Ravshan uni bag’riga oladi. Zulxumor to’lib-to’lib yig’laydi.
R a v s h a n. Bas, jonginam, bas! Sen bu ajal zindoniga qanday qilib yo’l topding?
Zulxumor. Muhabbating yo’l boshladi.
R a v s h a n. Seni kimsa ko’rmadimi?
Z u l x u m o r. Senga tushgan pok ishqim zolimlar ko’zini ko’r qildi, Ravshanim,
Ersak bilan Tersak botirlar bog’imdan chuqur qazishib, zindonga yo’l ochib berdilar.
R a v s h a n. Qani ular?!
Z u l x u m o r. Ular shu yerda, tevarakka ko’z-quloq bo’lib turishibdi.
R a v s h a n. Bor bo’lsin azamatlar, ey, koshki edi Go’ro’g’li bobom, Hasan otamlar
mening bu holimdan xabardor bo’lsalar...
Z u l x u m o r. Xabar beraylik bo’lmasa.
R a v s h a n. Chambilbel uch oylik yo’l, yana yigirma kundan keyin otang meni dorga
tortadi.
Z u l x u m o r. Mening xabarchim bor, bir kunda Chambilbelda bo’ladi. Go’ro’g’li
bobongga xat yozaylik. Tersak botir, keltir maynani.
T e r s a k. (
maynani keltirib
) Mana maynaxon!
Z u l x u m o r. Tezroq kelsin o’zbek erlari,
Yo’lga chiqsin qirq na’ravor sherlari!
Xatni maynaning bo’yniga bog’laydi, o’padi.
Oqar ko’zdan qonli yoshim.
Ming savdoga qoldi boshim.
Arzim eshit, mayna qushim,
Bor, Chambilning xoni kelsin.
Bek Ravshanning joni kelsin!
Maynani havoga uchirib yuboradi, orqasidan qarab qoladilar.
E r s a k (
sekin Ravshanning yoniga kelib
).
Salom senga, arslon yurak bek Ravshan.
R a v s h a n. G’arib holim so’rding, o’zing ayt, kimsan?
Z u l x u m o r. Bu Ersak botir, bu Tersak mard!
R a v s h a n. Do’stlarim.
E r s a k. Mana egov, tez uzaylik kishanni!
R a v s h a n. Mushkul ish.
Z u l x u m o r. Uzing.
Kishanga egov soladilar.
Tersak. Salom yo’llar senga onang mehribon.
E r s a k. Ravshanim deb, kecha-kunduz yig’lar qon.
R a v s h a n. G’amguzorim onajonim sog’ bormi?
Z u l x u m o r. Farzand dog’-u dardidan zo’r dog’ bormi?
R a v s h a n. U faqat bir ona emas — oftob.
T e r s a k. Xon shu kunlarda yurtni qovurib tashladi.
E r s a k. Aynoq botir sen uchun kurashib, xonning yozgi saroyiga kuni kecha o’t
qo’ydi.
R a v s h a n. Bor bo’lsin Aynoq botir!
I k k o v i. Uzilmayapti-ku?
T e r s a k. Bu la’natini do’zax temiridan yasaganmi?
E r s a k. Hayroningman.
T e r s a k. Ko’sadov!
Z u l x u m o r. A?!
R a v s h a n. Qoch, Zulxumorjon!
Z u l x u m o r. Yo’q!
R a v s h a n. Qoch, azizim. Ko’sa ko’rmasin seni. Ketinglar, Xayr!
T e r s a k. Attang. Ish chala qoldi. Mayli, biz yana kelamiz. Xayr.
Komil Yashin
. Tanlangan asarlar II-tom.
O’zbekiston Davlat badiiy adabiyot
nashriyoti, 1958-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |