Bozor izlovchi TTXI
esa muayyan mamlakat yoki mintaqa iste’mol
bozorlarini egallashni maqsad qilib qo‘yadi. Bu turdagi investitsiyalarni kirituvchi
korxonalar odatda o‘z mahsulotlariga bo‘lgan joriy yoki kelgusi talabga javoban uy
xo‘jaliklari uchun zarur iste’mol va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bozor
izlovchi TTXI ko‘pincha himoyalovchi harakterga ega bo‘lib, korxonalar tomonidan
qabul qiluvchi mamlakatdagi import to‘siqlarini aylanib o‘tish maqsadida amalga
oshiriladi. Bu turdagi investitsiyalar olib kiruvchi investor uchun resipiyent
mamlakatdagi liberal savdo siyosati muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |