Ikki pog‘onali vakuumli shnek-press
(44-rasm) atir sovunga tugal mexanik
ishlov berishga mo‘ljallangan. U turli balandlikda gorizontal joylashtirilgan ketma-
ket ishlovchi ikkita bir vintli shnek-presslardan iborat. SHnek-presslar bir-biri bilan
vakumm kamera yordamida bitta agregatga birlashtirilgan. YUqorigi pressni shnegi
(5), tishli g‘ildiraklar sistemasi (3) va tasmali uzatma (2) orqali elektrodvigatel (1)
dan harakatga keladi. SHnekni diametri 300mm, aylanish tezligi 12 ayl/min. SHnek
korpusi ko‘ylak (6) da tsirkulyatsiya qiladigan suv bilan sovitiladi. Ta‘minlovchi
bunker (4) orqali yuqorigi shnek-pressga kelib tushgan sovun vermisheli yaxshilab
aralashtiriladi, zichlashadi, presslanadi, reshyotka orqali o‘tkaziladi va qo‘ltig‘li
pichoq bilan kesib granul olinadi. Sovun yuqorigi shnek-pressdan qoldiq bosimi 5,3-8
kPa (40-60 mm sim.ust.) bo‘lgan vakuum kamera (7)ga tushadi. Bu erda sovun
162
massasi qisman quriydi va soviydi. Havoni so‘rib olish shnek-pressdan chiqayotgan
sovun brusining hovakligini kamaytiradi.
Sovun massasi vakuum-kameradan granul holida pastki shnek-press (9) ga
beriladi. Bu shnekni diametri yuqorigi shnek bilan bir xil. Aylanish tezligi 4,85 dan
17 ayl/min. gacha o‘zgarishi mumkin. Shnek korpusini sovitish uchun ko‘ylagi (8)
bor. Shnekni ishchi kamerasi isituvchi ko‘ylak (11) va termorostlagich (12) bilan
ta‘minlangan konussimon bosh qismi (10) bilan birlashtirilgan. Konussimon bosh
qismida kalibr mavjud, uni yordamida shnek-pressdan chiqayotgan sovun brusini
shakli to‘g‘rilanadi. Pastki pressni shnegi alohida elektrodvigateldan reduktor orqali
harakatga keladi.
Sovun shnek-pressda bosim ostida presslanadi plastik monolit massaga
aylanadi va konussimon bosh qismi teshigidan berilgan shaklda cheksiz brus holida
chiqadi. Ikki pog‘onali shnek-pressni unumdorligi soatiga 1t sovun.
44-rasm. Ikki pog‘onali vakuumli shnek-press
Elm liniyasida atir sovun asosiga ishlov berish texnologik chizmasi (59-rasm).
163
Atir sovun asosi (1) sovun yig‘gichdan (2) ta‘minlovchi nasos yordamida (3)
filtr orqali (4) ta‘minlovchi idishga haydaladi. U erdan (5) me‘yorlovchi nasos orqali
(6) issiqlik almashuv kolonkasiga yuboriladi. Bu erda 80-85
0
S dan 120-160
0
S gacha
isitiladi. Qizdirilgan sovun 0,5 MPa bosim ostida (7) vakuum-quritish kamerasiga
kelib tushib, forsunkalar orqali purkaladi. Kameradagi qoldiq bosim 15-40 mm
sim.ust. ga teng. Sovun qirindisi vakuum ostida ishlaydigan (8) ikkilamchi shnek-
pressga kelib tushadi. U erda sovunli kirindi ikki marta zichlanadi,
plastiklanadi
quritiladi, panjaradan siqilib chiqib, pichoqlar yordamida mayda donalarga kesiladi.
Sovunli vermishel (19) bunkerga yuboriladi.
Bug‘ gazli aralashma birinchi tsiklonga borib tushadi, u erda markazdan
qochma kuch ta‘sirida va tezlik farqida sovunli chang ajralib, tsiklonning pastki
qismiga o‘tirib qoladi va (11) shnek-press yordamida chiqarib yuboriladi. So‘ngra
bug‘ gazli aralashma (12) nazorat tsikloniga uzatilib, u erdan (13) barometrik
sovutgichga yuboriladi. Sovutgichda 14-16
0
S li sovuk suv bilan aralashadi. Suv
barometrik quvur orqali (15) quduqqa oqib tushadi. Kondensatsiyalanmagan gazlar
va havo (17) vakuum-nasos yordamida, (14) tomchi ajratgich va (16) tutgich orqali
so‘rib olinadi.
Sovunli kirindi (19) bunkerdan (20) shlyuzli zatvor orqali (21) aralashtirgich
shnek-pressga kelib tushadi. U erda hid beruvchi moddalar, bo‘yoqlar bilan yaxshilab
aralashib, zichlanadi, panjaradan siqilgandan so‘ng pichoq bilan kesilib, vermishel
hosil bo‘ladi. Vermishel (22) transporter orqali (23) ikki pog‘onali vakuum shnek-
pressga uzatiladi. U erda oxirgi ishlov beriladi va u erdan to‘rt qirrali brusok holida
siqib chiqariladi.
So‘ngra sovun (24) kesish mashinasi ga borib, sovun bo‘laklari (25) shamol
purkash tonneli da issiq havo bilan quritiladi. Sovunning yuzasida hosil bo‘lgan
qattiq qatlam shtamp tiniqligini oshiradi.
Sovun (26) ikki jilg‘ali shtamp-pressga uzatilishdan oldin ikki oqimga ayirgich
yordamida taqsimlanadi. SHtamplangan sovun o‘raydigan avtomatdan o‘tib,
qadoqlashga yuboriladi. O‘ralmagan sovun ishlab chiqarishda ular shtamp-pressdan
keyin darhol qadoqlashga uzatiladi.
164
Do'stlaringiz bilan baham: |