Metodning prinsipi.
Amilaza fermentining aktivligiga turli sharoitdagi
haroratning ta’siri tekshiriladi.
Kerakli asboblar:
probirkalari bilan shtativ; pipetkalar; 50 ml li stakan;
spirtovka; thermostat; muz hammomi.
Reaktivlar:
1. Suyultirilgan so’lak (og’iz distillangan suv bilan chayib
tashlanadi, keyin og’izga 10-15 ml suv solib 2-3 minut ushlab turiladi va stakanga
solinadi). Amilaza fermenti shirasi. 2. 1%li kraxmalning 0,3% li natriy xloriddagi
eritmasi. 3. Yodning kaliy yoddagi eritmasi (1 ml distillangan suvda 1 g kaliy yod
eritiladi, eritma hajmini 300 ml ga suv bilan olib boriladi). 4. Mis sulfatning (CuSO4
5H2O) 5% li eritmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |