O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


 Keksalik davrida yetakchi faoliyat va rivojlanishning ijtimoiy shart-



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   362
Bog'liq
fayl

4. Keksalik davrida yetakchi faoliyat va rivojlanishning ijtimoiy shart-
sharoitlari 
Keksalik  davri  ishlab  chiqarishda  faol  ishtirok  etishdan  uzoqlashish,  nafaqaga 
chiqish bilan ijtimoiy pozitsiyaning o‘zgarishi taraqqiyotning ijtimoiy vaziyatidagi 
muhim  o‘zgarishlardir.  Keksalarga  nisbatan  ijtimoiy  vaziyatning  noaniqligi  ular 
hayotining  ijtimoiy  vaziyatini  to‘liq  deb  bo‘lmaydi.  Keksalik  davrida  inson 
quyidagi  savolni  hal  qiladi:  eski  ijtimoiy  aloqalarini  saqlab  qolish  hamda  yangi 
ijtimoiy  aloqalarni  o‘rnatish  yoki  yaqinlarining  qiziqishlari  bo‘yicha  ularga 
qo‘shilish  yoki  o‘z  muammolarini  hal  qilish uchun  individual  hayotga kirish.  Bu 
tanlov  u  yoki  bu  moslashuv  strategiyasini  –  o‘zini  shaxs  sifatida  yoki  individ 
sifatida saqlab qolishni belgilaydi. Ana shu tanlovga, moslashuvning strategiyasiga 
bog‘liq  ravishda  yetakchi  faoliyat  o‘zini  shaxs  sifatida  saqlab  qolishga,  yoki 
individ sifatida saqlab qolishga yo‘naltirilishi mumkin. 
“Yopiq  kontur  tipi”  bo‘yicha  adaptatsiya  strategiyasida  tashqi  dunyoga 
qiziqishlar  va  intilishlar  darajasining  pasayishida,  egotsentrizm,  emotsional 
nazoratning 
susayishi, 
to‘liqsizlik  kompleksi,  qo‘zg‘aluvchanlik  ba’zan 
atrofdagilarga  befarqlikda  namoyon  bo‘ladi.  Ba’zan  ushbu  keksayish  modelini 
“passiv  keksayish”  yoki  ijtimoiy  qiziqishlarning  yo‘qolishi  ham  deb  atashadi. 
Bunga  alternativ  ravishda  yana  bir  model  mavjud,  bunda  jamiyat  bilan  aloqalar 
saqlab  qolinadi,  yanada  rivojlantiriladi.  Bunda  yetakchi  faoliyat  ijtimoiy  tajribani 
tizimlashtirish  va  uzatishdan  iborat  bo‘ladi.  Bunda  keksalar  kasbiy  faoliyatlarini 


197 
 
davom ettirishlari, memuarlar yozishlari, o‘qitishlari, ustozlik qilishlari, nabiralarni 
tarbiyalashlari va jamoat ishlari bilan shug‘ullanishlari mumkin. 
O‘zini  shaxs  sifatida  saqlab  qolish  uchun  kuchi  yetadigan  mehnat  bilan 
shug‘ullanish,  turli  qiziqishlarga  ega  bo‘lish,  yaqinlarga  kerakli  inson  bo‘lishga 
intilish, hayotga qiziquvchanlikni his qilish zarur. 
N.S.Pryajnikov  keksalikni  turli  davrlarga  bo‘lgan  va  bu  davrlarning  o‘ziga  xos 
xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tgan
9

I.    Nafaqadan  oldingi  keksalik.(55  yoshdan  nafaqaga  chiqquncha)–  nafaqaga 
tayyorlanish. 
1.Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati. 
nafaqani  kutish:  kim  uchundir  nafaqaga  chiqish  bu  “tezroq  dam  olishni 
boshlash”,  kim  uchundir  faol  mehnat  faoliyatining  to‘xtatilishi  hamda  qolgan 
energiyasini va tajribasini nima qilishni bilmay noaniqlik; 
asosiy  aloqalar  ish  joyidagilar  bilan  bo‘lib,  hamkasblari  uning  tezroq  nafaqaga 
ketishini  xohlashadi,  inson  esa  buni  sezadi,  boshqa  tomondan  inson  uni  nafaqaga 
boshqalarga nisbatan kechroq chiqazishlariga umid qiladi; 

 
yaqinlari  bilan  munosabatlarda  keksa  inson  oilasini,  nabiralarini  ham 
ta’minlashi mumkin bo‘lgani uchun “foydali”, ikkinchi tomondan yaqinda o‘zining 
ishlamaganida, nafaqasiga qarab qolganida “kerak emasligini” his qilish; 

 
ishda o‘ziga “munosib shogird” tayyorlash, trabiyalashga intilish. 
2.  Yetakchi faoliyat: 

 
ulgurmaganlarini  bajarishga  intilish,  ishda  o‘zidan  keyin  “Yaxshi  nom” 
qoldirishga intilish; 

 
o‘z tajribasini shogirdlariga, o‘quvchilariga uzatishga intilish; 

 
nabiralar  tug‘ilganda  nafaqa  yoshidagi  insonlar  o‘zini  maksimal  darajada 
namoyon  qilishda  nabiralar  tarbiyasi  bilan  ham  shug‘ullanib,  “bo‘linishlari” 
mumkin; 
                                                           
9
Пряжников Н.С. Личностное самоопредение в преклонном  возрасте// Мир психологии.1999. №2. С.111-
123. 


198 
 

 
nafaqaga  chiqish  aniq  bo‘lganda  o‘zining  keyingi  hayotini  rejalashtirish, 
nafaqada nima bilan shug‘ullanish haqida o‘ylaydi. 
II.  Nafaqaga  chiqqan  davr  (nafaqaga  chiqqan  birinchi  yil)  –  bu  yangi  ijtimoiy 
status, yangi rolni egallash. Bu davr quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
1.Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati. 
eski aloqalar birinchi davrda saqlanib qoladi, ular sekin-asta kamayib boradi; 

 
asosan  aloqalar  qarindoshlar  va  yaqinlari  bilan  bo‘ladi  (“tajribasiz 
nafaqaxo‘rlar bilan juda ehtiyot bo‘lib muloqotda bo‘lish lozim); 

 
sekin asta nafaqaxo‘r do‘stlari paydo bo‘ladi; 

 
yaqinlari  va  do‘stlari  bo‘sh  vaqti  ko‘p  nafaqaxo‘rning  nabiralar  tarbiyasi 
bilan shug‘ullanishini istashadi, shuning uchun bolalar va nabiralar bilan muloqot 
ham nafaqaxo‘r ijtimoiy vaziyatining bir qismi hisoblanadi. 
2.  Yetakchi faoliyat: 

 
bu birinchi navbatda yangi rol sifatida “o‘zini izlash”, turli faoliyatlarda o‘z 
kuchini sinab ko‘rishdir, bu “sinab ko‘rish va xato qilish” metodi orqali o‘z-o‘zini 
aniqlashdir (bunda u kundan kunga hayot qisqaligini his qiladi). 

 
Ayrim  nafaqaxo‘rlar  nafaqani  rasmiylashtirib  kasbiy  faoliyati  bo‘yicha 
mehnat  faoliyatini  ham  davom  ettirishadi.  Bunda  ishlayotgan  nafaqadagilarda 
shaxsiy muhimlik hissi ortadi. 

 
Yoshroq insonlarni uyaltirish, o‘rgatish hissi borgan sari kuchayadi. 

 
Ayrim nafaqaxo‘rlar xotirjam o‘tgan umrini sarhisob qilishga harakat qiladi, 
ayrimlar  “memuarlar”  yozib  o‘z  tajribasi  va  kechinmalari  bilan  bo‘lishishga 
harakat qiladi. 
III. Keksalik davri (nafaqaga chiqqandan so‘ng bir necha yildan keyin sog‘liqning 
jiddiy  yomonlashuvigacha  bo‘lgan  davr)  bunda  inson  yangi  ijtimoiy  statusni 
egallab olgan bo‘ladi va quyidagilar bilan tavsiflanadi: 
1.Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati. 
o‘ziga o‘xshagan keksalar bilan muloqot

keksa  insonning  bo‘sh  vaqtidan  foydalanayotgan,  yoki  unga  “g‘amxo‘rlik” 
qilayotgan oila a’zolari bilan muloqot; 


199 
 
ayrim nafaqadagilar jamoat ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladilar. 
ayrim  nafaqadagilar  uchun  boshqalar  bilan  munosabat  o‘zgaradi,  ayrim 
keksalarning ilgarigi yaqin munosabatlari asta-sekin uzoqlasha boradi. 
2. Yetakchi faoliyat 
bo‘sh  vaqtdagi  qiziqishlar  (ayrim  keksalar  har  xil  faoliyat  bilan  shug‘ullanib, 
o‘zlarini sinab ko‘radilar. 
har xil usullar bilan shaxsining nimalarga qodirligini ko‘rsatishga intilish; 
ayrim  keksalar  (sog‘liqlari  yaxshi  bo‘lsa-da)  uchun  o‘limga  tayyorlanish 
yetakchi  faoliyat  bo‘lib  qoladi,  bu  dinga  berilish,  tez-tez  qabristonga  borish, 
yaqinlariga “vasiyatlar” qilishda namoyon bo‘ladi. 
IV.  
Sog‘liqning  birdan  yomonlashishi  sharoitidagi  uzoq  umr  ko‘rish 
sog‘lig‘ida jiddiy muammolari yo‘q keksalarning holati bir-biridan farq qiladi. 
1.Ijtimoiy vaziyat. 
yaqinlar,  qarindoshlar,  vrachlar  va  palatadagi  sheriklar  bilan  asosan  muloqot 
amalga oshiriladi. 
qariyalar uyida palatadoshlari bilan muloqot (xorijda hech kimi yo‘q qariyalarni 
bunday uylarga joylashtiriladi). 
2.Etakchi faoliyat: 
da’volanish, qandaydir usullar bilan bo‘lsa-da kasallikka qarshi kurashish; 
o‘z  hayoti  mazmunini  anglashga  intilish.  O‘z  hayotini  bezashga  intilish, 
hayotidagi  yaxshi  narsalarga  intilish.  Bunda  inson  “bekorga  yashamaganligini 
ko‘rsatish uchun” o‘zidan yaxshiroq narsa qoldirgisi keladi. 
IV.  
Nisbatan  mustahkam  sog‘liq  bilan  uzoq  umr  ko‘rish  (75-80  yosh  va 
undan kattalar) 
1.Ijtimoiy vaziyat. 
yaqinlar  va  qarindoshlar  bilan  muloqot,  ularning  oilasida  uzoq  umr  ko‘ruvchi 
shaxs yashayotganligidan faxrlanish; 
uzoq umr ko‘ruvchi qariyada yangi do‘stlar va tanishlar paydo bo‘ladi; 
uzoq  umr  kechirish  noyob  hodisa  bo‘lganligi  uchun  u  bilan  gaplashishga 
hamma, hattoki OAV xodimlari ham intiladi. 


200 
 
2.Etakchi faoliyat: 
Insonning  layoqatiga  bog‘liq  bo‘lib,  ko‘proq  faol  hayot  tarzini  kechirish, 
sog‘liqni  saqlash  uchun  faqat  vrachlarning  aytganlarini  qilish  emas,  balki  o‘z 
sog‘lig‘ini his qilish ham muhim. 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish