Agar martabaga etmaganlarning suhbat odobi nechta deb so‘rasalar, bu ham
sakkizta deb aytgil.
1.
So’ramagunlaricha gapirmasin.
2.
Gapirayotganida ovozini baland ko‘tarmasin.
3.
Gapirayotganida o‘ngu - so‘liga qaramasin.
4.
G‘arazli va kinoyali gaplarni gapirmasin.
5.
Qattiq gapirmasin va betga choparlik qilmasin.
6.
Pushaymon bo‘lmaslik uchun o‘ylab gapirsin.
7.
Odamlar gapini bo‘lib so‘z kotmasin.
8.
Ko‘p gapirmasin. Chunki ko‘p gapirish aqli noqislik belgisidir. Oz bo‘lsa ham,
ammo soz gapirishni shior etsin.
Agar qaysi til bilan so‘z so‘zlaysan deb so‘rasalar, sidqu sadoqat tili bilan, deb
aytgil. Agar so‘zni qaysi quloq bilan eshitasan deb so‘rasalar, qabul qulog‘i bilan,
deb aytgil.
Do'stlaringiz bilan baham: |