Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi


Ta‘lim muassasalarining vazifalari



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/169
Sana20.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#393067
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   169
Bog'liq
UMUMIY O‗RTA TA‘LIM MUASSASALARI YOSHLAR YETAKCHILARI MALAKA OSHIRISH KURSINING YETAKCHI FAOLIYATINI

Ta‘lim muassasalarining vazifalari: 
 
bolalarga  ta‘lim  berishda  ilg‗or  pedagogik  texnologiyalar,  axborot-
kommunikatsiya vositalaridan o‗rinli foydalanishiga shart-sharoit yaratish;  
ta‘lim  muassasalarida  ahillik,  mehr-oqibatlilik,  millatlararo  do‗stlik 
muhitini  mustahkamlash,  bu  maqsadga  erishish  uchun  zaruriy  shart-sharoit  va 
imkoniyat yaratish;  
ta‘lim muassasalari nizomlar asosida joriy qilingan tartibga amal qilish;  
ta‘lim  muassasalari  negizida  pedagogik,  huquqiy,  psixologik,  ma‘naviy 
va  ma‘rifiy  bilimlar  beruvchi  «Ota-onalar  universitetlari»  tashkil  qilish  va 
mashg‗ulotlarni turli xil shakl va usulda tashkil etish;  
huquqiy  tarbiyani  o‗quvchi-yoshlar,  ota-onalar,  jamoatchilik  bilan 
amalga  oshirish;  tarbiya  jarayonining  barcha  ishtirokchilari  orasida  milliy 
mafkurani targ‗ib qilish, aqidaparastlik, diniy ekstremizm va  
milliy  taraqqiyotimizga  zararli  boshqa  g‗oyalarning  kirib  kelishiga  qarshi 
murosasiz kurashishni tashkil etish;  
o‗quvchi-yoshlarning  ta‘lim-tarbiya  olish  jarayonida  turli  xil 
chalg‗ituvchi vositalar (ya‘ni qo‗l telefonlari, videotasmalar, internet tarmog‗idagi 
ma‘lumotlar,  kompyuterdagi  o‗yinlar)ning  zarari  va  ularning  oqibatlarini  oldini 
olish bo‗yicha keng targ‗ibot-tashviqot ishlarini olib borish;  
hozirgi  murakkab  sharoitda  yosh  avlod  ongi  va  shuuriga  ta‘sir  etish 
uchun  bo‗layotgan  ma‘naviy  tahdidlarga  nisbatan  mafkuraviy  immunitet  hosil 
qilish;  
ta‘lim  muassasalarida  yosh  avlodning  yoshiga  mos  ravishda  milliy 
mafkuraviy g‗oyalarni singdirishga tabaqalashtirilgan holda yondashish va bu ishni 
uzluksiz tarzda olib borish;  
yoshlarni mustaqil fikrlashga o‗rgatish, ularni istiqlol g‗oyalari va milliy 
mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;  


158 
 
o‗quvchi-yoshlarning  sport  turlari  bilan  shug‗ullanishlariga  shart-
sharoitlar yaratish, ularning bo‗sh vaqtlarini to‗g‗ri tashkil etish;  
o‗quvchi-yoshlar ongiga qayta ishlab chiqilgan, modernizatsiya qilingan 
darslik  va  qo‗llanmalar  hamda  badiiy  adabiyotlardagi  g‗oyalarni  zamon  talablari 
asosida singdirish;  
ta‘lim  muassasalarida  yoshlarning  birorta  kasb-hunarni  egallashi  uchun 
poydevor yaratish;  
o‗quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini inobatga olib, ularni turli 
sohalar  bo‗yicha  kasb-hunarga  yo‗naltirish  va  ta‘limda  tabaqalashtirilgan 
yondashuvni joriy etish;  
bolalarni  kasb-hunarga  yo‗naltirish  ishlariga  uzluksiz  va  tizimli 
yondashishni tashkil etish (maktabgacha ta‘lim, umumiy o‗rta ta‘lim, o‗rta maxsus, 
kasb-hunar ta‘limi, oliy ta‘lim);  
yoshlarimizni  ma‘naviy  yangilanish  va  islohotlar  jarayonining  faol 
ishtirokchisiga  aylantirish,  ularning  kuch  va  salohiyatlarini  ijtimoiy  hamkorlik  va 
millatlararo  totuvlik,  diniy  bag‗rikenglik  kabi  ezgu  maqsadlarga  hizmat  qilishiga 
erishish;  
bola  tarbiyasi  namunali  yo‗lga  qo‗yilgan  oilalarni  tegishli  muassasalar 
hamkorligida o‗rganib, tajribalarini ommalashtirish;  
maktabga surunkali kelmaydigan o‗quvchi-yoshlarni ta‘lim muassasalari 
va mahalla faollari hamda hamkorlik kengashi yordamida o‗qishga jalb etish;  
o‗qishni va ishlashni xohlamaydigan, huquqbuzarlik sodir etishga moyil 
voyaga etmaganlarni ro‗yxatga olib, ularga tegishli tashkilotlar  
bilan  birgalikda  zarur  choralar  ko‗rib,  hamkorlik  kengashida  muhokama 
qilish;  
tarbiyasi  og‗ir  yoshlar,  farzandlar  tarbiyasiga  beetibor  ota-onalar  bilan 
ishlash, oilalarga pedagogik maslahatlar berish;  
imkoniyati  cheklangan  bolalarni  tuman,  shahar  tibbiyot-pedagogik 
komissiyasi orqali maxsus maktab-internatlarga joylashtirishga ko‗maklashish;  
ota-onasiz  qolgan  (etim),  ota-onalaridan  turli  sabablarga  ko‗ra  mahrum 
bo‗lib  qolgan  bolalarni,  voyaga  etmaganlar  o‗rtasida  nazoratsizlik  va 
huquqbuzarlik  profilaktikasi  guruhi  inspektorlari  orqali  tegishli  «Mehribonlik» 
uylariga joylashtirishga ko‗maklashish;  
sinfdan  va  maktabdan  tashqari  ishlarni  yangicha  shakl  va  usullarda 
tashkil etish, tarbiyaga bir butunlikda hamda tizimli yondashish;  
o‗quvchilarni  milliy  qadriyatlarga  tayangan  holda  oilaviy  hayotga 
tayyorlash;  


159 
 
ta‘lim  muassasalarida  o‗tkaziladigan  barcha  tarbiyaviy,  ma‘naviy-
ma‘rifiy, madaniy-ommaviy va sport tadbirlarining mahallalar, jamoat tashkilotlari 
bilan hamkorlikda olib borilishiga erishish;  
qizlar uchun «Qizlar klubi», o‗spirin yigitlar uchun «O‗spirinlar klubi», 
«Muloqot»  klublari  (har  ikkala  jinsdagi  o‗quvchi,  ota-ona  va  boshqa  turli  kasb-
hunar egalari ishtirok etishi mumkin) ishini tashkil qilish;  
iqtidorli,  ijodkor  o‗quvchilarni  rag‗batlantirish  ishlarini  mahalla 
hamkorligida amalga oshirish;  
bolalarning  o‗z  o‗quv  muassasasi  xududini  toza,  ozoda  saqlash  va 
obodonlashtirish  (ta‘lim  muassasalari  atrofidagi  qarovsiz  yotgan  erlarda  mevali 
bog‗lar yaratish) ishlariga jalb etish, shanbaliklar tashkil etish;  
hamkorlikda  olib  borilgan  ijobiy  ishlarni  ommaviy  axborot  vositalari 
orqali keng yoritib borish.  

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish