Mehribon otajonim xizmatlarig‘a!
Tangrim soyai davlatingizni boshimdin eksik etmagay, aziz qiblagohim!
Bu aqshom uyg‘a janobi halifamni ziyoratg‘a taklif qildim. Onajonim dedilarki,
go‘sht va birinj yo‘qtur, marhamat aylab, taomg‘a kerakli nimasalarni olib
xizmatkordan yuborsalar, hursand bo‘lur edim, afandim.
qulingiz…» deya murojaat qilish kerakligi uqtiradi.
Farzandning onaga yo‘llaydigan maktubida esa:
«Sevikli onam huzuri sharifalarina!
Parvardigorim doim sizni eson saqlasun.
45
Onajon!
Mehribon opamni uyig‘a borganingizga o‘n kun bo‘ldi. Men sizni ko‘b sog‘indim.
Boray desam, maktabdan qolurman. Ani uchun iltimos qilarmanki, emdi uyg‘a
kelsangiz, yo‘lingizg‘a ko‘z tutarman, volidajonim!
Mushfiq opamg‘a salom aytarmen.»
degan samimiy fikrlar bildirilishi maqsadga
muvofiq.
Shogirdning ustoziga yo‘llaydigan maktubining odobi qo‘yidagicha aks etishi talab
etiladi:
«Janobi ustodi kiromim huzuri anvorlarina!
Parvardigorim fayzu muhabbatu ustodonalarini bizdin eksik etmagay.
Boisi donish va saodatim, janobi mavlom!
Hazrati vohib-al-atoyi o‘tgan aqshom bandangizg‘a bir o‘g‘ul birodar ato etdi. Shul
sababli bukun janobi volidam xizmatlariga turmog‘im lozim bo‘ldiki, maktabg‘a
borolmag‘animga janobingizdan afu tilarman, afandim!»
1
Mahmudxo‘ja Behbudiyning mazkur qaydlari xalqimiz azaldan so‘zga,
matnga, matn mazmuniga jiddiy e’tibor bilan qaraganligidan dalolatdir.
Bugungi kunda kompyuter texnikasining imkoniyatlari qog‘oz orqali
maktublar yozish uchun deyarli ehtiyoj qoldirmadi. Endilikda bir-birimizga
qiladigan yozma muloqotimiz elektron pochta, E.mail, SMS orqali amalga
oshirilmoqda. Ammo, texnikaning bunday imkoniyati insonning yozma nutq
madaniyatini yuqsaltirdi, desak xato qilgan bo‘lamiz. Chunki, bugungi kunga kelib
kundalik faoliyatimizda ishlatilayotgan so‘z boyligimiz shunchalik nochorki, yozma
matn haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Vaholangki, yozma nutq madaniyatimizga
ta’sir ko‘rsatuvchi vosita va omillarning o‘zi tahrirga muhtoj.
Qur’oni karim va Hadisi sharifda ham so‘z va nutq haqida fikrlar berilgan.
Qur’oni karimda insonning aytilgan so‘zini, xar bir xatti-harakatini, qiladigan ishini,
tartibga soluvchi qator hukumlar bor. Islom me’yor, mezon va mutanosiblikni
mushtarak etuvchi bir manzuma sifatida insonning og‘zidan chiqadigan xar bir kalimani
muayyan asoslar bilan izga soladi. Qur’oni karimda
"U biron bir kalimani so‘zlay
1
Begali Qosimov «Karvonboshi» // Yoshlik. 1990. №1. B.66
46
boshlar ekan, yonida uning so‘zlarini taftish qiluvchi nazoratchi turadi"
degan oyat
mavjud. Oyatning mazmuni shundan iboratki, og‘izdan chiqayotgan xar qanday
so‘zlar odamlar orasida tezlik bilan o‘z bahosini oladi. Shunday ekan, inson yoqimli,
foydali, zaruriy mavzularda so‘zlamog‘i, behuda va ma’nisiz so‘zlardan extiyot
bo‘lmog‘i lozim. Hadisi sharifda ta’kidlanishicha:
"So‘zning foyda - zararini o‘ylab
so‘zlagan kishi odamlar oldida Buyuk o‘rin olgani kabi Alloh maolo qoshida ham
marhamatga tegishli odam bo‘ladilar. Aqli bor odam xar vaqt o‘ziga zarar
keltiradigan so‘zlardan saqlanur... Musulmon odam, o‘zini Allohga topshirgan kishi
yolg‘on so‘zlashga yo‘l qo‘ymas. O‘ziga foydali, zararli bo‘lishiga qaramasdan xar
Do'stlaringiz bilan baham: |