sarguzashtlarimni sanga birin-birin so’ylab berayin, san yaxshigina quloq solib, tinglab,
xatga yozub turgin. Opaginang aylansun, qo’lingga qalam-qog’ozingni ol.
D a v r o n b e k. Xolajon, avval gapiraturg’on gapingizni cho’zmasdan qisqagina
gapirung. Qog’oz, qalamga navbat keyin keladur.
M e h r i n i s o. Opaginang aylansun, dunyoni mani xasratimga quloq soladurg’on
odam ham bor ekan. Dod-faryodimga yetadurg’on kishini endi topdim. O’n besh yildan beri
man baxti qaro sho’rlik... Bir qimorbozni qo’liga tushub, o’tga yoqilub, toshga chaqildim.
Kuyub-o’rtanub cho’b-ustuxon bo’lub ketdim. Rahmatlik ota-onam bor vaqtida bu yigit
o’lgur erim manga muncha zulm qilolmas edi. Ular o’lgandan keyin ayniqsa, bu sho’rlik
boshim to’qmoq ostida qoldi. Har kun ichg’on oshim zahar-zaqqum, ko’rg’on kunimni it
ham ko’rmasun. Mani muttaham erim qurg’ur bir kun qimorg’a yutquzub kelub, alamini
mendan olsa, bir kun mast bo’lub kelub, man sho’rlikni boshig’a qiyomat kunini soladi.
Ichg’on oshim — zahar-zuqqum, ko’rgan kunum — jahannam.
D a v r o n b e k. Xolajon, bu yerga kelishdan maqsadingiz nima, shundan gapuring,
gapni ko’p cho’zmang.
M e h r i n i s o. Opaginang aylansun, jonginamni qoqay. Mani hasratlarim juda ko’p.
Bir boshidan sanga tushuntirmasam, maqsadimga yetmayman, alamimdan chiqmayman.
Etni tutog’i bit — degandek, mani qimorboz okam qo’yarda-qo’ymasdan, ota-onalarim
bunga bermaymiz, desalar ham yolg’on-yashiqlarni gapurub, maqtab, shu zolimni qo’liga
mani asir qilub qo’ydi. O’n besh yildan beri it azobin tortaman, dardu hasratlarimni aytayin,
desam hech bir jonkuyarim yo’q. Bir necha marotaba qozig’a borub arz qilg’on edim.
Yigitgina o’lgur erim ma’ruz, rivoyatmi, allanima balolar qilub, yana uyiga haydab olib
keldi. Manga yo’l-yo’riq ko’rsatadurg’on bir jonkuyar bo’lmadiki, u zolimning qo’lidan
man mushtiparni ozod qilsa!
D a v r o n b e k. Xolajon, endi nima qilmoqchi bo’lasiz, eringizdan chiqmoqchimisiz?
M e h r i n i s o. Opaginang aylansun, ilojini topsam ul zolimning uyida bir nafas ham
turmayman.
D a v r o n b e k. Eringizni sizg’a jabr-zulm qilishig’a mahallangizni domla-imom,
ellikboshilari sizning tarafingizdan guvohlik beradilarmi?
M e h r i n i s o. Opaginang aylansun, ijoraxo’r imom ila poraxo’r ellikboshi qachon
man mushtiparni tarafi bo’ladi deysan. Qozixonaga borganda ham mahallalari muttaham
erimni tarafi bo’lib ketdilar.
D a v r o n b e k. Bo’lmasa endi eringiz urgan vaqtida qo’ni-qo’shnilaringizdan ikki
kishini guvoh qilib keling, manga keling, man ilojini qilaman.
M e h r i n i s o (
boshini ochub, yarasini ko’rsatur
). Opaginang aylansun. Mani o’tgan
kuni urgan. Yarasi hali ham tuzalgani yo’q.
D a v r o n b e k. Mana man sizg’a katta ko’chadagi do’xtirxonaga qog’oz yozib
beraman. Olib borsangiz qo’lingizga, guvohnoma qilub beradur. Soat uchda shu
guvohnomani olib keling, man sizg’a tegishlik joyga ariza yozub beraman.Tez fursatda
zolim eringizdan qutulursiz.
M e h r i n i s o. Opaginang aylansun (
o’rnidan turib
), advokatlik oson ish emas,
manga o’xshag’on g’arib benavolarni (ng) dodiga yetmoq kerak (
chiqib ketar
).
A b d u j a b b o r (
Do'stlaringiz bilan baham: