87
(65 Si 69, 1 % ) va Si (30,9%) dan iborat. Sun’iy radioaktiv izotoplardan 61 Si va
64 Si amaliy jixatdan xam muhim xisoblanadi.
Mis muhandislik sohasida muhim metall hisoblanib, toza va qotishmalar shaklida
elektrotexnika, mashinasozlik va asbobsozlik sanoatida keng foydalaniladi.Mis va
uning qotishmalari legirlangan hamda legirlanmagan tarkibda yuqori darajada
elektr, issiqlik o`tkazuvchanlikka va tashqi muhit ta`siriga chidamlilik xossalariga
ega. Sanoatda misning asosiy qotishmalari bronza va latun muhim ahamiyat kasb
etadi.
27
Copper is an important engineering metal and is widely used in the unalloyed con-
dition as well as combined with other metals in the alloyed form. In the unalloyed
form, copper has an extraordinary combination of properties for industrial applica-
tions. Some of these are high electrical and thermal conductivity, good corrosion
resistance, ease
of fabrication, medium tensile
strength, controllable
annealing prop-
erties, and general soldering and joining characteristics. Higher strengths are
attained in a series of brass and bronze alloys that are indispensable for many engi-
neering applications.
Mis insoniyatga qadimdan ma’lum rangli metallardan biri bo‘lib, uning
kotishmalari kishilik jamiyati moddiy madaniyatini ustirishda katta axamiyatga
ega bo‘lgan. 1976 yili Onega ko‘li yaqinida joylashgan qirg‘oq karyeridan
og‘irligi 200 kg ga yaqin mis yombisi topilgan. Bu sof xoldagi mis FAning
Kareliya filialiga qarashli tarix, adabiyot va til institutining arxeologiya muzeyida
saqlanmokda.
Mis rudalari. Mis tabiatda sof holda kam uchraydi, uning rudalari asosan
ikki asosiy guruhiga bo‘linadi:
1. Sulfidlar, ularning tarkibida mis, S bilan birikkan holdagi minerallar;
2. Oksidli birikmalar, ularning tarkibida mis oksidlari mavjud.
27
Foundations of materials science and engineyering,William F.Smith 2013 p 434
88
Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, sanoatda ishlatiladigan mis rudalari ichida
tabiiy rudalar (tarkibida mis mpkdori 99,9%) nixoyatda juda kam ishlatiladi
va bu butun jaxondagi mis boyligining 5% ini tashkil qiladi. Sulfidli mis
birikmalar (rudalar) eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, jaxon zapasining 80% iga
yaqinini tashkil qiladi. Bunday rudalardan eng ko‘p tarkalgani xalkoprit (mis
kolchedani) CuFeS
2
, keyin esa xalkozin Cu
2
S, bornit Cu
3
FeS
3
va kovellin CuS dir.
Mis oksidli rudalar jaxon zapasining 1 5 % iga yaqinini tashkil qiladi.
Buning vakillariga malaxit CuCO
3
/
Cu(OH
2
), ko‘prit Su
2
O, tenorit (melakonit)
SuO, azurit 2SiSO
3
SI(ON)
2
va boshkalar kiradi. Sanoatda ishlatiladigan
rudalarda misning mikdori 1—2% dan iborat bo‘lsa, o‘rtacha 0,5% bo‘lganda
kambag‘al rudalar, 3% va undan ko‘p bo‘lsa eng boy ruda xisoblanadi. Sanoat
mikyosida kambag‘al rudalar, albatta, boyitiladi. Mis rudalari tarkibidagi bekorchi
jinslar jumlasiga kum, giltuprok, oxaktosh, kvars, barit, kalsiy va xar xil
alyuminosilikatlar kiradi. Lekin xar xil joylarda kazib olinadigan rudalarning
tarkibidagi moddalarning xillari va mikdorlari xamda turli jinslari
(komponentlar) har hil bo‘lish mumkin.
Mamlakatda mis rudalari qazib olinadigan joy asosan Olmaliq shaxri
territoriyasida qazib olinadi. Rudaning tarkibida kvars, dala shpati, seritsit,
angidrid, pirit, molibden bor.
Do'stlaringiz bilan baham: