H o j i. To’xtamang. To’xtamang! Chaling, chaling, qizim!!
Nurxon bosh egib, titragan holda jim turadi.
X a l ch a (
qulog’iga
). Ayb menda emas, Kimyoda...
N o z i k. O’z ko’zim bilan ko’rdim, tag’in bu xo’ja avlodi-ya.
H o j i. Xo’sh, endi rozimisiz... aylanay xotin?
K i m yo. Nimaga, otasi, nimaga?
H o j i. Haligiday, sizni tomog’ingizdan g’ippa silab qo’ysam?.
K i m yo. Otasi, axir...
Z e b i. Aylanay Hoji shunchaki o’ynab-kulib o’tirishgan edi.
H o j i (
toshday qotib qolgan Nurxonga borib
). Ovozim bor deb ashulaga zo’r beribsiz-
da, oppoq qizim. Men sizning ovozingizni hech eshitganim yo’q edi. Mamatxon dutorni
keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |