Buxoro muhandislik-texnologiya instituti



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/311
Sana21.01.2022
Hajmi7,33 Mb.
#395130
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   311
Bog'liq
fayl 1885 20210922

Spirtli    bijg‘ish.
  Achitqilar    qandni  spirt    va    karbonat    angidrid  gaziga  
aylanishini  ta‘minlaydi. Bunda  qandning molekulasi  ikki  molekula  etil  spirtiga va  
ikki  molekula  karbonat  angidrid  gaziga   aylanadi.  Xamirda  achitqilar  tomonidan  
unning o‘zining  qandlari, kraxmaldan  amilolitik fermentlar  ta‘sirida  hosil bo‘layot-
gan    maltoza    va  xamirga    solinayotgan    shakarni    bijg‘itilishi  mumkin.    Unning  


227 
 
o‘zining    qandlari  xamir    bijg‘ishining  birinchi  bosqichlaridagina    sezilarli  o‘rin 
tutishi  mumkin. Xamirdagi  glikoza, fruktoza  va maltoza kabi  qandlarning bijg‘ish  
tezligi va ketma-ketligi  ham turlichadir.  
Oldin    glukoza  va  fruktoza    bijg‘iydi.  Birgalikda  mavjud  bo‘lgan    bu  ikki  
qandlardan glukozaning bijg‘ish tezligi  fruktozaga  qaraganda  yuqoriroqdir.  
Oparasiz  usulda  tayyorlangan xamirda unning o‘zining qandlari  barchasi to‘liq 
bijg‘igandan so‘nggina novvoylik achitqilari tomonidan maltoza  bijg‘itila  boshlaydi. 
Xamirga    glukoza  va  fruktoga  aylanadigan    saxarozaning  qo‘shilishi    natijasida, 
maltozaning  bijg‘ish  vaqti  orqaga  suriladi.  Bijg‘ish  jarayonida  achitqilarning 
ko‘payishi sodir bo‘ladi. Xamirda achitqilarning boshlang‘ich miqdori qanchalik kam  
bo‘lsa, ular miqdorining ko‘payishi shunchalik ko‘p (30-90% atrofida) bo‘ladi. Opara 
va  xamirning  harorati  qanchalik  yuqori  bo‘lsa,  ularda  kislotalilik  shunchalik  tez 
ortadi.   
Bijg‘ish natijasida bug‘doy xamiri kislotaliligining o‘zgarishi katta ahamiyatga 
ega.  Xamir  kislotaliligining  ortishi  natijasida  oqsil  moddalarining  bo‘kishi  va 
peptidlanish  jarayonlari  tezlashadi.    Nonning  ta‘mi  va  xushbo‘y  hidi  sezilarli  tarzda 
xamirda kislotalarning to‘planishi va ularning spirt kabi xamirning boshqa moddalari 
bilan o‘zaro ta‘siri natijasida hosil bo‘lgan moddalarning to‘pla-nishiga bog‘liq. 
Opara  yoki  xamirning  oxirgi  kislotaliligi  ularning  tayyorlik  darajasini 
bildiruvchi, nonning kislotaliligi esa, standartga asosan, uning sifat ko‘rsatkichlaridan 
biri  hisoblanadi.Xamirning  spirtli  bijg‘ishi  jarayonida  to‘planadigan  uglerod  ikki 
oksidi pufakchalari xamirni g‘ovaklantirib, hajmining sezilarli darajada ortishiga olib 
keladi.    Ammo  uglerod  ikki  oksidining  asosiy  qismi  xamirni  <>, 
bo‘laklash  va  shakl  berish  natijasida  xamirdan  chiqib  ketganligi  sababli,  bu 
g‘ovaklantirish  keraksiz-dek  ko‘rinishi  mumkin.  Xamir  hajmining  kengayishi 
natijasida bo‘kkan un zarrachalaridan hosil bo‘lgan kieykovina zarrachalari cho‘zilib 
yupqalanadi.  Pardalarning  bundan  keyingi  xamirni  <>  va  shakl  berish 
jarayonlarida  birikishi  natijasida  g‘ovaklangan  kleykovina  karkasi  paydo  bo‘ladi, 
bunda  texnologik  jarayonning  hal  qiluvchi  bosqichlari  bo‘lgan  oxirgi  tindirish  va 
pishirishda xamirning shakl va gazni saqlab qolishini ta‘minlaydi. Buning natijasida 


228 
 
non  mag‘zi  yaxshi  bug‘doy  noniga  xos  bo‘lgan  kichik,  yupqa  pardali  va  bir  tekis 
tarqalgan g‘ovaklikka ega bo‘ladi.  Xamirni <> xamir qorish mashinalari 
yordamida qisqa muddatda (1,5-2,5 min) amalga oshiriladigan takroriy qorish bo‘lib, 
katta  hajmli  mag‘zi  yupqa  pardali  bir  xil  tarqalgan  g‘ovaklikka  ega  bo‘lgan  non 
tayyorlashda  qo‘llaniladigan texnologik tadbir.  Bug‘doy xamiri odatda bir yoki ikki 
marta  <>.Xamirni  <>ning  soni  va  davomiyligi  bir  qator 
omillarga  bog‘liq:  unqanchalik  kuchli  bo‘lsa,  bu  jarayon  shunchalik  ko‘p 
takrorlanishi va uzoq vaqt davom etishi kerak, kuchsiz bo‘lsa kamroq.  
Bug‘doy  unidan  non  mahsulotlarini  tayyorlashda  xamirni  bo‘laklash,  asosan, 
quyidagi bosqichlarni qamrab oladi.  
 -  xamirni ma‘lum massaga ega bo‘lgan bo‘laklarga bo‘lish;  
  - bo‘laklarni dumalatish;  
   -dastlabki tindirish;  
   -mahsulotlarga oxirgi shakl berish;  
   -oxirgi tindirish.   
Bijg‘igan xamirning haddan tashqari turushlanishini oldini olish uchun uni 30-
40  minut oralig‘ida bo‘laklash lozim.  Xamirni bo‘laklarga bo‘lish. Bijg‘igan xamir 
bo‘laklovchi  ma-shina  ustidagi  bunkerga  kelib  tushib,  uning  tagidagi  tirqishidan 
shiber  yordamida  bo‘laklovchi  mashina  voronkasiga  tushadi.  Voronkada  xamirning 
doimiy  sathi  saqlanib  turishini  ta‘minlash,  bo‘laklashning  aniq  bo‘lishiga  va 
mashinani  boshqaradigan  ishchining  vaqtini  tejashga  olib  keladi.  Bo‘laklovchi 
mashinada  xamir  ma‘lum  bir  bosimda  siqiladi  va  aralashtiriladi,  bu  esa  xamir 
zichligining barqarorligini va bo‘laklash aniqligining oshishini ta‘minlaydi. Xamirni 
o‘lchov  cho‘ntaklariga  uzatish  (bosim  ostida)  shneklar,  porshenlar,  vallar,  kuraklar 
yordamida  amalga  oshiriladi.  Donalik  non  va  non  mahsulotlari  ishlab  chiqarishda 
qo‘llaniladigan  bo‘laklovchi  mashinalar  xamirni  2,5%  aniqlikda  bo‘laklashni 
ta‘minlashi shart. Donalik non massasidan chetga chiqi-shiga pishirish va saqlashdagi 
sarflar ham ta‘sir qilganligi tufayli  bo‘laklovchi mashinalar xamirni 1.5% aniqlikda 
bo‘laklashi kerak.  Novvoylik sanoatida qo‘llaniladigan dumalativchi T1-XTN, XTO, 


229 
 
T1-XTS  mashinalarining  ishchi  organi  bo‘lib,  asosan,  konussimon  idish  va  unda 
joylashgan qo‘zg‘almas spiralsimon nov hisoblanadi. 
       
 
      

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish