Agar so‘z senikimi Yoki sen so‘znikimi, deb so‘rasalar, aytgil: men so‘zniki
va so‘z menikidir.
Chunki so‘z insonlik daraxtining mevasidir. Daraxtni mevadan,
41
mevani esa daraxtdan ajratib bo‘lmaydi. Agar nuksonli so‘z qaysidir, deb so‘rasalar,
xudo va Rasulning so‘ziga muvofiq kelmaydigan so‘z, deb javob bergil.
Agar yaxshi so‘z qaysi, deb so‘rasalar, kishilarga naf’i tegadigan so‘z, deb aytgil.
Yomon so‘z qaysi, deb so‘rasalar birovga zarari tegadigan so‘z deb javob bergil"
1
Koshifiyning nutqlari mazmundorligi, ta’sirchanligi, o‘ziga jalb etish quvvatini
mujassam etganligi uchun uning texnikasini o‘rganish xozirgi davr notiqlari uchun
ham xarakterlidir.
Yusuf Hos Xojib
XI asrning atoqli shoiri, mutafakkiri, davlat arbobidir. Uning
qalamiga mansub "Qutabg‘u bilig"
(Baxt saodatga eltuvchi bilim)asarining etginchi
bobi
"til odobi"
deb ataladi. Unda shoir o‘qish va bilim olishda tilning ahamiyati,
qisqa va mazmunli so‘zlash, tilga ortiqcha erk bermaslik va boshqalar haqida ibratli
o‘gitlarni aytib o‘tadi.
Ortiq so‘zda aslo bularmi foyda
Ziyondan bo‘lak yuq so‘z ortiq joyda
2
Yusuf Hos Xojib shoir sifatida badiiy so‘zning qimmatini, ta’sir kuchini
aloxida ta’kidlaydi, yaxshi so‘zni xar qanday oltin va kumushdan ham qimmatliroq
deb biladi. Uning fikricha notiq - zimmasiga mas’uliyat yuqlangan shaxsdir.
Bu tildan qadr topar qut kishi,
Noo‘rin esa
-
chi yorilar boshi.
3
Inson tili tufayli baxt - saodatga erishadi, qadr topadi. Agar aksincha bo‘lsa
Ya’ni tilga e’tiborsizlik, noo‘rin so‘zlash
"boshni yoradi"
insonni obro‘sizlantiradi.
Ezgu so‘zli kishi mangu yashaydi. Shuning uchun u kishilarni so‘zgasa tilga e’tiborli
bo‘lishga chorlaydi.
Tug‘ulgan o‘ladi, kolarmi nishon,
So‘zing ezgu bo‘lsa,
-
mangusan ishon
4
.
So‘z eng johil kishilarni yumshata olish, insonlarni xayrli ishlarga chorlash
kuchiga ega. Yusuf Hos Xojibning quyidagi fikrlari bunga yaqqol misoldir:
1
Koshifiy "Futuvatnomai Sultoniy" yoxud javonmardlik tariqati. Т.: А.Qodiriy nomidagi Хalq merоsi.1994. B.57-58.
2
Yusuf Hos Xojib. "Qutabg‘u bilig"
Т.: “Yulduzcha”.1990. B.12
3
O‘sha manba. B.16
4
Yusuf Hos Xojib. "Qutabg‘u bilig"
Т.: “Yulduzcha”.1990. B.16
42
Qoraboshning yovi qizil tildir,
U qancha boshlarni edi, yana ham eydi.
Boshim omon bo‘lsin desang tilingni extiyot kil,
Tiling istalgan bir kunda boshingni eydi.
1
So‘z mulkining sultoni
Alisher Navoiy
ijodida so‘z, nutq, notiqlik masalalariga
katta e’tibor berilgan. Uning nutq madaniyati, nutq odobi haqidagi fikrlari
"Maxbub
ul-kulub"
asaridagi bir kecha bob nutq odobi masalalariga bag‘ishlangan:
Insonining
odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning so‘zi, nutqidir... Befoyda so‘zni
aytma va foydali so‘zni ko‘p eshiturdan kaytma.
2
Navoiyning fikricha, voiz quyidagi
xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim:
1.
Voizning so‘zlari ta’sirchan va foydali bo‘lmog‘i lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |