Fozil otaga
). Keling, ishlaringiz qalay?
F o z i l o t a. Yomon emas, mana, ikkinchi korpus ham qaddini ko’tarib qoldi. Men
hozir Jo’ravoyga arz qilib kelayotgan edim.
M e h m o n x o’ j a y e v. Yana arzmi.
Fozil ota. Ha, arz.
B o’ r i b o y. Menga ruxsatmi?
M e h m o n x o’ j a y e v. Hozir, sabr qil.
B o’ r i b o y. Xo’p, xo’p.
M e h m o n x o’ j a y e v. Qani, usta, nima deyayotgan edingiz?
F o z i l o t a. Yangamning oshini shirin qilgan akamning masallig’i deydi. Usta-
mardikorning ishi g’isht, yog’och, loy bilan bitadi, o’g’lim. Mana bu g’ishtni qarang.
(
Ko’rsatadi
.) Bu nima? Xom g’ishtning o’lsa o’ligi ortiq.
B o’ r i b o y. Shunchalik emas, usta, rangida ham, narxida ham farqi bor.
F o z i l o t a. Narxida bo’lsa bordir, munaqangi g’ishtni umrimda ishlatmayman.
Mening odatim: g’ishtni suvga tashlayman. Bir ko’pik chiqsa ham irg’itib yuboraman,
chunki chala, xom, qurilishga yaramaydi. (
Qo’lidagi g’ishtni ko’rsatib
.) Bundan nainki
ko’pik chiqsin, suvga tushsa bo’lka nonday ivib, qaytib chiqmaydi. (
G’ishtni qo’li bilan
sindiradi
.) Yetmish yashar chol g’isht sindirganini eshitganmisiz? Bu nima degan gap?!
B o’ r i b o y. G’ishtning sifati uchun men aybdormanmi?
J o’ r a S o d i q o v i ch. Zavoddan chiqibdi deb qabul qilaverish kerakmi? Bu g’isht
brak, axir.
M e h m o n x o’ j a y e v. Ko’z-quloq bo’lib tursang bo’lmaydimi, Bo’riboy.
B o’ r i b o y. Nima qiladi, shuvoqning tagida qolib ketadi-ku.
J o’ r a S o d i q o v i ch. Biz tovuqxona emas, odamlarga uy-joy qurayotibmiz, o’rtoq
Bozorboyev.
B o’ r i b o y (
chetga o’tib
). Jonimga tegdi. (
Chiqib ketmoqchi bo’ladi
.)
J o’ r a S o d i q o v i c h. To’xtang, Bo’riboy, men hozir sizga shuvoqning tagida
qolib ketgan g’ishtlarni ko’rsataman. Pensionerlar uyi bizga ochiq tajriba bo’lishi kerak.
(
Mehmonxo’jayevga
.) Erta o’tib indinga partbyuroda felyetonni muhokama qilamiz.
(
Bo’riboyga
). Siz ham bo’lishingiz kerak. Tayyorlaning.
B o’ r i b o y. Bajonidil. Reviziyaga tayyorman.
M e h m o n x o’ j a y e v. Har qancha muhokama qilsangiz qilingg-u, Jo’ra
Sodiqovich, lekin felyetonda keltirilgan faktlar yolg’on! Mana, Bo’riboy aytsin.
B o’ r i b o y. Aksari yolg’on.
J o’ r a S o d i q o v i ch. Demak, rosti ham bormi?
M e h m o n x o’ j a y e v. Mening adresimga aytilgan gaplar tuhmat. Isbotlash
ma’nosida men sizlarga ko’rsataman.
J o’ r a S o d i q o v i c h. Yana dard ustiga chipqon bo’lmasin.
M e h m o n x o’ j a y e v. Tilim qisiq joyi yo’q. Kvartal planini bajardim-mi, bajardim.
Men qurgan uylarda odamlar yashayaptimi, yashayapti!
J o’ r a S o d i q o v i c h. To’g’ri, bir qaraganda hamma ish joyida, ammo...
M e h m o n x o’ j a y e v. Yana ammo, yana ayblash!
J o’ r a S o d i q o v i c h. Sabr qiling. Qurilish-montaj boshqarmamiz ishidagi
nuqsonlar uchun siz qatori men ham javobgarman. Men o’zimni quruqqa olib
qochayotganim yo’q. Ammo kamchiliklar jiddiy bo’lishiga qaramasdan siz ularni tan
olmayotibsiz, o’rtadagi kelishmovchilik ana shunda!
M e h m o n x o’ j a y e v. Yana takrorlash ma’nosida aytamanki, yolg’on! Tuhmat!
Ko’rolmaslik! Buni men Mehmonxo’jayevning tagiga suv quyish, stoliga ko’z olaytirish
ma’nosida tushunaman.
J o’ r a S o d i q o v i c h. Hamma balo ana shunda, hadiksirashda, do’stlikni,
samimiylikni tushunmaslikda!
M e h m o n x o’ j a y e v. Endi gap ketmaydi. Ishning tepasiga boramiz, qurilishga
chiqamiz. O’sha yerda ko’ramiz, Jo’ra Sodiqovich, siz nima qildingizu, men nima qildim...
Siz ham, Dilbarxon ham qancha e’tirozingiz bo’lsa o’sha yerda aytasiz. Qani, ketdik!
Sahna birpas bo’sh qoladi. Boqijon bilan Soqijon kiradi.
B o q i j o n. Omonatni qayerga qo’yamiz. Soqi sumbat, Asalxon ko’rinmaydi!
S o q i j o n. Mana bu stol ustiga, Boqi beg’am.
B o q i j o n. Xo’sh, kechirimni kimdan so’raymiz, xo’jayin yo’q-ku?
S o q i j o n. Yo’q bo’lsa, o’ziga qiyin.
B o q i j o n. Jumbog’ing ham qurmasin, odamni xijolat qilib qo’yding. Har qalay
Mehmonxo’jayev ilgari shunchalik emas edi.
S o q i j o n. Ilgari shunchalik bo’lmasa ham keyingi paytda burni pod’yomniy kranday
ko’tarilib qolgan edi-da, nimasini yashirasan.
B o q i j o n. Shunday bo’lsa bordur, Soqi sumbat. Laqabing tuya emas edi-ku, ammo
bir hazil bilan bir taxta yantoqni shipirib tashlading, shovvoz.
S o q i j o n. Yantoqni shipirgan bo’lsam, ayni muddao bo’pti-da, Boqi beg’am.
B o q i j o n. Har holda novda-nihollarga tegmading, hoy to’xta, Soqi sumbat,
xo’jayinning ishi endi nima bo’larkin?
S o q i j o n. Nima bo’lardi. Asfalasofilin.
B o q i j o n. Ey, nafasingning tagiga o’t qalavor. Namuncha sovuq?
S o q i j o n. Keyin, mabodo mendan Mehmonxo’jayevning o’rniga kimni qo’yamiz
deb so’rashsa, seni ko’rsataman, Boqi beg’am. Qalay, nafasim issiqmi?
B o q i j o n. Bordi-yu, men seni ko’rsatsam, nima qilarding.
S o q i j o n. Menmi, mana bundoq o’tirib (
Mehmonxo’jayevning stuliga o’tiradi
).
Birinchidan, Bo’riboyning dumini tugardim. Ikkinchidan...
Telefon jiringlaydi, har ikkisi cho’chib tushadi. Soqijon o’zini bosib, sekin trubkani
oladi.
S o q i j o n. Labbay, Soqijonman. Asalxon yo’q. Boqijon bor.
B o q i j o n. Kim ekan?
S o q i j o n (
Boqijonga
). Sabr qil. Boqi beg’am. (
Trubkaga
). Boqijonmi, chapdast usta,
kelishgan yigit. Hali uylanmagan, bu ishda ham kechikkanlardan...
B o q i j o n (
telefonni bosib qo’yadi
). Ey o’l-ey, Soqi sumbat rasvo qilding-ku, hazil
ham evi bilan-da. Asalxonning jazmani bo’lsa yaxshi emas, ko’ngliga keladi.
S o q i j o n. Qiz bolaning ovozi, Boqi beg’am, dugonasi bo’lsa kerak.
B o q i j o n. Shu gapingni boya aytmaysanmi, o’zim gaplashardim.
S o q i j o n. Ha, yoqmay ketsin.
B o’ r i b o y (
yugurib kiradi
). «Skoraya pomoshch»! Avariya! Xo’jayin havozadan
yiqildi! (
Boqijon bilan Soqijon chiqib ketadilar
). Uning o’rnigaJo’ra yiqilsa bo’lmasmidi!
(
Telefon qila boshlaydi
), «Skoraya pomoshch». Ha, yo’q. Militsiya? (
Trubkani iladi
).
Salomat bo’lsinlar-ey!
Parda.
Do'stlaringiz bilan baham: |