Qayta ishlanuvchi cho‘yan.
Bu cho‘yanda uglerod temir bilan asosan
temir karbidi (Fe3C) tarzida bo‘ladi, shuning uchun bu cho‘yanlar juda qattiq va
mo‘rt bo‘ladi.
Quymakorlik (kulrang) cho‘yan
. Bu cho‘yanlarning tarkibida
uglerodning ko‘p qismi erkin holda, ya’ni grafit tarzda bo‘ladi. Cho‘yanlar
strukturalarining metall asosiga ko‘ra perlitli, ferritli, ferrit-perlitli, perlit-ferritli
turlariga ajratiladi. Bu cho‘yanlarning narxi arzon, yaxshi quyish xossali,
keskichlar bilan oson kesib ishlanadi, qoniqarli mexanik, antifriksion va boshqa
xossalarga ega.
9-jadvalda kulrang cho‘yanlarning bazi markalari, asosiy mexanik
xossalari va ishlatilish joylari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |