43
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
qismidan kamrog‘i maktablarni qayta ochish bo‘yicha qayta ro‘yxatdan o‘tish,
darslarda qatnashishni monitoring qilish bo‘yicha takliflarni kiritgan.
Shundan keyin o‘qish tiklangandan keyingi kuzatuvlar yutuqlar mavjudligini
ko‘rsatgan, chunki maktablarning yopilishi boshlanganidan bir yil o‘tgach,
mamlakatlarning 85%i boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilarining maktabga
borishiga erishilgan. (5-4- rasm).
Yuqori daromadli mamlakatlarda 50%ga yaqin maktablar ochilganda,
o‘quvchilarning deyarli barchasi maktabga borganligini ma’lum qilingan. Shu
bilan birga, daromadi past va o‘rta bo‘lgan mamlakatlarning 1/3 qismi, maktablar
ochilganida o‘quvchilarining barchasi o‘qishga qaytishganini e’tirof etgan. Dunyo
miqyosida barcha mamlakatlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining davomat
darajasi pastligi aytilgan (daromadi past bo‘lgan mamlakat guruhlaridan
tashqari).
Maktablarning yopilishining o‘quvchilar farovonligiga salbiy ta’sirini
minimallashtirish maqsadida daromadi o‘rta va yuqori bo‘lgan mamlakatlarda
o‘quvchilarning psixologik va ruhiy salomatligi qo‘llab-quvvatlangan. Shu bilan
birga, daromadi past bo‘lgan mamlakatlar ushbu turdagi qo‘llab-quvvatlash
haqida ma’lumot kam bergan.
Dunyo miqyosida, mamlakatlarning 2/3 qismidan ko‘prog‘i maktablar
ochilganda boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilari uchun o‘qishdagi
bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha korreksiya choralari keng tatbiq etilganligini
ma’lum qilgan (5-6-rasm). Bu so‘rovnoma oldingi bosqchilariga nisbatan o‘sish
borligini ko‘rsatadi.
44
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Umuman olganda, so‘rovnoma natijalariga ko‘ra aksariyat mamlakatlar
bolalarning maktablarga qaytishini qo‘llab-quvvatlash borasida yutuqlarga
erishmoqda. Biroq, ba’zi kamchiliklar saqlanib qolgan. Maktabga qaytishda
maktabgacha yoshdagi o‘quvchilarni kuzatib borish va qo‘llab-quvvatlash
ehtimoli ancha past bo‘lgan. Ushbu bo‘shliqni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar
hozirgi inqirozning eng yosh o‘quvchilarga bo‘lgan uzoq muddatli ta’sirini nafaqat
kamaytiradi, balki kelajakdagi inqirozlarga qarshi ta’lim tizimining barqarorligiga
hissa qo‘shadi. Daromadi past bo‘lgan mamlakatlarda qizlarning maktabga
qaytishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning yetishmasligi
ham e’tiborni o‘ziga tortadi. Chunki bu sharoitda o‘spirin qizlar maktablarning
uzoq muddat yopilishidan keyin maktabni tashlab ketish ehtimoli katta ekani
aniqlangan.
Aksariyat mamlakatlar sohalarning boshqaruvini muvofiqlashtirishni talab
qiladigan choralardan kam foydalangan. Bu ajablanarli bo‘lmasligi mumkin, lekin
shuni ham e’tiborga olish kerakki, murakkab, ko‘p tarmoqli tadbirlar ko‘pincha
barcha tizimlarning samaradorlik darajasini yanada oshirishi kuzatilgan. Masalan,
sog‘liqni saqlash va ovqatlanish sohalari bilan muvofiqlashtirish, maktablar
yopilishining ko‘p o‘lchovli ta’sirini bartaraf etish uchun juda muhimdir. Ushbu
sohada, ayniqsa, daromadi past bo‘lgan mamlakatlar keng ko‘lamli qo‘llab-
quvvatlashga muhtoj.
O‘zbekiston:
Karantin qoidalarining yumshatilishi kasallik holatlarining ortishiga olib
kelishi mumkinligi, ularni davolashga ham qo‘shimcha vaqt talab etilishi
kerakligi hamda o‘qish boshlanishidan avval ularni davolab, kamaytirish
muhimligi kabi faktorlarni inobatga olib ekspertlar fikridan kelib chiqqan holda,
2020-2021-o‘quv yili 14-sentabrdan 2 ming 635 ta umumta’lim maktabi ota-
onalar talabiga ko‘ra an’anaviy, shu bilan birga, masofaviy shaklda ish faoliyatini
boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |