o’ziga xos nusxasini yaratdi. U “Yusuf va Zulayho”ning dramatic poemasini yaratishda o’z
zamonasining ruhi, unig muammolarini asarga olib kirishga harakat qilgan, dostonga
yangisha ohang, yangicha sayqal bergan. Durbek dostonidagi diniy talqin va aqidalardan
insonparvar g’oyalarni ajratib olib, adolat, halollik g’oyalarini chuqurlashtirgan. Eski
mavzuning yangicha talqini yoshlar tarbiyasuda ularning ma’naviy boyishida muhim
ahamiyat kasb etishiga ishonch tug’iladi.
Rejissor Rustam Boboxonov asarni mohirona sahnalashtirgan. Ming afsuslar bo’lsinki,
bugun u oramizda yo’q. Premyeradan so’ng barchani dog’da qoldirib, bevaqt vafot etdi,
teatr san’ati istiqlolli yosh rejissordan judo bo’ldi. “Yusuf va Zulayxo” marhumning eng
oxirgi ijod mahsuli edi. Rejissor spektaklda voqealarni, obrazlarni to’xtovsiz
rivojlantiradigan dinamika topgan. Spektakl va aktyorlar o’yinida u g’ayritabiiy
romantikadan qochgan. Hayot haqiqati yo’lidan borib dramaturg g’oyalarini sahna
vositalari bilan boyitishga, chuqurlashtirishga erishgan. Ommaviy sahnalar did bilan
yaratilgan.
Spektaklning katta yutug’I Yusuf va Zulayxo obrazlarining sahnada yuksak badiiy
ifodalanishidir. Yusuf juda murakkab psixologik obraz. Bu obrazni yosh aktyor Xamida
To’xtayev yaratgan. U obraz ustida puxta ishlab, adabiiy manbaani boyitishda o’z
iste’dodini namoyish qilgan. Uning Yusufi dostondagidek nihoyat gozal, kamtar,
muhammatiga sadoqatli aqlda ham? Farosatda ham nihoyatda ustun. Unig sahnada yurish-
turishi bosiq, xayolchan harakatda kambag’al, lekin ichki fikrda boy. Aktyor o’z
qahramonini mashaqqatli yo’llardan olib o’tib, uning olijanobligini ko’rsatishga alohida
e’tibor bergan. Ayniqsa, Zulayxoning Misr Aziziga turmushga chiqqanidan keyingi
fojiasini ko’rib, hijron azobida o’rtanadi, lekin unig oilasini buzishni, malomatga qolishni
istamaydi. Bunga unig yuksak insoniy fazilatlari, xulqi, odobo yo’l qo’ymaydi. Aktyor ham
Yusufning ichki tuyg’u-kechinmalarini mana shunday andozada yuksak mahorat bilan
talqin qiladi.
Yosh aktrisa Zulayxo Boyxonova ham Zulayho rolini yaratishda katta yutuqlarni
qo’lga kiritgan. Sahnada dostondagi Zulayhoning jonli haykalini o’rnatish darajasiga
ko’tarilgan. Unig Zulayhosi boshdan oxirigacha muhabbat shaydosi. U sevgini insonning
buyuk fazilati deb biladi. Aktrisaning ismi ham, jismi ham xarakteri ham Zulayxo obrazi
uchun yaratilgandek tuyuladi. Hayot fojealari Zulayxo xarakterini tubdan o’zgartirib
yuboradi. Ilgarigi umid, shodligi yo’qoladi. Biroq yuragida sevgi o’ti o’chmaydi.
Aksincha,yanada zo’r kuchga aylanadi. Aktrisa o’z qahramonina ana shunday kuchli
irodaga ega go’zal ayol sifatida gavdalantiradi va tomoshabin mehriga sazovor bo’ladi.
Aziz fojiasidan so’ng Zulayxoning boshi ochiq, o’z sevgilisiga erishish uchun ma’lum
sharoit tug’ilgan edi. Lekin bunga Yusufning andishalari yo’l qo’ymaydi. Bundan
azoblangan Zulayxo g’azabnok bo’ladi. Endi Yusuf unga shavqatsiz tuyuladi. Alamini
yashira olmaydi. Yusufga qo’pollik qilib qo’yganini ham sezmay qoladi. Affsuski, aktrisa
mana shu sahnada tashqi ifodani berib, biroz mezondan chiqib ketgan. Zulayxoning bu
sahnadagi tug’yoni Sharq ayollariga xos, chuqur iffat bilan, nozik ichki kechinmalarda
berilishi kerak. Uning buyuk insoniy muhabbatiga rahna tushmasligi lozim. Iste’dodli
aktrisamiz bu sahnadagi izlanishlarini oxiriga yetkazishiga aminmiz.
Mamajon Rahmonov: “Muhabbatim senga havola”,
“O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi. 1990 y. 17 avgust.
Do'stlaringiz bilan baham: