7-§. Cho‘yanlarning xili, tasnifi va markalanishi
Yuqorida qayd etilganidek, cho‘yan termirning uglerodli qotishmasi
bo‘lib, uning tarkibida uglerod miqdori 2,14 % dan ortiq bo‘ladi, undan tashqari
ma’lum miqdorda Si, Mn, P, S lar ham bo‘ladi. Ma’lumki, uglerod cho‘yanda
grafit va sementit holida bo‘lishi mumkin. Agar cho‘yanlarning tarkibida
uglerod va kremniy ko‘p bo‘lib, marganes kam bo‘lib, sekin sovitilsa, uglerod
erkin tarzda ajraladi. Agar, aksincha uglerod va kremniy kam bo‘lib, marganes
ko‘p bo‘lib tez sovutilsa, uglerod sementitda bo‘ladi. Cho‘yanlar tarkibidagi
uglerodning qay tarzda va qay shaklda ekanligiga ko‘ra ularni qayta
ishlanadigan, quymakorlik (kul rang), bolg‘alanuvchi va mustahkamligi yuqori
cho‘yanlarga ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |