shunday chora-tadbirlar tufayli respublika bо‗yicha 700 mingta oilaga yer
berilgani, muallif ta‘biri bilan aytganda, kichikroq bir davlatning axolisiga teng
bо‗lgan 1,5 million yangi oila paydo bо‗lgani, qurilish materiallari ishlab chiqarish,
odamlarga kredit berish, о‗z xо‗jaligini yuritish uchun urug‗lik, chorva mollari va
parranda ajratishga qaratilgan ulkan ishlar amalga oshirildi.
Bugungi kunda dunyoda ―О‗zbek modeli‖ deb nom olgan taraqqiyot
yо‗limizning asosiy prinsiplarining dastlabki kurtaklari sokin kabinetlarda emas,
aksincha, о‗sha yillarda keskin siyosiy kurashlar, baxs va tortishuvlar jarayonida
tug‗ilib, 90-yillarga kelib yaxlit ta‘limotga aylandi.
Mustaqillik g‗oyalari keng qanot yoza boshlagan, xalqimiz ozodlik va
erkinlikka intilgan bir paytda Yurtimizning dadil qadamlarini kо‗rolmaydigan
g‗arazli kuchlar sobiq Markazda xam, о‗zimizda xam topiladi. Bunday siyosiy
о‗yin va fitnalarga bir misol sifatida 1991 yil 17-19 avgust kunlari – Islom
Karimov Xindiston Respublikasida rasmiy safarda bо‗lgan paytda yuz bergan
voqealarni keltirish mumkin. Mamlakat raxbarining О‗zbekistonda emasligidan
foydalanib, yurtimizdagi ayrim raxbarlar GKCHPning noqonuniy qarorlarini
qо‗llab-quvvatlaydi, shu tariqa о‗zining siyosiy va ma‘naviy qiyofasini kо‗rsatadi.
Faqatgina yurtboshimizning mustaxkam irodasi, oqilona va vazmin siyosati tufayli
GKCHP tarafdori bо‗lgan siyosiy avantyuristlar о‗z qabix niyatiga yetolmadi.
Afsuski, bugun vaqt о‗tishi bilan ana shu voqealarni kо‗rgan-bilgan, ularga
bevosita guvox bо‗lgan odamlarning soni tobora kamayib bormoqda. Yaqin
tariximizning mash‘um bir davrida sodir bо‗lgan bu voqealarni bilmasdan,
ularning moxiyatini chuqur anglamasdan turib el-Yurtimizning istiqlolga erishish
yо‗lidagi kurashlar tarixini barcha murakkabliklari bilan tо‗liq tasavvur etib
bо‗lmaydi.
Mustaqillik yillarida О‗zbekiston jamiyati oldida turgan eng katta vazifa -
barpo etilishi lozim bо‗lgan davlatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-
ma‘rifiy qiyofasini aniqlash edi. Pirovard natijada bunday qiyofaning chizgilari
yuzaga keldi. «Bizning bosh strategik maqsadimiz - bozor iqtisodiyotiga
asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Yurtimizda yashaydigan
barcha insonlar uchun, millati, tili va dinidan qat‘i nazar, munosib hayot sharoiti
yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan
turmush darajasi va erkinliklarini ta‘minlash davlatimiz siyosatining mazmun-
mohiyatini ifodalaydi. Bu - xalqimizning asriy an‘analariga, muqaddas
dinimizning insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga sodiq qolgan
holda, rivojlangan davlatlarning tajribalaridan kо‗r-kо‗rona nusxa kо‗chirmasdan,
о‗zimizga xos va о‗zimizga mos rivojlanish yо‗lini izchil davom ettirish
demakdir»
5
.
Do'stlaringiz bilan baham: