga  yaqin  gaz zahiralari,  160 dan ortiq neft koni  bor 

edi. 


Yiliga  2,5  mlrd.  kub  metr  gaz  haydash  quvvatiga  ega  bo’lgan  Ko’kdumaloq  kompressor 

stansiyasi,  Buxoro  neftni  qayta  ishlash  zavodi  barpo  etildi.  1996-yilga  kelib  chetdan  neft 

mahsulotlarini sotib olish to’xtadi, neft mustaqilligiga  erishildi.  1991-yilda 2,9 mln. tonna neft 

(gaz  kondensati  bilan  birgalikda)  mahsulotlari  ishlab  chiqarilgan  bo’lsa,  2000-yilda  bu 

ko’rsatkich  7,5  mln.  tonnadan  oshdi.  Shu  davrda  tabiiy  gaz  ishlab  chiqarish  41,8  mlrd.  kub 

metrdan 56,4 mlrd. kub metrga o’sdi. O’zbekiston yoqilg’i mustaqilligiga erishdi. 

Mashinasozlik va avtomobilsozlik sanoati. Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoati jadal 

rivojlandi. 1994-yilda barpo etilgan O’zbekiston-Isroil «O’zIzmash» qo’shma korxonasida paxta 

terish  mashinalarining  gorizontal  shpindelli  yangi  xili  yaratildi.  Bu  agregat  jahon 

mashinasozligining eng yangi yutug’idir, deb e’tirof etildi. 

1992-yilda  Janubiy  Koreya  bilan  hamkorlikda  O’zbekistonda  avtomabil  ishlab  chiqaruvchi 

korxona  barpo  etishga  kelishib  olindi.  1993-1996-yillarda  Asaka  shahrida  «O’zDEU  avto» 

zavodi barpo etildi va “Damas”, “Tiko”, “Neksiya” rusumli avtomabillar ishlab chiqarish yo’lga 

qo’yildi.  1996-yilda  25,3  ming,  1997-yilda  64,9  ming,  1998-yilda  54,4  ming,  1999-yilda  58,4 

ming,  2004-yilda  70  ming  dona  engil  avtomobil  ishlab  chiqarildi.  «O’zDEU»  zavodida  1999-

2014-yillarda  “Matiz”,  “Lasetti”,  “Epika”,  “Spark”,  “Malibu”,  “Kobalt”,  “Orlando”  rusumli 

avtomobillar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. O’zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 



28-mamlakatga  aylandi.  Agar  2000-yilda  har  100  ta  oilaga  o’rtacha  20  ta  yengil  avtomobil 

to’g’ri  kelgan  bo’lsa,  2013-yilda  bu  raqam  41,4  taga  yetdi.  Tadqiqotlarga  ko’ra  2013-yilda 

mamlakatimizdagi oilalarning 11 % dan ortig’i ikkitadan yengil avtomobilga ega.   

Samarqandda  avtobus  va  yuk  mashinalari  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan  «SamKoch 

avto» zavodi qurildi. 2000-yilda «SamKoch avto» zavodi 483 ta avtobus, 102 ta yuk avtomobili 

ishlab chiqardi. 

Respublikamizda  avtomobillarga  butlovchi  qismlar  ishlab  chiqaruvchi  o’nlab  yangi 

korxonalar  bunyod  etildi.  Hozirgi  paytda  «O’zDEU»  zavodi  uchun  zarur  bo’lgan  butlovchi 

qismlarning 20 foizi O’zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Avtomobilsozlik sanoatida 14 mingga 

yaqin ishchi va xizmatchi mehnat qilmoqda. 

Mashinasozlik sanoatining yirik korxonalari – Toshkent traktor zavodi, O’zbekiston qishloq 

xo’jaligi  mashinasozligi,  Toshkent  va  Chirchiq  qishloq  xo’jaligi  mashinasozligi,  Toshkent 

agregat  zavodi  va  boshqa  korxonalar  mustaqillikning  dastlabki  yillarida  uchragan 

qiyinchiliklarni yengib o’tdi. Birgina Toshkent traktor zavodi 2000-yilda 954 ta, 2001-yilda 1002 

ta traktor ishlab chiqarilgan bo’lsa, hozirgi paytda yiliga 3,5-4 ming donagacha traktor, minglab 

tirkamalar ishlab chiqarilmoqda. 

Gaz-kimyo  va  yengil  sanoat.  1995-yil  oktabr  oyida  O’zbekiston  bilan  AQShning  «ABB 

Lummus  Global»  kompaniyasi  o’rtasida  Sho’rton  gaz-kimyo  majmuasini  qurish  bo’yicha 

hamkorlik  yo’lga  qo’yildi.  Qurilish  ishlari  1997-2001-yillarda  amalga  oshirildi,  majmua 

qurilishida  1  mlrd.  AQSh  dollari  hajmida  sarmoya  o’zlashtirildi.  2001-yil  dekabrda  Sho’rton 

gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua yiliga 125 ming tonna polietilen, 137 ming tonna 

suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish quvvatiga ega. 

Yengil  va  to’qimachilik  sanoati  tez  sur’atlar  bilan  rivojlanib  bormoqda.  Paxtani  qayta 

ishlovchi 

«Qabul-O’zbekKO», 

«Kosonsoy-Tekmen», 

«Papfen», 

«Asnam 


tekstil», 

«Karakulteks»,  «Chinoz  to’qimachi»,  «Qabul-Farg’ona»,  «Oq  saroy  to’qimachi»  qo’shma 

korxonlari barpo etildi. Faqat 2004-yilda 17 ta yengil sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. 

Bu  tarmoqda  xalq  ist’emoli  mollari  ishlab  chiqarish  kengaydi,  minglab  yangi  ish  o’rinlari 

yaratildi.  Agar  1991-yili  respublikamizda  paxta  tolasini  qayta  ishlash  12  foizni  tashkil  etgan 

bo’lsa,  2004-yilda  bu  ko’rsatkich  28  foizga  yetdi.  Kalava,  ip,  paxta  va  shoyi  gazlamalarini 

eksport qilish hajmlari ancha oshdi. 

Mustaqillik  yillarida  «Zarafshon-Nyumont»  korxonasi,  Qizilqum  fosforit  kombinati, 

Qung’irot soda zavodi, Quvasoy kvarts zavodi, Yangiyo’l va Andijon spirt zavodlari, Toshloq ip 

yigiruv fabrikasi va boshqa ko’plab korxonalar bunyod etildi. 

Don  mustaqilligi.  Qishloq  xo’jaligida  ishlab  chiqarish  tarkibini  takomillashtirishga  e’tibor 

berildi.  Xo’jaliklar  qanday  ekin  ekish  sohasida  mustaqil  bo’ldilar.  Respublikada  don 




mustaqilligiga  erishish,  shakar  va  boshqa  oziq-ovqat  mahsulotlari  tayyorlashni  tiklash  yo’li 

izchillik  bilan  amalga  oshirildi.  Paxta  ekiladigan-maydonlar  tegishli  suratda  qisqartirilib,  donli 

ekinlar-maydoni  kengaytirildi.  Umumiy  ekin-maydonlarida  donli  ekinlar  salmog’i  1991-yilda 

18,8 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2000-yilda 42 foizga o’sdi. 

Respublikamizda  don  mustaqilligiga  erishish,  shakar  va  boshqa  oziq-ovqat  mahsulotlari 

tayyorlash yo’li izchillik amalga oshirildi. Agar 1991-yilda mamlakatimizda 1,9 mln. tonna don, 

shu jumlandan 609,5 ming tonna bug’doy tayyorlangan bo’lsa, 2014-yilda 8 mln. tonna bug’doy 

yetishtirildi. O’zbekiston g’alla mustaqilligiga erishdi. 

Andijon paxtakorlari tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi. 

Bu usul paxtadan sifatli va yuqori hosil yetishtirish imkonini yaratdi. 

Iqtisodiyotda  barqaror  yuksalish.  Iqtisodiyot  tarkibidagi  tub  o’zgarishlar,  yangi 

korxonlalarning  bunyod  etilishi  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  sohasida  samarali  natijalar 

berdi.  1991-2002-yillarda  1872  korxona  va  boshqa  ishlab  chiqarish  muassasalari  qurildi, 

mahsulotning  9,5  mingdan  ortiq  yangi  turlarini  ishlab  chiqarish  o’zlashtirildi.  1990-yilda 

Respublika  bo’yicha  ishlab  chiqarilgan  sanoat  mahsulotlari  hajmini  100  foiz  deb  olsak,  undan 

keyingi yillarda kamayib, 1992-yilda 94,7 foizga, 1993-yilda 98,1 foizga tushgan edi. 1995-yilga 

kelib  makroiqtisodiyotda  barqarorlikka  erishildi  va  1996-yildan  boshlab  barqaror  o’sish 

ta’minlanmoqda.  Sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmi  oldingi  yilga  nisbatan  1997-yilda 

106,5 foizga, 1998-yilda 105,8 foizga, 1999-yilda 106,1 foizga, 2000-yilda 106,4 foizga, 2001-

yilda  108,1  foizga,  2002-yilda  108,1  foizga,  2003-yilda  108,4  foizga,  2004-yilda  109,4  foizga 

o’sdi.  Un  va  un  mahsulotlari,  kiyim-kechak,  poyabzal,  shakar  va  qand  mahsulotlari  ishlab 

chiqarish sezilarli darajada ko’paydi, iste’mol buyumlari importi kamaydi. 

Yalpi  ichki  mahsulot  ishlab  chiqarish  1991-1995-yillarda  pasayib  bordi,  1996-yildan 

boshlab  o’sish  boshlandi.  Oldingi  yilga  nisbatan  1996-yilda  YalM  101,7  foizga,  1997-yilda 

105,2  foizga,  1998-yilda  104,4  foizga,  1999-yilda  104,4  foizga,  2000-yilda  104  foizga,  2001-

yilda 104,5 foizga o’sdi. 

Natijada,  2001-yilda  birinchi  bor  yalpi  ichki  mahsulotning  1991-yilga  nisbatan  103  foiz 

o’sishiga  erishildi.  MDH  davlatlari  orasida  birinchi  bo’lib  O’zbekiston  iqtisodiy  barqarorlikka 

erishgan,  iqtisodiy  ko’rsatkichlari  izchil  o’sib  borayotgan  mamlakatdir.  2013-yilda  yalpi  ichki 

mahsulot 8 %, sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 %, qishloq xo’jaligi 6,8 % o’sdi. 

1991-2013-yillarda  YAIMda  sanoatning  ulushi  14,2  %  dan  24,2  %  ga,  kichik  biznesning 

ulushi  31  %  dan  55,8  %  ga  o’sdi.  YAIMda  qishloq  xo’jaligining  ulushi  34  %  dan  17  %  ga 

kamayishi  mamlakatimizning  agrar  respublikadan  sanoati  rivojlangan  zamonaviy  davlatga 

aylanayotganini  ko’rsatadi.  Eng  muhimi  xalqimizni  oziq-ovqat  maxsulotlari  bilan  to’liq 

ta’minlash, kerak bo’lsa ularni eksport qilish imkoniyati yaratildi. 2013-yilda mirishkor dehqon 



va femerlarimizning fidokorona mehnati bilan 7,8 mln tonna g’alla, 8,4  mln tonna sabzavot,  3 

mln 360 ming tonna paxta yetishtirildi.   

Shahar  va  qishloqlarimizning  qiyofasi  o’zgarib,  aholi  turmush  saviyasi  o’sib  bordi.  Yirik 

inshootlar,  korxonalarning  bunyod  etilishi,  iqtisodiyotdagi  tarkibiy  o’zgarishlar,  izchil  o’sish 

sur’atlari  odamlarning  moddiy  va  ijtiomiy  hayotini,  farovoniligini  yildan  yilga  yaxshilanishiga 

zamin  bo’lib,  xizmat  qilmoqda.  Aholini  tabiiy  gaz,  ichimlik  suvi  bilan  ta’minlash  darajasi 

salmoqli  darajada  o’sdi.  Birgina  1999-yilda  4,5  ming  km  gaz  tarmog’i,  shundan  4,3  ming 

kilometri  qishloq  joylarida,  2  ming  km.dan  ziyod  ichimlik  suv  tarmog’i,  shundan  1,9  ming 

kilometri qishloq joylarida ishga tushirildi. 

Mustaqillik  yillarida  O’zbekiston  iqtisodiyoti  qariyb  5  barobar,  fholi  daromadlari  jon 

boshiga o’rtacha 8,7 barobar o’sdi. So’nggi 10 yil davomida (2004-2014) O’zbekiston yalpi ishki 

maxsulotining yillik o’sishi 8 % dan ziyod bo’lib kelmoqda.   

Jahondagi  yetakchi  firmalarning  havo  kemalari  bilan  ta’minlangan  O’zbekiston  Havo 

yo’llari aviakompaniyasi dunyoning 25 mamlakati bilan havo aloqlarini o’rnatgan, u mustaqillik 

yillarida 25 milliondan ko’p yo’lovchiga xizmat qildi. 

Ijtimoiy  hayot.  Aholini  ijtimoiy  himoyalashga  alohida  e’tibor  berilmoqda.  O’zbekistonda 

islohotlar  boshlangan  dastlabki  paytdayoq,  uning  asl  maqsadi  insonga  munosib  turmush  va 

faoliyat  sharoitlarini  vujudga  keltirishdan  iborat,  deb  belgilangan  edi.  Bozor  munosabatlariga 

o’tishning  ilk  davridan  boshlab  aholini  oldindan  ijtimoiy  himoyalash  yuzasidan  zarur  chora-

tadbirlar  ko’rib  borildi.  Shu  maqsadda  miqdori  muntazam  o’zgartirib  turilgan  ish  haqi, 

pensiyalar,  turli  nafaqalar,  stipendiyalar,  kompensatsiya  to’lovlari  tarzidagi  pul  to’lovlari  keng 

qo’llanildi. 

Mamlakatning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya va moddiy yordam oladi. Bunday to’lovlar 

miqdori 2000-yilda 187,8 mlrd. so’mni tashkil etdi. 

Faqat  2000-yilning  o’zida  aholining  kam  ta’minlangan  qismiga  fuqarolarning  o’zini  o’zi 

boshqarish  organlari-mahalla  yig’inlari  orqali  54,2  mlrd.  so’m  miqdorida  nafaqa,  ko’mak  va 

boshqa turdagi yordamlar berildi. 

Mustaqillik yillarida mamlakatda 70 mln. kv.m. turar joylar, 19,5 ming o’rinli kasalxonalar, 

95,7  ming  marta  tashrifli  poliklinikalar,  805,9  ming  o’rinli  maktablar,  15,3  ming  o’rinli 

akademik litseylar, 126,5 ming o’rinli kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi. 

Aholini  ichimlik  suvi  bilan  ta’minlash  va  gazlashtirish  bo’yicha  keng  qamrovli  dasturlar 

amalga  oshirilmoqda.  1991-2000-yillarda  22,6  ming  km.  suv  quvurlari  va  54,1  ming  km.  gaz 

tarmoqlari yotqizildi. Aholining uy-joylarini gazlashtirish darajasi 46,2 foizgacha, ichimlik suvi 

bilan markazlashgan holda ta’minlash esa 64,2 foizdan 77,6 foizgacha ko’tarildi. 

Yosh  oilalarni  qo’llab-quvvatlash  dasturi  amalga  oshirilmoqda.  2009-2012-yillarda 



mamlakatimizning 159 ta qishloq tumanida namunaviy loyihalar asosida 900 dan ortiq yangi uy-

joy  massivlari  barpo  etildi,  33  ming  500  dan  ziyod  yakka  tartibdagi  uy-joy  foydalanishga 

topshirildi. 2013-yilning o’zida esa 10 mingta ana shu tipdagi uylar qurildi.    

Respublikada  aholiga  tibbiy  va  ijtiomiy  xizmat  ko’rsatishning  rivojlangan  tizimi  bunyod 

etildi.  Mustaqillik  yillarida  ambulatoriya-poliklinika  muassasalarining  soni  3  mingdan  4,8 

minggacha yoki 1,6 baravar ortdi. Qishloq joylairda 1600 ta vrachlik punktlari ochildi. 

Aholiga  81,5  mingdan  ortiq  shifokorlar  turli  ixtisosliklar  bo’yicha  malakali  tibbiy  yordam 

ko’rsatmoqda. 

1994-yilda  aholining  dori-darmonga  bo’lgan  ehtiyoji  Respublikada  ishlab  chiqarilgan 

mahsulot hisobiga bor-yo’g’i 4,5 foizga qondirilar edi. 2003-yilga kelib, katta miqdorda sarmoya 

jalb  etilganligi  hisobidan,  bu  ko’rsatkich  25  foizgacha  o’sdi.  2013-yilning  o’zida 

Respublikamizda 146 ta yangi zamonaviy tibbiyot muassasalari ishga tushirildi.  

2012-yilda  Toshkentda  o’tkazilgan  Ona  va  bola  salomatligiga  bag’ishlangan  xalqaro  ilmiy 

konferensiyada  qayd  etilgan  ma’lumotlarga  ko’ra  mustaqillik  yillarida  aholining  o’rtacha  umri 

66  yoshdan  73,5  yoshga  uzaygan.Onalar  o’limi  2  baravar,  bolalar  o’limi  esa  3  baravarga 

kamaygan.  

Keyingi  yillarda  ham  davlat  byudjeti  xarajatlari  tarkibida  ijtimoiy  sohaga  yo’naltirilgan 

xarajatlar yuqori darajada saqlanib qoldi va 2014-yilda umumiy xarajatlarning 60 foizini tashkil 

etdi. 

2014-yilga kelib mamlakatimizdagi har uch oilaning bittasiga shaxsiy yengil avtomobil, har 



100  oilaga  o’rtacha  80  ta  muzlatkich,  146  ta  televizor  (ba’zi  oilalarda  2-3  tadan)  to’g’ri 

kelmoqda. Har bir oila 3-4 tadan uyali telefonlarga ega. 

O’zbekiston dunyoda o’z xalqining sog’ligi haqida eng ko’p qayg’uradigan davlatdir. 1997-

yil  yurtimizda  “Inson  manfaatlari  yili”,  1998-yil  “Oila  yili”,  1999-yil  “Ayollar  yili”,  2000-yil 

“Sog’lom  avlod  yili”,  2001-yil  “Onalar  va  bolalar  yili”,  2002-yil  “Qariyalarni  qadrlash  yili”, 

2003-yil  “Obod  mahalla  yili”,  2004-yil  “Mehr  va  muruvvat  yili”,  2005-yil  “Sihat-salomatlik 

yili”, 2006-yil “Xomiylar va shifokorlar yili”, 2007-yil “Ijtimoiy himoya yili”, 2008-yil “Yoshlar 

yili”, 2009-yil “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, 2010-yil “Barkamol avlod yili”, 2011-yil 

“Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  yili”,  2012-yil  “Mustahkam  oila  yili”,  2013-yil  “Obod 

turmush  yili”,  2014-yil  “Sog’lom  bola  yili”,  2015-yil  “Keksalarni  e’zozlash  yili”  deb  e’lon 

qilinib  maxsus  davlat  dasturlari  asosida  xalqimizga  munosib  turmush  sharoitlari  yaratib 

berilmoqda.   

Bir  so’z  bilan  aytganda  mustaqillik  yillarida  iqtisodiyotning  boshqaruv  tizimi  tubdan 

o’zgartirildi,  xo’jalik  yuritishning  bozor  iqtisodiyotiga  mos  yangi  tizimi  yaratildi.  Bozor 

infratuzilmasi  asoslari  barpo  qilindi.  Mamlakatimiz  iqtisodiy  tanazzul  davridan  o’tib  oldi, 



makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi zarur shart-

sharoitlar  vujudga  keldi.  Xususiy  mulkchilikning  huquqiy  asoslari  yaratildi.  Davlat  mulkini 

xususiylashtirish  natijasida  ko’p  ukladli  iqtisodiyot  shakllandi.  Eng  muhimi,  odamlarimizning 

tafakkuri,  hayotga  bo’lgan  munosabati  tubdan  o’zgarmoqda.  Turmush  darajasi,  oilasining 

farovonligi o’ziga bog’lik ekanligini tushunib yetayotgan odamlar tobora ko’payib bormoqda. 


Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish