Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
Muhsin Qodirov. 
«Ilohiy muhabbat sadosi», 
«O’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 
1995-yil, 12-may 19-son. 
 
 
«PIRI KOINOT» HAQIDA 
 
Al-Farg’oniyga  bag’ishlangan  asarlar  ichida  eng  muvaffaqiyatlisi  Hamza  nomidagi 
akademik  drama  teatrida  sahnalashtirilgan  Hayitmat  Rasulning  «Piri  koinot»  dramasidir. 
Muallif  butun  e’tiborini  allomaning  olimlik  sifatlarini  ochishga  qaratgan.  Dramadagi 
boshqa  barcha  yo’nalishlar  ana  shu  maqsadga  bo’ysundirilgani  bois  Al-Farg’oniy  buyuk 
mutafakkir, oliyjanob  qalb egasi,  har bir so’zi  va  harakatida aql  va tafakkur  ufurib turgan 
siymo sifatida gavdalanadi. Asarni rejissor Valijon Umarov rassom Baxtiyor To’rayev bilan 
hamkorlikda sahnalashtirgan. 
«Piri koinot» spektaklida  mahobatli badiiy yechim orqali rejissor, avvalo, ota-bobolar 
ruhidagi  ulug’vorlikni, qolaversa,  ularga bo’lgan  hurmat  va ehtiromni  ifodalashga  intiladi. 
Yangrayotgan  musiqa,  taralayotgan  nur,  tugun  va  boshqa  tasviriy  omillar  qandaydir  katta 
hodisadan  darak  beradi.  Darhaqiqat,  shu  sahnaning  o’zidayoq  osmon  jismlarini 
o’rganayotgan  olimlar  va  ularni  mazax  qilib  kuzatib  turgan  mutaassib  guruh  namoyon 
bo’ladi.  Ya’ni,  to’qnashuv  ikki  toifa  odamlar  o’rtasida  kechishi  anglashiladi.  Goh  ochiq, 
goh  pinhona  kurashayotgan  guruhlarning  kuch  va  salohiyat  jihatdan  bir-biridan 
qolishmasligi  asar  voqealariga  shiddat  bag’ishlaydi.  Al-Zokir  aqlan  Farg’oniydan  ustun 
kela  olmasligini  dildan  his  qilgach,  hiyla  yo’liga  o’tadi.  Ana  shu  to’qnashuvlarda  asar 
qahramonlarining o’ziga xos xarakterlari oydinlashadi. 


Spektaklning  o’ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  —  unda  bosh  qahramon  statik,  ya’ni 
o’zgarmas  yoki  ideal qahramon emas, balki oddiy  insoniy  xususiyatlardan  xoli bo’lmagan 
xokisor  inson.  Aktyor G’aybulla  Hojiyev  ijrosida  Al-Farg’oniy  ilm  izlab  Bag’dodga borib 
qolgan,  biroq  ona  Vatani  Farg’onani,  uning  go’zal  tabiati  va  sharqiroq  suvlarini  sog’inib 
yashovchi o’zbekning tashqi jihatdan oddiy, boshqalardan ko’pa ajralib turmaydigan, biroq 
qilayotgan  mehnati,  ilmiy  izlanishlari  bilan  o’z  davridan  ancha  ilgarilab  ketgan  inson 
sifatida gavdalanadi. 
Al-Farg’oniy  bilan  Firdavsning  uchrashuv  sahnasini  olaylik,  Farg’oniy  Firdavsdan 
salom  qilishni  so’raydi.  Bu  olimning  onasi  va  yoriga  mehr-muhabbatining  ifodasigina 
emas,  balki  ona  yurt  qarshisidagi  uzib  bo’lmas  farzandlik  burchining  go’zal  tasviridir. 
Kelinlarga  xos  harir  ko’ylak  va  ro’molda  tomosha  zaliga  qarata  Firdavs  —  S.  Yunusova 
qayta-qayta  engashib,  kelinlik  salomini  takrorlashini  so’raydiki,  buni  tomoshabin  go’zal 
Farg’onaga  ta’zimday  qabul  qiladi.  Shu  onda  bejiz  osmondan  ukpar  tashlangandek 
yulduzlarning sho’lalari to’kiladi. Go’yo butun borliq sevishganlarni olqishlayotgandek. 
Spektakl  finalida  o’zbek  o’g’lonining  ulkan  yer  timsolini  aylantirishi  yerning 
dumaloqligini birinchilardan bo’lib bashorat qilgan xalqning buyukligidan, doimo aylanib, 
harakatda bo’lgan zaminda o’ziga xos o’rni borligidan hikoya qilganday jaranglaydi. 
 
Dilfuza Rahmatillayeva.
 «Tarixiy dramaning 
uyg’onish davri», «Istiqlol va milliy 
teatr», «Yangi asr avlodi», 
2002-yil, 176—177-betlar. 
 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish