II MODUL. INVESTITSIYA JARAYONLARINING MAZMUNI VA ASOSIY
BOSQICHLARI
Reja:
1.
Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati.
2.
Real investitsiyalarni amalga oshirish va o‘zlashtirish jarayonlari.
3.
Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari.
1 – savol bayoni.
Investision jarayonni mohiyatiga e’tibor qaratadigan bo’lsak
bu barcha investision jarayonlar bilan chambarchas bog’liq bo’lib, faolyatning asosi
hisoblangan uzoq muddatni o’z ichiga oladi. Shuning uchun bu jarayon bozor
iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda kapitalni harakati ishlab chiqarish
sohasidan savdo sotiq jarayonlariga keng yo’l ochiladi. Investitsiya jarayoni – bu
investitsion faoliyatni amalga oshirish jarayoni bo‘lib, bevosita investitsion
amaliyotlar shakllanadigan barcha iqtisodiy munosabatar majmuasidir. Amaldagi
qonunchilikka asosan investitsiya faoliyati – sub’ektlarning investitsiyalarini amalga
oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmuidir” – deb e’tirof etilgan. Mazkur faoliyatni
davlat avvalo yagona organ sifatida qonunchiliklar, xalqaro kelishuvlar, turli davrda
rivojlangan davlatlarning strategik siyosatlari, turli ko‘rinishdagi imtiyozlar, ularning
ishtirokchilari o‘rtasida munosabatlarni tartibga solish mexanizmlar va boshqallarni
o‘z ichiga oladi. Investitsion jarayonni iqtisodiy mohiyatiga nazar tashlaydigan
bo‘lsak, avvalo mazkur munosabatlardagi “iqtisodiy asos” ko‘proq rol o‘ynaydi.
Chunki faoliyatning amalga oshishidan asosiy maqsad ortida samarali faoliyatni
tashkil etish va ta’minlash yotadi.
Investitsiya faoliyatining asosida shu mamlakatning moliya tizimining
evolyutsion rivojlanish davrlari yotadi, uning uchun iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarning rivojlangan bozor iqtisodiyotiga nazar tashlasak u yerda faqat
mazkur munosabatlarning asosiy evolyutsion jarayoni bilan bog‘liq. Chunki har bir
malakat qonunchiligi doimiy ravishda bir yerda to‘xtab qolmay doimiy ravishda
jahon iqtisodiyotiga mos takomillashib boriladi va bu ko‘zlangan natijani beradi. Bu
ma’lum davrlarni va takomillashtirish mexanizmlarini o‘z ichiga oladi. Samarali
faoliyat investitsiya faoliyatini keng faollashuviga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Samara
yoki daromad keltiradigan mulkiy va intellektual boyliklar, ya’ni investitsiyalarni
o‘ziga xos shakllari bo‘lishi mumkin, ya’ni:
✓
pul mablag‘lari, banklardagi maqsadli jamg‘armalar, paylar, aksiyalar va
boshqa qimmatbaho qog‘ozlar;
✓
harakatdagi va harakatda bo‘lmagan mulklar (binolar, inshootlar, asbob-
uskunalar, hamda boshqa moddiy boyliklar);
✓
muallliflik huquqi, nou-xaulardan tashkil topgan mulkdorlik huquqlari va
boshqa intellektual boyliklar;
✓
yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari hamda mulkchilik
huquqlari va boshqa boyliklar.
Investitsiya faoliyati deganda investitsiyalarning turlari va shakllari asosida
tadbirkorlik, ishbilarmonlik va boshqa davlat tomonidan ta’qiqlanmagan faoliyatlarni
barcha investorlar tomonidan yo‘lga qo‘yish va moliyaviy mablag‘lar sarflash bilan
bog‘liq munosabatlar yig‘indisi tushuniladi. Investitsiya faoliyatini fuqarolar,
huquqiy shaxslar (korxonalar, firmalar, aksioner jamiyatlari va boshqa tipdagi mulk
egalari) va davlat yuritadi. Investitsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yishda har bir mulk egasi
19
o‘z manfaatini ko‘zlab, ya’ni foyda olish va samaraga erishishni ko‘zlaydi.
Investitsiya faoliyatini tashkil etishda har bir mulk egasi ishbilarmonlikni,
tadbirkorlikni mohiyatini chuqur tushunib yetgan holda ish yuritishi lozim.
Investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mulk egasi tez o‘zgaruvchan bozor
iqtisodiyoti va uning ko‘p qirrali moliyaviy munosabatlarini har tomonlama anglay
bilishi lozim, chunki barqarorlashmagan iqtisodiyotda investor pul muomalasi,
moliya kredit va banklar, soliq siyosati mohiyatini chuqur bilmay turib, investitsiya
faoliyatini tashkil etish risk bilan bog‘liq bo‘lib, qisqa davr ichidagi inqirozga
uchrashi mumkin. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda investitsiya faoliyati quyidagi
yo‘nalishlarda olib borilishiga alohida e’tibor qaratiladi:
•
fuqarolar, davlatga qarashli bo‘lmagan korxonalar, xo‘jalik assotsiatsiyalari,
jamoa va o‘rtoqlik xo‘jaliklari hamda jamoa mulkchiligi asosida tashkil etilgan
tashkilotlar, nodavlat korxonalari va muassasalari tomonidan olib borilishiga;
•
davlatni ma’muriy va boshqaruv bo‘linmalari, tashkilotlari hamda davlat
korxonalari va muassasalari tomonidan olib borilishiga;
•
chet el fuqarolari, xususiy firmalar, assotsiatsiyalar, kompaniyalar va huquqiy
shaxslari hamda boshqa xorijiy davlatlar va halqaro moliya – kredit muassasalari
tomonidan olib borilishiga;
•
qo‘shma korxona ko‘rinishida mahalliy va chet el fuqarolari, huquqiy
shaxslar va davlatlar bilan hamkorlikda olib borilishiga.
Ayni paytda tadbirkorlik va ishbilarmonlikni yo‘lga qo‘yilishi, jahon iqtisodiy
aloqalarini taraqqiy etishi, qo‘shma korxonalarni iqtisodiyotni barqarorlashtirishdagi
rolini ortishi investitsiya faoliyatini to‘la tashkil etish imkoniyatlarini yaratmoqda.
O‘z navbatida tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el kapitalining kirib kelishi
investitsiya faoliyatini tashkil etish yo‘nalishlarini belgilab bermoqda. Bozor
sharoitida investitsiya faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish jismoniy, huquqiy
shaxslarni va davlatni, foyda olish maqsadida tadbirkorlik, ishbilarmonlik va boshqa
faoliyatlarini qaytadan tiklashga qaratilgan. Bu boradagi asosiy maqsad investitsiya
faoliyatini tashkil etib iqtisodiyotni barqarorlashtirish, dunyo bozoriga kirib borish,
jahon xo‘jalik aloqalarini mustahkamlash va aholi turmush darajasini yaxshilash
asosiy maqsad bo‘lib hisoblanadi. Shuning bilan birga rivojlangan mamlakatlar
iqtisodiyoti shundan dalolat beradiki, davlatning investitsion strategiyasining 96
asosiy yo‘nalishlari to‘g‘ri tanlanganligidan dalolat beradi. Investitsion strategiya
amaldagi taktikalar natijasida ko‘zlangan maqsadga erishiladi.
Strategik faoliyat uchun turli ko‘rinishdagi imtiyozlar yaratiladi, bu esa barcha
jarayonlarni bir tekisda muvofiqlashtirish, tartibga solish, nazorat etish, xalqaro
kelishuvlarni unifikatsiyalashgan formalaridan foydalanish kabi mexanizmini ishlab
chiqishni talab etadi. Investitsion jarayonni mohiyatiga ko‘ra barcha investitsion
jarayonlar bilan chambarchas bog‘liq faoliyatning asosi bo‘lib hisoblangan uzoq
muddatni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun bu jarayon bozor iqtisodiyoti
rivojlanayotgan mamlakatlarda kapitalni harakati ishlab chiqarish sohasidan savdo
sotiq jarayonlariga keng yo‘l ochiladi. Chunki buning asosiy sababi:
1.
investitsion mablag‘ o‘z egasidan uzoq vaqt davomida boshqa shaxsga o‘tadi;
2.
bu o‘z navbatida mablag‘ning o‘z egasidan uzoqlashganligi sababli
qaytmaslik ehtimoli bo‘yicha shubha tug‘diradi;
3.
risk darajasi boshqalarga nisbatan kuchli bo‘ladi;
20
4.
savdo sohasida ishlab chiqarishga nisbatan daromadning kelish tezligi
kuchayadi hamda risk darajasi ham nisbatan pastligi bilan harakterlanadi;
5.
uzoq vaqt ichida mablag‘ egasiga kelayotgan daromadlilik darajasi pasayib
boradi.
Mamlakatda
ushbu
holatlarni
boshqarishda
asosan
davlatning
muvofiqlashtiruvchi mexanizmlari orqali yo’lga qo’yiladi. Bu boshqaruv avvalo
davlatning bosh islohatchi sifatidagi roli orqali namoyon bo‘ladi va ushbu
jarayonning jahon miqyosdagi faollashuvi esa sekin-astalik bilan bozor iqtisodiyoti
tamoyillariga moslashib boradi. Umuman olganda, investitsion jarayonning keng
faollashuvi mamlakat rivoji va xalq manfaati uchun qolaversa, ularning yashash
sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi va rivojlantirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |