53
ko‘ra ekspansiyaviy TTXI resipiyent mamlakatda investor firma ustunliklaridan
foydalanishni ko‘zda tutadi. Bunday turdagi TTXI investor korxonaning ichki va
tashqi savdosining o‘sishiga yordam beradi. Himoyaviy TTXI esa qabul qiluvchi
mamlakatda mavjud arzon ishchi kuchidan foydalanib ishlab chiqarish harajatlarini
kamaytirishni maqsad qilib qo‘yadi. Chen (Chen, 1999) empirik tadqiqotlariga ko‘ra
ekspansiyaviy TTXIga eng ko‘p ta’sir qiladigan omillar firma hajmi, ilmiy-texnik
salohiyati, rentabellik va texnologiya kabilar hisoblanadi. Himoyaviy TTXIga esa
ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish bilan bog‘liq motivlar salmoqli ta’sir
ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: