Tuproqning umumiy kovakligini hisoblash.
Ma’lum hajm tuproq oralig’idagi bo’shliqlarning umumiy hajmiga
kovaklik
deb
ataladi. Kovaklik tuproqning mexanik tarkibi, strukturasi va tuzilishiga bog’liq. Tabiiy
sharoitda tuproq kovakliklari turli nisbatlarda suv va havo bilan to’lgan bo’ladi.
Tuproqning kovakligi: umumiy, kapillyar va nokapillyar turlarga ajratiladi. Umumiy
kovaklik tuproqdagi jami g’ovak bo’shliqlarning umumiy hajmidan iborat. Kapillyar
kovaklik odatda tuproqning gilli zarralari tufayli hosil bo’ladigan juda ingichka
(kapillyar) bo’shliqlar yig’indisidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |