O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


Kattalarning yosh xususiyatlari va ta’lim olish layoqatlari



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   362
Bog'liq
fayl

5.Kattalarning yosh xususiyatlari va ta’lim olish layoqatlari
 
 
        
       Kattalar  ta’limida  ularning  yoshlariga  xos 
xususiyatlarini  hisobga  olinishi  ham    ta’lim 
samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan 
hisoblanadi.  Kattalik  davri  ham  bir  necha  davrlarga 
bo‘linib,  bu o‘spirinlik, yoshlik, yetuklik, keksalik va 
qarilik davrlaridir. 
18-30  yoshlik  davri  hisoblanib  ,bu  o‘z  hayot 
yo‘lini, maqsadlarini belgilab olish va shu yo‘lda faol  
harakat qilish davridir. 
18-19  yoshlik  –  har  tomonlama  faollik.  O‘z-o‘zini  to‘liq  qidirish,  anglash. 
O‘zining  keyingi  taqdirini  belgilab  olish.  Bu  bajarib  ko‘rish,  xato  qilish  davri. 
Demak,qo‘llab- quvvatlashga muhtoj bo‘lgan davr. 
22-28  yosh  –  real  hayotga  kirishda  o‘z  yo‘nalishlarini  tanlashga,  belgilab 
olishga harakat qilish, o‘z hayotiy maqsadlarini belgilab olish; 
Yetuklik  30-55-60  yosh  hisoblanib,  fiziologik,  psixik  va  ijtimoiy  jihatdan 
yetuk  bo‘lgan  davr.  Yetuklik  insonning  ko‘p  yillik  intellektual  va  ma’naviy 
xususiyatlari  uning  shaxsi  asosi  shakllangan  va  ro‘yobga  chiqadigan  davridir.  Bu 
davr  kishining  o‘zini  shaxs  sifatida  namoyon  etishga  harakat  qilishining  natijasi 
hisoblanadi. 
29-34  yosh  –  savollar  krizisi.  O‘zi  tanlagan  yo‘llarning  to‘g‘riligidan 
xavotirlik va ayrimlarini to‘g‘rilashga harakat, fikrlar qarama-qarshiligi; 
35-43  yosh  –  kechiktirib    bo‘lmaslik  krizisi.  Hayotning  ko‘p  yo‘llari 
bo‘lganligini  anglagan  holda  kasbiy  faoliyatda,  shuningdek,  shaxsiy  hayotda 
maqsadlari bilan qay darajada erishganligini tahlil qilish; 
44-50  yosh  –  barqarorlikka  erishishga  harakat.  O‘z  shaxsiy  hayotini 
vazminlik bilan idrok etish, o‘z hayot maqsadlariga erishish uchun jiddiy va tezkor 
harakat; 
50  va  undan  katta  yosh  –  aql  va  mulohaza  bilan  ish  yuritishga  intilish, 
hayotdan zavq olishga erishish, yumshoqlik, vazminlik.
 
Keksalik  hayotning  mazmunini,  qadrini  tushunadigan,  o‘z  hayotidagi 
mehnatining xosilini yig‘adigan davr. O‘zining bilim va tajribalarini baholaydigan 
va ularni boshqalarga o‘rgatadigan davr hisoblanadi.  
 


187 
 
Katta  yoshdagi  har  bir  inson  o‘z  ehtiyoj  va  motivlaridan  kelib  chiqqan  holda  o‘z 
bilimlarini oshirib, malakalarini rivojlantirib borishga ehtiyoj sezadi.
  
Yosh  o‘tgan  sari  katta  odamda  ta’lim  olishga  nisbatan  layoqat  kamayib 
bormaydimi? Olingan bilimlarni kerakli  hajmda va tempda o‘z faoliyatiga qo‘llay 
oladimi? 
Aslida tabiat kishi hayotining barcha davrlarda atrof hayot, boshqa odamlar 
bilan bog‘liq informatsion- ta’limiy o‘z munosabatida bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan 
barcha  biologik  va  neyrofiziologik  shart-sharoitlarni  yaratgan.  Kishi  turli  yoshida 
olayotgan  bilimlari  samarali  bo‘lishi  uchun  ularga  albatta  tafakkur  jarayoni  kerak 
bo‘ladi. 
B.G.Ananev, 
L.I.Ansiferova, 
Yu.N.Kulyutkin, 
V.S.Rotenberg, 
Ye.N.Stepanova,  G.S.Suxobskayalarning  ko‘p  yillik  o‘tkazgan  tadqiqotlari  shuni 
ko‘rsatadiki,  tafakkur  inson  hayotining  barcha  davrlarida  faolligini  yo‘qotmaydi, 
lekin  uning  sturukturasida,  tizimida  ma’lum  bir  kattalar  ta’limi  bilan 
shug‘ullanuvchi insonlar bilishi kerak bo‘lgan o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. 
18-25  yoshgacha  kishilarda  obrazli  va  verbal  tafakkur  ustunlik  qiladi. 
Amaliy  tafakkur  asosan  21  yoshdan  verbal  va  obrazli  tafakkurning  rivojlanganlik 
darajasiga  yetib  oladi  va  27-28  yoshlarda  esa  ular  rivojlanishda  amaliy  tafakkur 
verbal  va  obrazli  tafakkurdan  o‘tib  ketadi.  30-40  yillarga  yaqin  obrazli  tafakkur 
yanada  rivojlanadi.  40  yoshga  yaqin  o‘zida  shakllangan  intellektual  tizimni  o‘z 
mehnat  faoliyati  tabiati  va  xususiyatlari  bo‘yicha  tadbiq  eta  oladi.  40  yoshdan  55 
yoshga  odatda  amaliy  tafakkurda  pasayish  kuzatiladi  uning  faolligi  obrazli  va 
verbal  mantiqiy  shakllarga  tenglashadi.  Ta’kidlash  mumkinki,  50  yoshdan  keyin 
verbal tafakkur obrazli tafakkurdan ustunlik qiladi. 
Inson  hayotining  34-35  yoshlarida  va  45-50  yoshlarida  xotiraning  nisbatan 
pasayishi  ko‘zga  tashlanadi.  Lekin  inson  organizmining  imkoniyatlari,  kuchli 
motivatsiya,  o‘z  yoshiga  xos  layoqatlar  dinamikasining  hisobiga  katta  inson 
muammolarini    bartaraf  eta  oladi,  o‘zgarishlarni  hal  eta  oladi.  Katta  bo‘lgan  sari 
informatsion  talablar,  muammolarni  hal  eta  oladi.  Sog‘liq,  madaniyat,  oila  40 
yoshgacha  ikkinchi  o‘rinni  egallaydi.  Bu  yoshdagi  ayollarda  esa  kasbiy  faoliyat 
bo‘yicha talablaridan zaruriy bilimlarni olish ehtiyojlaridan tashqari sog‘liq va oila 
masalalari  bo‘yicha  bilimlarni  egallash  ehtiyoji  yuqoriroq  o‘rinni  egallaydi.  Bu 
holat ularda 35-40 yoshgacha davom etadi. 
40 yoshdan boshlab esa erkaklarda ham sog‘liqni saqlash va mustaxkamlash 
bo‘yicha  qo‘shimcha  ma’lumotlarga  ega  bo‘lish  ehtiyoji  chiqadi.  Erkaklarda  2-
o‘rinda kasbiy faoliyat bo‘yicha bilimlarga qiziqishlari saqlanib qolsa, bu qiziqish 
ayollarda 41-55 yoshda 4-o‘ringa 56 yoshda esa oxirgi o‘ringa tushadi.  
Kattalarning  ta’lim  olish  layoqatlari  andragog  faoliyatining  psixologik  
jihatdan tashkil eta olinganligiga ham bog‘liq. Samaradorlik ko‘rsatkichlari kattalar 
auditoriyasining 
professor-o‘qituvchiga 
nisbatan 
ishonchi 
va 
ochiqligi; 
tinglovchilarning  ishga  jalb  etilishining  yuqori  darajasi;  mashg‘ulot  davomida 
bilish  faolliklarining  qat’iyligi;  tinglovchilar  orasida  yuzaga  keluvchi  samimiy 
psixologik  muhit;  tinglovchilarning  bir-biriga  hamda  ma’ruzachi-trenerga  yordam 
so‘rab  samimiy  murojaati;  ta’lim  jarayonida  biron-bir  tinglovchida  yuzaga 
keluvchi  muammo  va  qiyinchiliklarga  ijobiy  munosabat;  mashg‘ulot  davomida 


188 
 
tinglovchilarning  hamkorlikda  muhokama  qilish  uchun  o‘z  muammolarini  izhor 
eta  bilishlari;  tinglovchilarning  o‘z  nuqtai  nazarini  erkin  bayon  eta  bilishlari; 
hamkorlikdagi faoliyatning o‘rnatilganligi; andragog shaxsi va uning kasbiy nuqtai 
nazariga (pozitsiyasiga) bo‘lgan hurmat va qiziqish; ma’ruzachi-trener (andragog) 
o‘qituvchi  fikriga  qo‘shilish  istagi;  kattalar  ta’limi  tajribalarining  ta’lim  sohasiga 
kiritilishi  natijasida  ta’lim  mazmuni  samarasining  namoyon  bo‘lishi;  ta’lim 
natijasiga  qarab  kasbiy  va  shaxsiy  muammolarining  hal  etilishi  imkoniyati; 
tinglovchining  ta’lim  natijalaridan  qoniqishi;  tinglovchilarning  ta’lim  yakunidan 
so‘ng  o‘zaro  aloqalarni  davom  ettirish  istagining  yuzaga  kelishida  namoyon 
bo‘ladi, hamda bu xususiyatlar andragogikaning muhim jihatlaridir. Demak, 
-
 
andragogik  bilimlar  ta’lim  jarayoni,  maqsad  va  vazifalarini  to‘g‘ri 
belgilashda, ta’lim texnologiyalarini to‘g‘ri qo‘llashdagina yaxshi samara beradi; 
-
 
tinglovchilarning yosh xususiyatlarini va ularning ehtiyojlarini bilgan holda 
ta’lim berish ta’lim sifatini oshirishga va ko‘zlangan natijalarga erishishga xizmat 
qiladi; 
-
 
malaka  oshirish  jarayonida  andragogik  bilimlar  qo‘llanilayotgan  yangi 
ta’lim  shakllarini  mazmun  va  mohiyatini  to‘g‘ri  aniqlash  hamda  to‘g‘ri  tashkil 
etishga yordam beradi. 
 
Malaka  oshirish  jarayoni  samaradorligi  tinglovchining  shaxsiy  faolligiga 
ham bog‘liqdir. 
Faollik quyidagi komponentlarga ega: 
-
 
o‘quv topshiriqlarini bajarishga tayyor turishi; 
-
 
mustaqil faoliyatga harakat; 
-
 
vazifalarni ongli bajarish; 
-
 
o‘qishdagi uzviylik; 
-
 
o‘z shaxsiy darajasini oshirishga harakat. 
Samaradorlik  tinglovchining  malaka  oshirish  davomidagi  mustaqil  ta’lim 
olishlariga ham bog‘liq: mustaqil ta’lim quyidagilardan iborat. 
-
 
kutubxonada ishlashi; 
-
 
internetdan foydalanishi; 
-
 
o‘zaro tajriba almashishi; 
mustaqil  ravishda  kursdan  keyingi  ta’lim  dastur  mazmunini  tanlay  bilishi. 
Tinglovchida  malaka  oshirishga  nisbatan  ijobiy  motivning  shakllanganligi. 
Kattalar  ta’lim    jarayoni  samaradorligiga  ta’sir  etuvchi  omillardan  yana  biri 
markazda psixologik xizmatning tashkil etilishidir. O‘qituvchiga psixologik xizmat 
ularning: 
-
 
psixologik onglarini oshishiga; 
-
 
o‘zliklarini tahlil etish va anglashga; 
-
 
o‘z shaxsiy muammolarini hal etish yo‘llarini belgilab olishlariga; 
-
 
o‘zlariga nisbatan ishonchni orttirishga; 
-
 
qat’iylashgan hayotiy qarashlarining o‘zgarishiga; 
-
 
psixologik 
va 
pedagogik 
xizmat 
haqidagi 
tushunchalarini 
kengayishiga; 


189 
 
-
 
qiyin va muammoli vaziyatlardan chiqish yo‘llarini bilishga; 
samarali  muloqot  yo‘llarini  bilish  va  hokazolarga  yordam  beradi.    Kattalar 
ta’limini tashkil etishda ularning yoshlariga xos psixologik xususiyatlarini hisobga 
olish,  kattalar  ta’limi  prinsiplariga  amal  qilish  andragogika  samaradorligining 
muhim omili hisoblanadi. 
  

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish