QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI ISHTIROKCHILARI
Xalqaro
moliya
tashkilotlari
Xalqaro
moliya
tashkilotlari
Market meykerlar
Fond birjalari
Jismoniy
shaxslar
Yuridik shaxslar
184
iqtisodiyotda o‘z milliy QQB rolini oshirish, bunda iqtisodiyotni modernizatsiyalash,
sanoatni rivojlantirish, inflyatsiyani pasaytirish, iqtisodiy o‘sishning yuqori
sur’atlarini ta’minlash maqsadida investitsiyalar jalb qilishni ta’minlash
hisoblanadi
82
.
Ushbu muammoni hal etishning muhim shart-sharoitlari QQBdagi
investitsiyalar, jamg‘armalar, iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya, davlat institutlari faoliyati
va monetizatsiya o‘rtasida chambarchas aloqalar mavjudligi hisoblanadi.
Fond bozori mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, iqtisodiyotga
moliyaviy investitsiyalarni jalb etishda muhim o‘rinni egallaydi. Iqtisodiyotni
erkinlashtirish, investorlar huquq va manfaatlarini ta’minlash, investitsion muxitni
sog‘lomlashtrish qimmatli qog‘ozlar bozorini samarali rivojlanish investitsiyalar
hajmini
oshirish
imkoniyatini
yaratadi.
Qimmatli
qog‘ozlar moliyaviy
investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etishning muhim vositalari hisoblanib,
iqtisodiyotning xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta’minlaydi.Ulushga egalik
qilishni tasdiqlovchi vositalar Aksiyadorlik kapitalini ko‘paytirish,samarali
korporativ boshqaruvda ishtirok etish va belgilangan tartiblarga muvofiq dividendlar
olish imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aksiyadorlik jamiyatlari barqaror
taraqqiyotining muhim omillaridan biri ularda asosiy va aylanma aktivlarga
investitsiya qilinadigan kapitallarning optimal tarkibini shakllantirish hisoblanadi.
Ushbu masalaning hozirgi sharoitda keskinlashuvi, birinchidan, ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bilan bog‘liq
yirik va strategik loyihalarni moliyaviy ta’minlash zaruratidan kelib chiqadi.
Qolaversa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sirida moliyaviy resurslar bozoridagi
nobarqaror kon’yunktura yirik investitsion sig‘imga ega bo‘lgan ushbu loyihalarni
moliyaviy ta’minlashda har bir aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy xizmat tizimi
zimmasiga mavjud moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish vazifasini
yuklamoqda.
Kapitallarning optimal holatini shakllantirish, qarz kapitalining o‘z
mablag‘lariga nisbati bo‘lib, bunda aksiyadorlik jamiyatlari uzoq muddatli
moliyalashtirishni umumiy kapitalning harajatlari yoki kapitallarning o‘rtacha
tortilgan qiymatini (WACC - weighted average cost of capital) minimallashtirishga
erishni anlatadi. Kapitallar tarkibi muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Bir tomondan, qarz kapitali ulushi kamligi, amalda o‘z mablag‘lariga nisbatan
samaradorlik jihatidan arzonroq bo‘lgan moliyalashtirish manbaidan to‘liq
foydalanilmaslikni anglatadi. O‘z navbatida, kapitallarning optimal tarkibi,
aksiyadorlik jamiyatlarida kapital harajatlari yuqoriroq shakllanishi va kelgusida
unga jalb etiladigan investitsiyalar daromadliligiga nisbatan yuqori talablarni vujudga
keltirishini anglatadi.
Birinchidan, jalb qilingan kapitalning yuqori daromadlilik talablari bilan
hayotiylik davrining egri chizig‘i bo‘ylab harakatlanishi investitsiyalar tanlashda
yanada qat’iy va sinchkov bo‘lishini talab etadi. Chunki biznes g‘oyalarning hammasi
ham jalb qilingan kapitalga qo‘yiladigan daromadlilik darajasiga mos kelavermaydi.
Ikkinchidan,
aksiyadorlik
jamiyatlarining
investitsion
imkoniyatlariga
qo‘shimcha cheklovlar belgilanishi sababli u raqobatda yetarli darajada harakatchan
va moslashuvchan bo‘la olmaydi. Kapital harajatlar miqdori yuqoriligi savdo bozori
82
Mirkin Ya.M. Natsionalniy doklad «Riski finansovogo krizisa v Rossii: faktori, ssenarii i politika
protivodeystviya»//Finansovaya akademiya pri pravitelstve RF, 2006. - ss. 47-51.
(
www.mirkin.
ru).
185
rivojlanishining o‘zgaruvchan tendensiyalariga tez va asosiysi, samaraliroq faoliyat
olib borishga to‘sqinlik qiladi.
Uchinchidan, asosiy muammo qarz kapitali va o‘z mablag‘larining
mutanosiblik qiymati optimal holatga kelmaydi, korxona va mulk egalari manfaatlari
o‘rtasida nizolar chuqurlasha baradi. U boshqaruv motivatsiyasi o‘zgarishida,
samarasiz moliyalashtirishni amalga oshirish, investitsion qarorlarni qabul qilishda
to‘g‘ri tanlanmagan uslubni, shuningdek, yuqori riskli loyihalarni shakllantirishda
namoyon bo‘lishi mumkin. Nihoyat, jami kapitaldagi qarz mablag‘lari ulushi ortgani
sari uning tarafdori bo‘lgan biznes bo‘yicha kontragentlar, ya’ni korxonaning
aksiyadorlari va sarmoyadorlari tomonidan doimiy kuzatuvda bo‘ladi.
Kapitallarni o‘rtacha tortilgan qiymati (bunda faqat qarz mablag‘lari ko‘zda
tutiladi) – jami kapitalning daromadlilik darajasini belgilovchi biznes qiymatini
baholashning asosiy omillaridan biridir. Tegishli ravishda, bunday o‘rtacha tortilgan
qiymat stavkasi minimal darajaga yetkazish korxonaning samarali qarz olish tizimini
amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi va investitsiya siyosatining yanada
moslashuvchanligini oshiradi. Natijada pul mablag‘lari oqimining samarasiz aylanish
tezligini pasaytiradi va mulk egalari foydasi ortishiga olib keladi. Olib borilayotgan
iqtisodiy islohotlar natijasida yangi tarmoq va bozorlar vujudga kelmoqda, katta pul
oqimlari va yuqori o‘sish sur’atlari bilan tavsiflanadigan aksiyadorlik jamiyatlari
shakllanmoqda. Bunday o‘sish sur’atiga ega bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari
rivojlanishi uchun zaruriy kapital qo‘yilmalarni tashqi moliyalashtirish manbalariga
ehtiyojini kamaytiradi. Biroq, keng jamoatchilik tomonidan olib borilgan tahlillarga
ko‘ra, moliyalashtirish manbalarini to‘g‘ri tanlash, moliyaviy vositalardan to‘g‘ri
foydalanish korxonalarning yanada barqaror faoliyat olib brishini ta’minlaydi.
Kapitallarning optimal tarkibini aniqlashda miqdoriy baholash usullarining uch
guruhi mavjud. Moliyaviy natijalar tahlili bilan bog‘liq jarayon birinchi guruh usuli
bo‘lib hisoblanadi. Bunda asosiy e’tibor foydaga qaratiladi va taxminiy
ma’lumotlarni beradi.
Aksiyadorlik jamiyatini tahlil qilishning moliyaviy modeli ikkinchi guruh
usulida asoslanadi. Bu usul jamiyatning investitsion riski bilan bog‘liq
ko‘rsatkichlardan foydalanishni taqozo etadi. Uchinchi guruhdagi usullar ham tahlil
qilishning moliyaviy modeliga asoslanadi, ammo, ikkinchi guruh usullaridan farqli
ravishda, modellashtirishni taqozo etadi, natijada murakkabroq jarayonni o‘z ichiga
oladi. Birinchi guruhdagi usullardan biri, operatsion foyda usuli bo‘lib, kapitallar
tarkibida ehtimoliy qarz ulushini aniqlashga yo‘naltiriladi. Mazkur usul korxona
foydasining o‘zgaruvchanligini tahlil qilish asosida korxonani bankrot bo‘lish
ehtimolini aniqlashga yo‘naltiriladi.
Mazkur usul kapitallar tarkibi muammolarini aniqlashni soddalashtiradigan
taxminlardir. Birinchidan, kelgusidagi foydani taqsimlash va ikkinchidan, moliyaviy
dastak darajasidan mustaqilligi haqidagi shart-sharoitlar bilan bog‘liqdir. Har ikki
taxmin ham muhim, chunki moliyaviy dastakning yuqoriligi aksiyadorlik
jamiyatining sof foydasini kamaytiradigan vaziyatlarni istisno qilmaydi. Demak,
moliyalashtirish manbalari kapitallar tarkibida qarz kapitalini oshirish mohiyatan
mulkdorlarning daromadlarini oshirishga yo‘naltirilgan vazifani hal etish nuqtai
nazaridan teskari ma’noga ega bo‘lib qoladi. Operatsion foyda normal taqsimlangan
va kapitallar tarkibiga bog‘liq emas, ya’ni korxonaning biznes rejasidan kelib
chiqadigan tashqi omillar: texnologiya, resurslardan foydalanish samaradorligi,
186
marketing, bozor kon’yunkturasi va h.k. bilan belgilanadi. Shunda qarz miqdoriga
qarab, bankrotlik ro‘y berish ehtimolini tavsiflash imkonini beruvchi statistik
ko‘rsatkich hosil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |