PADARKUSH YOXUD O’QIMAGAN BOLANING HOLI
Ziyoli musulmon kirar, palto va asosini mixga qo’yar. Boy ola-ola Harar, xohlamas.
Ziyoli. Assalom alaykum.
Boy (
karaxt ila
). Va alaykum assalom, Xayrulla! Kursi keltur. Bu kishi yerg’a o’ltura
olmaydur.
Kelturar. Ziyoli o’lturub papiros chekar.
Ziyoli. Janob boy, sizni kayfsiz ko’rarman. Mumkinmi sababini bilsam?
Boy. Bir mullomehmon kelib edi, o’g’lungni o’qutmaysan, deb juda jonimni oldi.
Quvlagandek qilib zo’rg’a qutuldim, faqat mushlashmadug.
Ziyoli. Oh-ho, qiziq va interesniy hodisa emish. (
Odamlarga qarab
) Bu shaharda
boylarga amri ma’ruf qilaturgan mullo bor ekan, xudoga shukur. Ul janob haqqoniy
domlani topib, ziyorat qilmak kerak, boy afandi! Sizga malol kelmasun, ushbu to’g’ridan
men ham sizga qachonlar bir necha so’z aytmoqchi edim. Va ammo soati, birinchi daqiqa
manga quloq bersangizki, ilm naf’i to’g’risinda so’zlayin.
Boy (
ola-ola qarab
). Endi bildim, Siz ham o’g’lungni o’qut, deb mani qisar ekansiz.
(
Odamlarga qarab
.) Bukun chap qo’lim ila turganman. O’ylaymanki ishlar oldimdan
chiqar. Mazmuni: qordan qutulib, yog’murga uchraymiz. Xayrulla! Chilim keltur!
(
Tarafayn sukut. Chilim kelar. Boy chekar, yo’talar
).
Boy. Xayrulla!
Xayrulla. Labbay, taqsir!
Boy. Joyimni tashla, uyqum keldi. (
Hamyoza tortar
). Ertag’a ishlar ko’b, vaqtlik
yotmak kerak. (
Yana hamyoza
).
Xayrulla. Xo’sh, taqsir.
Ziyoli (
jiddiyat ila
). Boy afandi! Men sizga dedimki, millatga keraklik ilmlar
to’g’risinda so’zlamoqchiman, ammo siz mani so’zumni eshitmoqg’a xohlamaydurganga
o’xshaysiz! Ikkinchi daf’a aytarmanki, quloq, bering va bu so’zlar sizni va millatni
naf’idur!
Boy. So’zingizni jabr va zo’r ila eshitturarsizmi? Va yo mani azob bermoqg’ami
keldingiz?
Ziyoli. Yo’q, men asli boshqa ish uchun kelib edim va lekin ilm bahsini ustidan chiqib
qoldim, ushbu sababli muddaoni tabdil qilib, ilm to’g’risidan sizga bayon qilmoqni qasd
etdim, shoyadki, janobingizdek boylar millat bolalarini o’qitmog’iga sa’y qilsalar.
Boy (
Xalqqa qarab
). Koshki domla hikoyatini aytmasa edi. Xo’p, madomiki,
kuymaysiz, ertaroq so’ylab tamom qiling, uyqum kelgan (
hamyoza
). Odamlar bolasini
o’qut, deydur-o.
Ziyoli. Hozir yangi va boshqa zamonadur. Bu zamonga ilm va hunarsiz xalqning
boyligi, yeri va asbobi kundan-kun qo’lidan ketgandek, axloq va obro’vi ham qo’ldan
chiqar, hatto dini ham zaif bo’lur. Buning uchun biz, musulmonlarni o’qimoqg’a sa’y
qilmoq’imiz lozimdur. Vaholanki, dini sharifimiz har nav naflik ilm o’qumoqni beshikdan
mozorgacha bizlarga farz qilgandur. Bu hukm — hukmi shariatdur. Biz, musulmonlarga
alal-xusus, bu zamonda ikki sinf ulamo kerakdur: biri olimi diniy; digari olimi zamoniy;
olimi diniy: imom, xatib, muddaris, muallim, qozi, muftiy bo’lub, xaloyiqni diniy va
axloqiy va ruhoniy ishlarini boshqarar, bu sinfga kiraturg’on talabalar, avvalo, Turkistonda
va Buxoroda ilmi diniy va adabiy va biroz ruscha o’qub, so’ngra Makka, Madina, Misr yo
Istambulda borib, ulumi diniyyani xatm qilsalar kerak.Toki komil mulla bo’lsunlar. (
Boy
mudraydur.
) Ongladingizmi, boy?
Boy (
boshini ko’tarib
). Ha, ha ayta bering. Qulog’im sizga.
Ziyoli. Olimi zamoniy bo’lmoq uchun bolalarni, avvalo, musulmoniy xat va savodini
chiqarib, zaruriyoti diniyya va o’z millatimiz tilini biladurg’ondan so’ngra hukumatimizni
nizomiy maktablarinda bermoq kerakdur: ya’ni gimnaziya va shahar maktablarini o’qub
tamom qilganlaridan so’ng Peterburg, Maskav dorilfununlariga yuborib, do’qturlik,
zakunchilik, injirnerlik, sudyalik, ilmi tijorat, ilmi ziroat, ilmi iqtisod, ilmi hikmat,
muallimlik va boshqa ilmlarni o’qitmak lozimdur. Rusiya vatanini va davlatina bilfe’l
sherik bo’lmoq kerakdur hamda davlat va mansablariga kirmak lozim. Toki maishat va
ehtiyoji zamoniyamiz to’g’risinda vatan va millati islomga xizmat qilsinsa. Va podshohlik
mansablariga kirib musulmonlarga naf yetkurilsa va ham davlati Rusiyaga sherik bo’linsa,
hattoki, shu tariqa o’qigan musulmon bolalarini Farangiziston, Amrika va Istambul
dorilfununlariga tajriba uchun yibormak kerakdur. Hazrati paygambarimiz: ilm Xitoyga
ham bo’lsa talab qilingiz, demadiblarmu? (
Boy uyquda
). Bul ishlar bo’lmasa, magar pul
ilava sizdek katta boylarni qimmati ila, chunonchi, Kafkaz, Urunburg va Qozon
musulmonlarini boy va aqli hayriyoti ilm yo’liga ko’p pullar sarf etadilar va kambag’al
bolalarini o’qutdurarlar. (
Boyga qarab.
) Albatta, so’zlarimg’a tushungansiz, janob boy!
Boy! Bobo boy!
Boy (
mudraydur, bosh ko’tarib, esnab
). Ha, ha.
Ziyoli. Aloho, biz Turkiston xalqig’a bir imon odat borki, bir kishi ruscha o’qub,
podshohlik ishig’a kirib, rasmiy furma kiysa, oni ayb qiladurlar. Yo bir musulmon bolasi
nizomiy maktab furmasida yursa, masxara qiladurlar. Agar izvoshchik va yo qaro
mehnatkash bo’lub, ovrupoyilarni eski libosini kiysa va yo javon bacha bo’lub, o’yunchilar
libosini kiysa, hech kim bir nima demaydurki, bur kamoli nodonlik va dunyodan
xabarsizlikdur. Shunday emasmur, amaki boy?!
Boy (
o’ltirgan yeridan bir tarafg’a og’ib yotib
). Xur-xur-xuro-xuro...
Ziyoli. Iloho, xudoyo! Ummati islomiyag’a, xususan, biz turkistonliklarg’a rahming
kelsun. (
Ro’moli ila ko’z yoshini artib chiqib ketar.
)
Do'stlaringiz bilan baham: |