Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
 
D i l o r a. Oyijonim. Oyijonginam. Kimlarga tashlab ketdingiz bizni. 
G u l n o z a (
uni quchib
). Qo’ying, o’zingizni bosing, opajon... 
I m o m.  Sabr  qiling,  qizim.  Insho  ollo  maassobirin.  Inchunin:  Ollo  sabr  qilguvchilar 
bilan birgadir, deganlar. Sabr qiling, bolam. Endi bizga ruxsat bersalar... 
B o’ r s i q.  Hozir,  taqsir,  hozir.  Xo’jayin  Sizga  o’z  izzati  ikromlarini  shaxsan  izhor 
qilmoqchilar... Mana, o’zlariyam... 
(
Koshona  zinasida  egnida  beqasam  to’n,  belida  belbog’  boshida  do’ppi,  Sarvar 
chiqadi. Juda ozgan, yuzlari so’liqqan. U shiyponga kelib o’tiradi
). 
S a r v a r. Sizga katta rahmat, taqsir. 
I m o m. Sizga ham rahmat, uka. Onaizorining ruhini shod etgan farzand, u dunyo, bu 
dunyo Allohning inoyatiga sazovor bo’lgusidir. Endi bizga ruxsat, ukajon. 
S a r v a r.  Bir  daqiqa  sabr  qilgaysiz,  hazratim.  Gunohkor  banda,  o’lim  to’shagida 
yotganimda bir niyat qilgan edim. Shu niyatimga oq fotiha bersangiz... 
I m o m. Jonim bilan inim. 
D a r v e s h a l i. Bo’lmasa bizga ruxsat, Sarvarbek. 
S a r v a r.  Yo’q,  sizga  ham  ruxsat  yo’q,  do’xtir.  Qilgan  niyatimning  sizga  ham  daxli 
bor...  Gap  shundaki,  aziz  taqsir,  Onaizorim,  volidam,  mehribonim  men  sabab  olamdan 
o’tdilar, men takabbur banda esam tirik qoldim. 
I  m  o  m.  Bunday  demang,  inim.  Bu  bebaho  dunyoda  neki  ish  sodir  bo’lsayam  bari 
Allohning irodasidandir, uka. 
S a r v a r.  Xullas  kalom,  bu  ko’rguliklardan  keyin,  kamina  bu  o’tkinchi  dunyoning 
barcha lazzatlaridan voz kechib, Hajga ketishni niyat qildim. 
I  m  o  m.  Barakallo,  uka,  barakallo.  Ko’p  yaxshi  ishga  bel  bog’labsiz.  Haj  — 
musulmonchilikning  beshta  farzidan  biridir.  Alhamdilulloh,  Siz  ham  musulmonsiz. 
Niyatingizga yeting. 
S a r v a r. Tashakkur, hazratim. Toki, muqaddas makonlarimiz Makkai Mukarrama va 
Madinai  Munavvarani  ziyorat  etsam,  dargohi  ilohiy  va  janob  payg’ambarimiz  qabrini 
ziyorat qilsam... barcha gunohlarimni yodimga olib tavba-tazarru etsam deyman, taqsir. 
I m o m. Ilohi ovmin. 
S a r v a r.  Siz  hazratimdan  iltimos:  bandai  ojizning  bul  niyatini  mahalla  aqli  va 
masjidimiz qavmiga yetkuzsangiz... 
I m o m. Bajon-u dil, bajon-u dil... 


S a r v a r.  Yana  mahalla  ahliga  yetkazsangizki,  osiy  banda  shu  mahallada  istiqomat 
qilib,  kimlargaki  ozor  bergan  bo’lsam,  ularning  har  biridan  kechirim  so’rayman.  Mabodo 
Hajda biror kori hol yuz berib, qayta ko’rishmoq nasib etmasa... 
D i l o r a. Qo’ying bunaqa gaplaringizni. (Yig’lab) undan ko’ra, yaxshi niyat qiling. 
S a r v a r.  Yana  bir  niyatim:  kecha  Haj  safariga  otlanishdan  avval  mahalla  masjidiga 
bir million so’m xayri ehson qildim... 
I m o m. Olloi taolo o’z dargohida qabul qilg’ay bu ehsoningizni... 
S a r v a r.  Mahalla  kam-ko’stlari  va  yetim-yesirlari  uchun  o’n  million  so’m 
qoldirdim... 
D i l o r a (
sekin
). Muncha ko’p. Besh million ham yetar edi. 
S a r v a r  (
unga  quloq  solmay
).  Bu  pullarning  hammasini  shu  bugun,  kechi  bilan 
ertaga manovi Bo’rsiqvoy... mening yordamchim yetkazib beradi sizlarga. 
 
(Muallif qo’lyozmasi 
asosida chop etildi). 
 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish