So'yiladigan hayvonlarning tavsifi
Xomashyoning sifati ko'p jihatdan hayvonlarning oriq-semizligi, yoshi, jinsi,
zoti hamda fiziologik holati bilan belgilanadi.
Go'shtga boqilgan hayvonlar birmuncha go'shtdor bo'lganlari holda, ulardan
go'shtni qayta ishlash korxonalari sifatli va ko'proq xomashyo olishlari mumkin.
Bunday hayvonlarning vazni birmuncha og'ir, go'sht va yog'ning chiqishi yuqori
darajada bo'ladi. Umuman go'shtga boqiladigan zotli hayvonlarning suyaklari
ingichka, bo'yni kichikroq va sergo'sht, boshi kalta, ko'kragi keng va go'shtdor, ya'ni
to'shi bo'rtib chiqqan, orqasi, beli, sag'risi keng va sergo'sht, terisi cho'ziluvchan qalin
bo'lib, mayin jun bilan qoplangan bo'ladi. Bu tipdagi hayvonlar tez yetiluvchan, o'z
tanasida qisqa vaqt ichida ko'proq go'sht yetishtira oladigan, muskul to'qimalari
salmoqli bo‘ladi.
Agar qoramollardan go'sht yetishtirish borasida so'z yuritsak, go'shtdor zotli
mollarning tashqi ko'rinishi bochkasimon, oyoqlari kalta va yo'g'on, boshi kichik va
yumaloq, bo'yni yo'g'on va kalta, juni yaltiroq va birmuncha mayin hamda
kamharakat bo'ladi. Bunday zotlar respublikamizda nihoyatda kam tarqalgan bo'lib,
171
ular atigi 5-6% ni tashkil etadi. Jumladan, qozoqi oqbosh, qalmoqi, santa-gerdruda,
aberdin-angus, gereford kabi zotlar bunga misol bo'la oladi.
Go'shtdor zotli sigirlar sog'ilmaydi, chunki ularning suti nihoyatda oz bo'lib, o'z
buzog'ini boqish uchun sarflanadi. Aks holda uning yosh buzog'i o'smay, yaxshi
rivojlanmay qolishi mumkin.
Mollarning semizlik darajasini aniqlash. Mollarni semirtirish jarayonida moy
to'plamlari hayvon tanasining ayrim qismlarida yig'ila boshlaydi.
Bulardan tashqari ular keng miqyosda yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotini
tayyorlab berish, texnik mahsulot yetishtirish va hayvonlar uchun to'la qiymatli oziqa
ishlab chiqarish imkoniga ega.
Go'sht korxonalaridagi ishlab chiqarish bo'limlari, asosan, quyi-dagilardan
iborat:
- hayvonlarni so'yishdan oldin saqlash bo'limi;
- so'yish va terini shilish, yoki tanaga ishlov berish bo'limi (bunga yog'-moy, teri va
ichak bo'limi va hayvon go'sht mahsulotlarini qayta ishlash bo'limlari kiradi);
- kalla-pocha mahsulotlarini yig'ish va qayta ishlash bo'limi;
- kolbasa va konserva tayyorlash bo'limi va sovuqxona;
Mollarning semizlik darajasi ularning tashqi qiyofasiga qarab ko'z bilan va qo'I
bilan ayrim qismlarini ushlab ko'rish yo'li bilan aniqlanadi. Qo'y va echkilami
semizlik darajasini aniqlashda asosiy e'tibor muskulaturasi, dumg'aza qismi va
qovurg'alariga, dumbali qo'ylarni dumbasining vazniga va shakliga qaraladi.
Hayvonlar chamalab ko'rilgach, go'shtdorligi jihatidan talab darajasida bo'lsa, ular
guruhlab kushxona yoki go'sht kombinatiga jo'natiladi.
Standart talabiga binoan qoramollar yoshi va jinsiga ko'ra 4 guruhga bo'linadi:
- ho'kiz va sigirlar;
- buqalar;
- yoshi 3 oydan 3 yoshgacha bo'lgan novvoslar;
- 14 kunlikdan 3 oygacha bo'lgan buzoqlar.
- Semizlik darajasiga ko'ra, mollar 3 kategoriyaga (toifaga) bo'linadi:
172
Respublikamiz oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri go'sht sanoati
hisoblanadi. Bu borada chorvadorlar, fermerlar va malakali texnologlar muhim o'rin
tutadilar.
Ma'lumki go'sht va go'sht mahsulotlari tarkibida to'la qimmatli oqsillar ko'p
miqdorda bo'lganligi uchun har bir inson organizmi uchun zarur va muhim
hisoblanadi.
Kuzatishlardan ma'lumki, inson organizmini energetik va plastik moddalar
bilan ta'minlashda birorta oziq mahsuloti go'shtning o'rnini bosa olmaydi. Go'sht
oqsillari o'simlik oqsillaridan bir necha barobar yuksak bo'lganligi uchun ham muhim
energiya manbayi hisoblanadi. Binobarin, go'shtning inson kundalik hayotida tutgan
o'rni beqiyosdir.
Go'sht tarkibida barcha muhim elementlar tayyor holda bo'lganligi sababli,
inson organizmida moddalar almashinuvida ishtirok etadi.
Kuzatuvlardan ma'lum bo'lishicha, go'sht miyaga ko'proq ta'sir ko'rsatadi.
Boshqacha qilib aytganda, miya go'shtdan oziqni ko'proq olib o'sadi va rivojlanadi.
Ma'lumki inson organizmi o'z faoliyatida oqsil, yog', uglevod, tuz va vitaminlarni,
shuningdek, barcha turdagi aminokislotalarni sarflaydi.
Oqsil-mahsulotning asosiy tarkibi hisoblangani holda, turli xildagi
aminokislotalar birikmasidan iborat. Oqsillar aminokislotalarning saqlanish
miqdoriga qarab to'la qiymatli va to'liqsiz qiymatli oqsillarga bo'linadi.
Kuzatishlardan ma'lum bo'Iishicha, katta yoshdagi odam (massasi 75-105 kg) uchun
bir sutkada 105-150 g oqsil talab etilar ekan. Oqsillar, asosan, go'sht, baliq, sut va
tuxum tarkibida ko'proq uchrashi aniqlangan. Oqsillarning miqdoriga ko'ra oziq
sifatining yuksak darajada bo'lishi ko'ndalang-targ'il muskullarda bo'lgani holda u
nihoyat qimmatli hisoblanadi. Lekin biriktiruvchi to'qima va silliq muskullarda ayrim
aminokislotalar (triptofan, lizin, tirozin va boshqalar)ning uchramasligi aniqlangan.
Shuningdek, sifatli go'sht tarkibida o'rtacha 20% oqsil bo'lishi aniqlangan.
Go'shtning energctik qiymati (kaloriyaliligi) uning sifatiga, molning semiz-
oriqligi, boqish usuli, oziqlantirish, yoshi, jinsi, fiziologik holati va boshqalarga
173
bog'Iiq bo'lgani holda 1 kilogrammda taxminan 1200-2800 kilokaloriya va undan
ko'proq bo'lishi tajribalarda sinab ko'rilgan.
Oriq mol go'shtida yog' miqdori o'rtacha 3,30% bo'lsa, yuqori semizlik
darajasiga yetkazilgach u 23,0% gacha ko'payishi mumkin ekan. Shuningdek,
paylar miqdori oriq mollarda 14% bo'lsa, yuqori daraja semiz mollarda u atigi 9,6%
ga to'g'ri kelar ekan. Mollarning semizligi qanchalik yuqori bo'lsa, ularning
go'shtidagi suv (68,5%) hamda oqsil (17,6%) kamayishi bilan, yog' miqdori (23%) va
umumiy kaloriyaliligi (2850 kkal) shuncha yuqori bo'ladi.
Mollarning go'shtdorlik xususiyatini ifodalash uchun aniq usullardan
foydalaniladi. Bunda mollar so'yilgach go'shtini tortish va hisoblash usuli aniq va
qulay hisoblanadi. Bunda, asosan, ikki ko'rsatkich, ya'ni so'yim massasi va so'yim
chiqishi hisobga olinadi.
So'yilgan mollarning go'shti boshqa to'qima (yog', pay, suyak va h.k)lardan
ajratilgan holda bir necha guruhlarga bo'linadi. Ya'ni suyakli go'sht yoki go'sht
nimtalari; lahm go'sht yoki suyakdan ajratib olingan go'sht; yog', pay, tog'ay va limfa
tomirlaridan tozalab olingan go'sht shular jumlasidandir.
Umuman, go'sht miqdori semiz mollarda ko'p, oriqlarda oz, shuningdek, yosh
mollarda ham oz, katta yoshdagilarda esa ko'proq bo'ladi, shu bilan birga erkak
mollarda urg'ochilarga nisbatan ko'p go'sht bo'lishi aniqlangan.
Mol tanasida yog' to'qimalarning miqdori, asosan, teri ostida, shuningdek, buyrak va
qovuq atrofida oshqozon va ichaklar atrofida ko'proq uchraydi. Bunday xususiyat
ko'proq yirik mollarda yaxshi ifodalangan bo'ladi.
Mol go'shtining sifatini aniqlashda yana bir usul ancha qulay hisoblanadi. Ya'ni
go'shtning marmarsimon ko'rinishga ega bo'lishi yoki ega emasligi bu borada asosiy
ko'rsatkich hisoblanadi.
Adabiyotlarning ma'lumotlariga ko'ra lahm go'sht tarkibida 72-75% suv, 25-
28% quruq modda bo'ladi. Lekin quruq qoldiqning deyarli 60% ini oqsil tashkil qilsa,
5% ini yog" va 1-1,2% ini mineral moddalar, vitaminlar, fermentlar va gormonlar
tashkil etadi. Go'sht oqsilining 85% i to'la qiymatli bo'lgan, o'z o'rnini almashtirib
bo'lmaydigan aminokislotalardan tashkil topgandir.
174
Go'sht tarkibida nihoyatda murakkab hisoblangan nukleoproteidlar ham
uchraydi. Bular, ribonuklein va dezoksiribonuklein kislotalari, elastin, kollagen va
mukoproteinlardir. So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, mol go'shtida molning oriq-
semizligiga ko'ra 3%dan 35%gacha yog' bo'lishi mumkin ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |