«Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari» konsepsiyasi о‗zining g‗oyaviy-
mafkuraviy asoslariga ega bо‗lib, ular О‗zbekistonda mustaqillik yillarida
erishilgan yutuqlar, shakllangan qadriyatlar darajasi va kо‗lami bilan belgilanadi.
Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga о‗tish vazifasi birdaniga hal bо‗lmaydi. Uning
uchun ma‘lum shart-sharoitlar yetilgan bо‗lishi lozim. Bular quyidagilardan iborat:
- jamiyat fuqarolarida eski tafakkur tarzini yо‗qotish, g‗oyaviy-ma‘naviy
boqimandalik hissini bartaraf etish;
-
kishilarda jamiyat hayotida sodir bо‗layotgan voqea va hodisalarga
befarqlikni, jamiyatdan begonalashuv kayfiyatini bartaraf etish;
-
insonning siyosiy ongi va madaniyatini oshirish, ularning ijtimoiy
faolligini kо‗tarish, jamiyatda sodir bо‗layotgan voqea-hodisalarga dahldorlik
hissini shakllantirish;
-
odamlarda о‗z-о‗zini boshqaruv organlarida, jamoat tashkilotlari,
nodavlat muassasalarida erkin faoliyat kо‗rsatish kо‗nikmasini paydo qilish;
-
mamlakat siyosiy hayotini erkinlashtirish orqali demokratik jamiyat
qurish mexanizmining huquqiy-qonuniy asoslarini yaratish;
-
davlat tuzilmalarining jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotiga kо‗r-kо‗rona
aralashuv mexanizmini yо‗q qilish;
-
qonunlar ijrosini ta‘minlash, mamlakatda qabul qilingan va amalda
bо‗lgan meyoriy hujjatlarni hayotga joriy qilishda davlat hokimiyat organlari
faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
Albatta, bular kuchli davlatdan kuchli jamiyatga о‗tishning barcha jihatlarini
qamrab ololmaydi. Ammo, kuchli jamiyat yuqoridagi kabi holatlarning amaldagi
ijrosisiz ham paydo bо‗lishi mumkin emas.
Siyosiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, hech shubhasiz, jamiyatni
bosqichma-bosqich demokratlashtirish bilan bog‗liqdir. Ta‘kidlash lozimki,
О‗zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurilishining umumjahon e‘tirof etgan
о‗ziga xoya konsepsiyasi ishlab chiqilgan bо‗lib, unda ijtimoiy hayotning muhim
hodisalaridan bо‗lgan demokratiyani yangicha talqin etish va tushunishga alohida
e‘tibor qaratilgan.
Umuman, demokratiyani tushunish va anglash, unga amal qilish shaxsdan
maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Siyosiy ongi va tafakkuri shakllanmagan
insonning demokratiya talablariga javob berishi mumkin emas. Bundan tashqari,
demokratiyaning о‗ziga xos xususiyatlari, uning har bir davlat va millat hayotida
amal qilish tamoyillari ham mavjud.
Shu о‗rinda
Do'stlaringiz bilan baham: