O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   362
Bog'liq
fayl

Rivojlantiruvchi
: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida 
talaba shaxsini rivojlantirish. 
Tayanch  tushunchalar:  gerontologiya,  oliy  psixik  jarayonlar,  skleroz, 
demensiya, altsgeymer. 
1. Keksalik bioijtimoiy hodisa sifatida 
Qarilikning  birinchi  davri  gerontogenez,  yoki  keksayish  davri  deb  ataladi. 
Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra, bu davr 60 yoshdan keyin boshlanadi. Ba’zi 
olimlar  esa  bu  davrni  ayollarda  55  yoshdan,  erkaklarda  60  yoshdan  keyin 
boshlanadi,  deya  ta’kidlashgan.  Bu  yoshdagi  insonlarni  uch  guruhga  bo‘lish 
mumkin: qariyalar, keksalar, uzoq umr ko‘ruvchilar. 
Xorijlik  olim  Bernsayd  bu  davrni  to‘rt  guruhga  ajratgan:  60-69  yoshgacha 
qarilikdan oldingi davr, 70-79 yoshgacha qarilik, 80-89 yoshgacha keksalik, 90-99 
yoshgacha munkillagan qarilik. 
Bu yoshning eng muhim xususiyatlaridan biri yosh o‘zgarishi bilan kechadigan 
genetik  programmalashtirilgan  jarayonning  qarishi  hisoblanadi.  Qarilik  murakkab 
bioijtimoiy  psixologik  hodisadir.  Biologik  jarayon  sifatida  qarilik  organizmning 
keksayishi,  o‘lim  ehtimolining  ortishi  bilan  bog‘liq.  Ijtimoiy  hodisa  sifatida 
keksalik  nafaqaga  chiqish,  ijtimoiy  statusning  o‘zgarishi,  muhim  ijtimoiy 


191 
 
rollarning  yo‘qolishi  bilan  bog‘lanadi.  Psixologik  darajada  bu  ro‘y  bergan 
o‘zgarishlarni anglash va unga muvaffaqiyatli moslashishdan iborat. 
Bu yosh o‘zgarishlari nimalarda ko‘rinadi, degan o‘rinli savol tug‘iladi? 
Dastlab  organizm  faoliyatining  sekin-asta  susayishida  kuzatiladi.  Bu  yoshdagi 
insonlarning  jismoniy  kuchi,  energiyaning  umumiy  zaxirasi  yoshlik  davriga 
nisbatan  ancha  kamayganligini  kuzatish  mumkin.  Insonning  qon  aylanish  va 
immun tizimi ham susayadi. 
 
Qarish  jarayoni  insonning  nerv  sistemasiga  ham  ta’sir  qiladi.  Dastlab  uning 
sezgirligi kamayadi, tashqi ta’sirlarga organizmning sekin reaksiya bildirishi, turli 
sezgi  organlari  sezgirligining  pasayishi  kuzatiladi.  Qarilik  davrida  ko‘pchilik 
insonlar  u  yoki  bu  ma’lumotni  olish  uchun  ko‘proq  vaqt  sarflayotganligini  his 
qilishadi. 
Qarish  jarayonining  natijalari  insonning  eshitish  sezgirligining  susayishida 
kuzatiladi.  Fozard  (1990)ning  tadqiqotlaridan  ma’lum  bo‘lishicha,  bu  yoshdagi 
insonlarda  eshitishning  susayishi  qariyalarning  uchdan  bir  qismida,  ko‘proq 
erkaklarda kuzatiladi. 
Bu  yoshdagi  insonlarning  ko‘pchiligida  ko‘rishning  turlicha  buzilishlari 
kuzatilishi 
mumkin. 
Ko‘z  gavhari  elastikligining  yo‘qotilishi  hisobiga 
predmetlarga  nazar  tashlash  qobiliyatining  susayishini  payqash  mumkin.  Ko‘z 
gavhari strukturasining o‘zgarishi aniq ko‘rmaslikka, keyinchalik kataraktaga olib 
kelishi  mumkin.  Qariyalardagi  o‘zgarishlardan  biri  sifatida  ko‘rish  o‘tkirligining 
susayishida,  mayda  detallarni  farqlashning  qiyinchiligida  namoyon  bo‘ladi. 
Bunday  o‘zgarishlar  bifokal  va  trifokal  ko‘zoynaklar  bilan  to‘ldirilishi  mumkin. 
Qariyalarda  ko‘rish  sezgirligining  o‘zgarishi  ko‘p  jihatdan  psixofizik  funksiyalar 


192 
 
dinamikasi  bilan  ko‘p  jihatdan  bog‘liq.  Qariyalarda  ranglarni  ajratish  ham  bir 
muncha susayadi, faqat sariq rangni ajratish 50 yoshdan keyin ham o‘zgarmaydi. 
Ta’m  bilish  sezgilari  ham  qariyalarda  qariyb  o‘zgarmaydi.  Barto-shukning 
(1990) tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, shirinni sezish qobiliyati o‘zgarmaydi. 
M. Spitzer (1988) ning tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, achchiqni sezish bir oz 
kamayadi. Ta’m bilish sezgilaridagi qator o‘zgarishlar ba’zan insonning individual 
xususiyatlariga  ham  bog‘liq  bo‘ladi.  Qariyalar  ovqatdagi  ba’zi  komponentlarning 
ta’mini  sezishda  qiyinchilikni  boshdan  kechiradi,  bu  esa  ta’m  bilish  analizatori 
emas, balki hid bilish sezgirligining susayishi evaziga sodir bo‘ladi. 
Hid  sezgirligining  o‘zgarishiga  asosiy  sabab  nerv  uchlari  va  tolalarida 
karaxtlikning  boshlanishidir.  Bundan  tashqari,  hid  bilish  sezgirligi  kamayishining 
sabablari  havoning  ifloslanishi,  zaharli  va  qo‘lansa  hidli  moddalar  bilan  nafas 
olish, chekish, oziq-ovqatda A vitamini yetishmasligidir. 
Shunday qilib, keksayish davrida ko‘pchilik sensor funksiyalar susayadi. Lekin 
shuni  ta’kidlash  joizki,  biz  yuqorida  ko‘rib  o‘tgan  sensor  sezgirlik  tiplarining 
ko‘pchilikda  susayishi  kuzatilsa-da,  bu  hammada  bir  xil  emas.  Sensor 
funksiyalarning  susayishi,  shaxs  shug‘ullangan  faoliyat  turiga  bog‘liq  ravishda 
o‘zgarish kuzatiladi. Masalan, butun hayoti davomida musiqa bilan shug‘ullangan 
insonlarda eshitish sezgirligining unchalik o‘zgarmaganligini kuzatish mumkin. 
 
 
 
 
 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish