Sovunni quritish uchun vakuum-quritgich kamerasi
(41-rasm)
diametri
1500mm va bo‘yi 4000mm bo‘lgan tsilindrik apparat bo‘lib, sferik qopqoq (3)dan,
konus (7) dan va o‘tish halqasi (8) dan tashkil topgan. Kamera markazidan val (4)
o‘tgan bo‘lib, u chervyakli reduktor orqali elektrodvigateldan harakatlanadi. Aylanish
chastotasi 12,4 ayl/min bo‘lgan valga, issiq sovunni purkash uchun xizmat qiladigan
ikkita forsunka (2) va kamera ichki devoridagi, tubidagi va qopqog‘idagi sovunni
qirib olish uchun xizmat qiladigan uch xil shaklli po‘lat pichoqlar mahkamlangan.
Devor va pichoq orasidagi oraliq masofa 0,1 mm dan ko‘p emas.
Kameraning tsilindrik qismida bug‘ ko‘ylagi (6) bo‘lib yuqori kontsentratsiyali
sovun tayyorlash uchun unga harorati 60’98
0
S bo‘lgan issiq suv beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |