Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/169
Sana20.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#393067
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   169
Bog'liq
UMUMIY O‗RTA TA‘LIM MUASSASALARI YOSHLAR YETAKCHILARI MALAKA OSHIRISH KURSINING YETAKCHI FAOLIYATINI

Oilaning vazifalari: 
 
Bolalarning ma‘naviy barkamol va jismoniy sog‗lom bo‗lishlari uchun:  
oilada  sog‗lom  ijtimoiy  muhitni  yaratish,  milliy  ruh  va  turmush  tarzini 
hisobga  olgan  holda  farzandlarda  ota-onaga,  Vatanga  muhabbat  tuyg‗usini 
shakllantirish;  
farzandlarga  chuqur  dunyoviy  bilim  berish,  ularning  ma‘rifatli  va 
ma‘naviyati yuksak kishilar bo‗lib etishishlarini ta‘minlash;  
bolalarning  qiziqishi,  iqtidori  va  extiyojlarini  hisobga  olgan  holda 
kasbga yo‗naltirish;  
ularni  mustaqil  fikrlashga  o‗rgatish,  istiqlol  g‗oyalari  va  milliy 
mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;  
bolalarning bo‗sh vaqtlarini to‗g‗ri tashkil etish va ularning qo‗shimcha 
ta‘lim olishlariga shart-sharoit yaratish;  
oilada  farzandni  komil  inson  qilib  tarbiyalashda  ota-onalarning  bilim 
darajasini oshirishga erishish;  
bolada tejamkorlik va ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish;  
oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo‗nalishlarini uyg‗un 
holda bosqichma-bosqich amalga oshirishni ta‘minlash;  


156 
 
bolalarga  sanitariya-gigienik,  ekologik  bilim  va  ko‗nikmalarni 
singdirish,  diniy  aqidaparastlik,  ichkilikbozlik,  giyohvandlikka  qarshi  tarbiyaviy 
ishlarni amalga oshirish;  
ota-onaning  ta‘lim  muassasalari  va  mahalla  oldida  o‗z  farzandlarining 
barcha xatti-harakatlari uchun javobgarligini oshirish;  
farzandni  oilaviy  hayotga  tarbiyalashda  ular  ongiga  ajdodlardan  o‗tib 
kelayotgan boy ma‘naviy meros, axloq-odob, urf-odat va an‘analarni bugungi kun 
bilan uyg‗unlashtirgan holda singdirib borish;  
jismoniy  yoki  ruhiy  rivojlanishida  nuqsoni  bo‗lgan  bolalarga  hayot 
talablariga  mos  ravishda  bilim  va  kasb-hunar  egallashlari  uchun  shart-sharoit 
yaratish;  
oilada  bir-birlarini  doimiy  ravishda  o‗zaro  jismoniy,  moddiy,  ma‘naviy 
va psixologik, tibbiy qo‗llab-quvvatlash, oilaviy dam olishni to‗g‗ri tashkil etish;  
oilada turli muammoli vaziyatlarni oqilona hal etishda yoshlarni muloqot 
madaniyatiga o‗rgatish;  
oilada  ota-ona 
va  farzand  o‗rtasidagi  o‗zaro  munosabatlarni 
mustahkamlashda turli mavzuda suhbatlar o‗tkazish;  
radio  to‗lqinlari,  televidenieda  berilayotgan  kuy  va  qo‗shiqlar,  internet 
tarmog‗idan olinayotgan ma‘lumotlar, disk, telefonlardagi ma‘lumot, tasvirlar ota-
onalar tomonidan saralanib, bolalarga taqdim etilishi;  
oilada  bolaning  maktabdan  tashqari  turli  xil  ta‘lim  muassasalaridagi 
(musiqa  va  san‘at,  sport  maktablari,  «Barkamol  avlod»  bolalar  markazlari, 
mahallalar  qoshidagi  turli  to‗garaklar  markazlari)  to‗garak  mashg‗ulotlariga  jalb 
etish.  
O„ta o„qimishli, ruhan bardam va jismonan baquvvat kishilargina istiqlol va 
taraqqiyot yo„lini bosib o„ta oladi 
(
Islom Karimov). 
 
Inson  hayoti  va  uning  ma‘naviyatini  to‗g‗ri  shakllantirishga  bevosita  ta‘sir 
qiladigan yana bir muhim hayotiy omil bu ta‘lim-tarbiya tizimidir. Ma‘lumki, ota-
bobolarimiz  qadimdan  bebaho  boylik  bo‗lmish  ilmu  ma‘rifat,  ta‘lim  va  tarbiyani 
inson kamoloti, millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi, deb bilgan. Albatta, 
ta‘lim-tarbiya  –  ong  mahsuli,  ayni  vaqtda,  ong  darajasi  va  uning  rivojini  ham 
belgilaydigan,  ya‘ni  xalq  ma‘naviyatini  shakllantiradigan  va  boyitadigan  eng 
muhim omildir.  
Maktab,  (maktabgacha  ta‘lim,  o‗rta  maxsus,  kasb-hunar  ta‘limi)  ta‘lim-
tarbiya  masalasi  davlat  va  jamiyat  nazoratida  bo‗lishi  asosiy  qonunimiz 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (41-modda) belgilab qo‗yilgan.  
Shu  bilan  birga,  bu  keng  jamoatchilik,  butun  xalqimizning  ishtiroki  va 
qo‗llab-quvvatlashini 
talab 
qiladigan 
umummilliy 
masaladir. 
SHuni 


157 
 
unutmasligimiz  kerakki,  kelajagimiz  poydevori  bilim  dargohlarida  yaratiladi, 
boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‗lishi farzandlarimizning 
bugun qanday ta‘lim va tarbiya olishiga bog‗liq.  
Buning  uchun  har  qaysi  ota-ona,  ustoz  va  murabbiy  har  bir  bola  timsolida, 
avvalo, yuksak ma‘naviyatli shaxsni ko‗rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib 
chiqqan holda farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‗lgan, 
ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish  – ta‘lim-tarbiya sohasining 
asosiy maqsadi va vazifasi bo‗lishi lozim.  
Zero,  Birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta‘kidlaganlaridek  «Ta‘lim  va 
tarbiya  –  o‗zaro  uzviy  bog‗liq  sharqona  tushunchalardir.  Ta‘limni  tarbiyadan, 
tarbiyani ta‘limdan ajratib bo‗lmaydi».  

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish