Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

UMARJON ISMOILOV  
(1906-1981) 
  Umarjon  Ismoilov  taniqli  adib,  shoir  va  dramaturglarimizdan  biri.  U  Qozog’iston 
respublikasi  Avliyootaga  qarashli  Marki  qishlog’ida  tug’ilgan.  1919  yili  Marki  shahrida 
havaskorlik  jamoasida  aktyor  sifatida  ishtirok  etadi.  1920  yili  Toshkentga  kelib  ishchi-
dehqon  yoshlar  maktabida,  uni  tugatgach,  O’rta  Osiyo  Davlat  universitetida  taxsil  ko’rdi. 
Uning  mehnat  faoliyati  respublikamiz  maorif  va  madaniyat  muassasalari  bilan  bog’liq 
holda kechgan.  
  U. Ismoilov O’zbek Davlat akademik drama teatrida qo’yilgan “Paxta shumg’iyalari” 
(1930 y. hejissyorlar F. Umarov, I. Ilyalov) va “Rustam” (1934, rej. S. Olimov) degan ikki 
asari bilan darhol dramaturg sifatida e`tirof etiladi. Keyinroq u “Obi hayot”, “Donishmand 
qiz”,  “Uch  qahramon”  va  “Zafar”  dramalarini  yozadi.  “Zafar”  asari  kompozitor  Hamid 
Raximov musiqasi bilan opera sifatida Samarqand opera va balet teatrida qo’yilgan.  
  “Paxta  shumg’iyalari”  asari  dramatik  to’qnashuvning  keskinligi,  obrazlarni  ancha 
puxta  ishlanganligi  bilan  e`tibor  topdi.  Spektaklda  A.  Hidoyatov  (Omon)  T.  Sultonova 
(Oybuvi),  Z.  Hidoyatova,  M.  Kuznetsova  (Qunduz),  O.  Jalilov  (Yo’ldosh)  singari  atoqli 
aktyorlar ishtirok etgan. 
  “Rustam” dramasi tomoshabinlar orasida katta shov-shuvga sabab bo’lgan edi. Unda 
mardikorga olingan o’zbek yigitlarining rus o’rmonzorida qarag’ay kesib mashaqqatli hayot 
kechirishi,  o’z  yurtiga  kelib  endi  mahalliy  boylar  zulmi  ostida  ezilishi  va  oxiri 
adolatsizlikka  qarshi  bosh  ko’tarib  chiqishi  haqida  hikoya  qilingan.  Tomoshabin  diqqatini 
o’ziga  tortgan  narsa  bosh  qahramon  Rustamni  Xamro  kabi  islavatxona  gumashtalarining 
qo’liga  tushib  shu  jirkanch  maskanda  o’z  singlisi  bilan  uchrashuvi  va  uning  voqea 
yo’nalishidan bir qadar uzilib qolgan tumtaroq monologlari edi. 
  Hamza nomli akademik teatrda bu rolni ikki buyuk aktyor galma-galdan, ba`zida bir 
spektaklda  biri  ilk  pardalarda,  ikkinchisi  oxirgi  sahnalarida  chiqqanlar.  Bular  Abror 
Hidoyatov va Shukur Burhonov edi. Sh. Burhonov A. Hidoyatovning U. Ismoilovning ikki 
asarida  ijro  etgan  ikki  roli  haqida  teatrshunos  S.  Ahmedov  bilan  o’tgan  suhbatda  o’z 
taassurotlarini quyidagicha bayon etgan edi. 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish