Milliy g„oya tarixi va nazariyasi



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/87
Sana18.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#391565
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87
Bog'liq
Milliy g„oya tarixi va nazariyasi

Sharqona  demokratiya
  tо‗g‗risida  ayrim  fikrlarni  aytish 
muhimdir, zero bunday demokratiya aslida demokratiya tushunchasining ajralmas 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu demokratiya Sharq mamlakatlari, asosan aholisining 
kо‗p  qismi  musulmon  ma‘naviyatidan  bahra  olgan  hududlarga  xos  bо‗lgan 
demokratik  qoidalar  majmuining  о‗ziga  xos  shakl  va  mazmunda  namoyon 
bо‗lishidir.  Sharqona  demokratiya  milliy  bosiqlik,  andisha,  yoshi  ulug‗larga 
hurmat,  о‗zaro  maslahat,  har  qanday  keskin  masalada  ham  tomonlarning 
kelishuvlariga asoslanadigan faoliyatdir. Ana shu xususiyatlari bilan ushbu ijtimoiy 
tushuncha G‗arb demokratiyasidan farq qiladi.  


Ayni  paytda  sharqona  demokratiya,  siyosiy  tartibsizliklar,  bosh-boshdoqlik 
va  mitingbozlikni  milliy  manfaatlarga  zid  deb  qaraydi  hamda  jamiyat  va 
davlatning  ichki  masalalari  har  qanday  fundamentalistik  va  qurolli  kuchlarga 
asoslangan  harakatlarni  qoralagan  holda,  о‗z  faoliyatini  о‗ziga  xos  madaniyat 
tamoyillari asosida yо‗lga qо‗yadi. 
Mamlakatimizda  ma‘naviyatni  rivojlantirish  о‗zining  g‗oyaviy-mafkuraviy, 
ma‘naviy-axloqiy  negizlariga  ega  bо‗lishi  alohida  ta‘kidlandi.  Bular  mamlakat 
Prezidenti tomonidan quyidagicha belgilandi: 
-
 
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 
-
 
xalqimizning ma‘naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 
-
 
insonning о‗z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 
-
 
insonparvarlik va vatanparvarlik.  
О‗zbekiston  hukumati  asosiy  e‘tiborni  milliy  ma‘naviyatni  rivojlantirishga, 
uning  huquqiy-qonuniy  bazasini  yaratishga  qaratdi.  Jumladan,  О‗zbekiston 
Respublikasi  Konstitusiyasining  42-moddasida  «Har  kimga  ilmiy  va  texnikaviy 
ijod  erkinligi,  madaniyat  yutuqlaridan  foydalanish  huquqi  kafolatlanadi.  Davlat 
jamiyatning  madaniy,  ilmiy  va  texnikaviy  rivojlanishiga  g‗amxо‗rlik  qiladi», 
deyiladi.  
Islom  Karimovning  asarlari,  nutqlarida  milliy  tiklanish  masalasiga 
konseptual-nazariy  jihatdan  tamomila  yangicha  tarzda  munosabatda  bо‗lindi. 
Ta‘kidlash lozimki, Prezidentning bu boradagi konsepsiyasi sobiq sovet mustabid 
tizimi va uning mafkurasining siyosiy-g‗oyaviy jihatdan cheklanganlik mohiyatini 
ochib berishdan boshlandi. 
 Ayniqsa, I.Karimovning sovet mustabid tizimi davridagi hukmron mafkura 
va ta‘lim tizimi tо‗g‗risida fikrlarini anglab yetish о‗sha davrning mohiyatini bilish 
uchun  juda  kerak  edi.  «Bizga  meros  bо‗lib  qolgan  ta‘lim-tarbiya  tizimining 
ma‘lum bir ma‘qul jihatlari bilan bir qatorda uning eng nomaqbul tomoni shundan 
iborat ediki, - deydi I.Karimov, - о‗quv jarayonida о‗quvchi va talabalarni mustaqil 
va  erkin  fikrlashga  yо‗l  qо‗ymaslik,  har  qaysi  о‗quv  yurtini  bitiruvchilarning 
bilimiga  qarab  emas,  avvalo,  ularning  sobiq  sovet  tuzumiga  va  soxta  g‗oyalarga 
sadoqatini  hisobga  olib  baholash  va  hayotga  yо‗llash  tamoyili  asosiy  о‗rinni 
egallar  edi.  Kо‗p  joylarda  sifat  о‗rniga  son  ketidan  quvish  ustunlik  qilardi. 
Kо‗pchilik  haqiqiy  bilim  yoki  malaka  orttirish  maqsadida  emas,  amal-taqal  qilib 
diplomli  bо‗lib  olish  ilinjida  texnikum  yoki  institutlarga  kirar  edi.  Bu  tuzumdan 
bizga qolgan meroslar ichidagi shunga о‗xshagan salbiy asoratlarni, afsuski, hozir 
ham sezib turibmiz»
1

Darhaqiqat,  sovet  mafkurasi  manfaati  uchun  mustaqil  fikrlaydigan,  siyosiy 
ongi  va  madaniyati  kuchli  shaxsning  keragi  yо‗q  edi.  Chunki  bunday  shaxs 
g‗oyaviy-mafkuraviy  jihatdan  boqimandalika  mahkum  etilgan  bо‗lib,  uni 
boshqarish  oson  bо‗lardi.  I.Karimov  tomonidan  sovet  mustabid  tizimi  mafkurasi 
mazmun-mohiyatining ochib berilishi shu nuqtai nazardan g‗oyat muhimdir.  
                                                 
1
 Каримов И.А.  Жамиятимиз мафкураси халқни - халқ, миллатни- миллат қилишга хизмат этсин.  Биз 
келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. Т.: Ўзбекистон, 1999. –Б. 94. 8.  



Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish