Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


HAYITMAT RASUL ASARLARI HAQIDA



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

HAYITMAT RASUL ASARLARI HAQIDA 
MATBUOT SHARHLARI. 
«MUHABBAT SULTONI» HAQIDA» 
 
Shuni  qayd  etish  kerakki,  oshiqlik  tasviriga,  dramaturg  va  unga  ergashib  teatrlar 
birmuncha yangicha yondashadilar. Majnun ham, Layli ham ko’ngillari kimnidir, nimanidir 
tusayotganini, butun vujudlarini allaqanday notanish, biroq ko’p totli his-tuyg’ular qamrab 
olayotganini  aytishadi.  Oshiq  qalblar  bir-birini  izlaydi,  bir-biriga  talpinadi.  Nihoyat, 
Majnun bilan Layli uchrashadilar va ilohiy sevgiga mubtalo bo’ladilar. 
«Hamza»  teatrida  rejissor  Marat  Azimov,  rassom  Baxtiyor  To’rayev  ko’magida 
voqealar  o’rnini  shartli  —  ramziy  uslubda  hal  qilib,  sahnalarning  osongina  o’zgarib,  bir-


biriga  ulanib,  yaxlit  bir  manzara  hosil  qilishigaerishgan.  Beg’ubor  muhabbatga  yo’l 
bermagan  muhit  zahil,  rangsiz,  tumanli  bo’yoqlarda  aks  ettiriladi.  Uchrashuv  sahnalarida 
gullar  bilan  birga  yonma-yon  o’sgan  shumg’iyalar  ko’rinadiki,  bu  Ibn  Salom,  Omir  kabi 
razillar,  bag’ritoshlarga  ishora  deb  o’ylayman.  Surxondaryoda  pyesani  teatrning  adabiy 
emakdoshi  Shavkat  Pardayev  sahnalashtirgan.  Bu  uning  birinchi  spektakli  bo’lishiga 
qaramay, obrazli yechimga intilgan. Bunda ham voqealar o’rni shartli beriladi. 
Garchi asar ikkala teatrda drama sifatida sahnalashtirilgan bo’lsa-da, musiqa bezagiga 
ham  yetarli  e’tibor  berilgan.  «Hamza»  teatri  spektaklida  goh  maqom,  goh  zamonaviy 
ohanglar  yangraydi.  Surxondaryo  spektaklida  esa  xonandalar  N. Mirzayeva  va 
Ch. Choriyev  o’rni-o’rnida  xonish  qilib,  turadilar.  Ammo  ochig’ini  aytganda,  unda  ham, 
bunda  ham  musiqa  voqealar  tarkibiga  singib  ketmagan.  Bunday  asarga  maxsus  musiqa 
yozilgani ma’qul edi. 
Asosiy qahramonlar ham o’ziga xos. Qays rolida Qahramon Abdurahimov («Hamza» 
teatri)  va  Bozor  Ramazonov  (Surxondaryo  teatri)  namoyon  bo’ladilar.  Ayniqsa,  Q. 
Abdurahimovning  shu  paytgacha  ijro  etib  kelgan  rollari  ichida  hajm  va  mazmun  e’tibori 
bilan  alohida  ajralib  turuvchi  eng  muhim  obrazi  shu  Qays  bo’lsa  kerak.  Katta  mehnat 
qilgani ko’rinib turadi. U gavdalantirgan Qaysda ehtiros kuchli, qalbi, aqli, butun vujudini 
muhabbat tuyg’usi qamrab olgan. 
Layli  shunchaki  malika,  shunchaki  go’zal  qiz  emas,  balki  tengsizlik,  mutaassiblik, 
adolatsizlik  hukm surgan zamonlarda o’z muhabbati, erkini  himoya qilib chiqqan jasoratli 
zotdir.  Bu  rollarda  o’ynagan  Z. Ashurova  («Hamza»  teatri)  va  D. Yunusaliyeva 
(Surxondaryo teatri) shu mazmunni ifoda qilishga intilganlar. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish