Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


ASARNING 1959-YILGI SAHNAVIY TALQINI



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

ASARNING 1959-YILGI SAHNAVIY TALQINI 
HAQIDA O. SHARAFIDDINOV SHARHI 
 
Mana,  premyera  kuni  ham  yetib  keldi.  Parda  ochilib,  voqea  boshlanishi  bilanoq, 
tomosha zalini to’ldirib o’tirgan tomoshabinlar o’rtasidagi xushchaqchaq kulgi, ma’qullash 
ovozlari  eshitila  boshladi.  Quvnoq  kulgi  spektaklning  oxirigacha  to’xtamaydi. 


Tomoshabinlarning bunday aktivligi — spektaklning ularga manzur bo’lganini ko’rsatuvchi 
eng  yaxshi  belgi.  Ha,  Ramz  Bobojonning  «Tog’a-jiyanlar»  komediyasi  katta  imtihondan 
muvaffaqiyatli o’tdi, yangi bir dramaturg tug’ildi. 
Yosh dramaturg o’z asari uchun kuchli dramatik asos topa olgan. Asardagi dramatizm 
qurilish  injeneri  Jo’ra  Sodiqovich,  arxitektor  Dilbarxon  va  qurilish  boshlig’i 
Mehmonxo’jayev o’rtasidagi munosabatdan kelib chiqadi. 
Jamoatchilik  ta’sirida  Mehmonxo’jayevdagi  illatlar  asta-sekin  yo’qola  boradi  va 
pirovardida u yana quruvchilar safiga qaytadi. Dramaturg shu konfliktni rivojlantira borib, 
qahramonlar  xarakterini,  ayniqsa,  Mehmonxo’jayev  xarakterini  yaxshi  ochishga  muvaffaq 
bo’la  olgan.  Salbiy  qahramonlarning  qilmishlarini  fosh  qilishda  haqiqiy  komediyaga  xos 
original  priyomlar  topgan.  Bu  ayniqsa,  komediyaning  uchinchi  ko’rinishiga  taalluqli. 
Pensioner  Fozil  ota  yangi  bitgan  uylardan  biriga  ko’chib  kiradi  va  bu  uylarning  qanaqa 
ekanini ko’rsatib qo’yish uchun Mehmonxo’jayev boshliq qurilish boshqarmasi xodimlarini 
mehmonga  chaqiradi.  Shu  uyni  qurgan  Mehmonxo’jayev  suvoqlarning  ko’chib  ketganini, 
bo’yoqlarning notekis chaplanganini, pollarning qing’ir-qiyshiqligini ko’rib rosa sharmanda 
bo’ladi. 
Tomoshabin  sekretar  qizning  poshnasi  pol  yorug’iga  tiqilib  qolganini,  Bo’riboyning 
kastumiga  devorning  oqi  yopishganini  ko’rib  rosa  kuladi.  Tutun  tortmaydigan  mo’rini 
tuzataman  deb,  hamma  mehmonlarning  usti-boshi  qopqora  qurum  bo’ladi.  Ayniqsa,  Fozil 
ota  pechkasining  qora  kuyasi  Mehmonxo’jayevning  aftiga  qalin  chaplanadi.  Bularning 
hammasidan  tomoshabin  zavqlanib  kuladi,  kuladigina  emas,  kulgisi  bilan  qurilish 
ishlaridagi mana shunday kamchiliklarni, «qo’ldan ketguncha, egasiga yetguncha» qabilida 
ish ko’ruvchilarni sharmanda qiladi. 
Umuman,  pyesadagi  komizm  puxta  asosga  ega.  Bu  komizm  yuqoridagi  kabi 
situatsiyalar  orqaligina  emas,  ayrim  komik  xarakterlar  orqali  ham  kuchaytiriladi.  Bu 
jihatdan  pyesadagi  bo’yoqchi  Soqijon  bilan  suvoqchi  Boqijon  obrazlari  diqqatga 
sazovordir.  Ularning  qilmishlari,  so’zlari,  voqealarga  ishtiroki  tomoshabinda  katta  kulgu 
tug’diradi. 
«Tog’a-jiyanlar» spektaklida biz yana bir bor «Hamza» teatrining chinakam talantlarga 
boy  ijodiy  kollektiv  ekanligiga  amin  bo’ldik.  Komediyadagi  bosh  rolni  — 
Mehmonxo’jayev  rolini  o’ynagan  O’zbekiston  xalq  artisti  L. Nazrullayev  obrazning 
takrorlanmas  xususiyatlari,  individual  qiyofasi  orqali  tomoshabinga  yetkazishga  muvaffaq 
bo’lgan. Artist xalqdan ajralgan, manmanlikka berilgan, lekin o’zini xalqqa mehribon qilib 
ko’rsatishga  urinuvchi  burokrat  boshliq  uchun  juda  xarakterli  detallar,  harakatlar  topa 
olgan. 
Mehmonxo’jayevning oldiga ko’pdan beri ko’rishmagan qadrdoni keksa usta Fozil ota 
keladi. Mehmonxo’jayev u bilan biroz suhbatlashadi. Fozil ota ketishga qo’zg’alarkan, unga 
murojaat qiladi: «Qani, bir choy qilib beray, otaxon». Shu so’zlarni aytar ekan, artist soatiga 
qaraydi. Uning intonatsiyasidan, soatiga qarashidan, «Tezroq keta qolsang-chi, rosa vaqtni 
olding-ku» degan ma’no anglashilib turadi. Bunga o’xshash muvaffaqiyatli topilgan detallar 
L. Nazrullayev ijrosida ko’p uchraydi. 
O’zbekiston  xalq  artisti  Nabi  Rahimov  ijrosida  ekspeditor  Bo’riboy  obrazi  ham  juda 
jonli chiqqan. Bu obrazni talqin qilishda aktyor, ayniqsa mimikadan va intonatsiyadan juda 
ustalik  bilan  foydalanadi.  Bo’riboyning  laganbardorligi,  shilqimligi,  muttahamligi 
aktyorning har bir qarashida, har bir qilig’ida, har bir imosida sezilib turadi. 


Soqijon  va  Boqijon  rollarini  ijro  etgan  O’zbekistonda  xizmat  ko’rsatgan  artist 
G’. A’zamov  va  O’zbekiston  xalq  artisti  S. Tabibullayevning  komik  qobiliyatlari  juda 
zavqlantirdi.  Xususan,  G’. A’zamov  o’z  ijodiy  manerasiga  sodiq  qolgan  holda,  bu 
spektaklda ham yorqin komizm bilan ajralib turadigan obraz yarata olgan. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish