Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining



Download 3,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/170
Sana18.01.2022
Hajmi3,74 Mb.
#390678
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   170
Bog'liq
Jurnal Xalq talim sayt uchun 6kW66rf

47
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
2021-yilda  turli  xil  daromad  guruhiga  kiruvchi  mamlakatlarning  60%idan 
o‘rtacha  yillik  ta’lim  byudjetlari  COVIDdan  keyin  4%  ga  o‘sgan.  Ushbu  ijobiy 
tendensiyaga  qaramay,  2021-yilda  ta’lim  byudjetini  qisqartirishni  kutayotgan 
mamlakatlarning ulushi 2020-yilga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p.
Pandemiyaga  qarshi  ta’limni  qo‘llab-quvvatlash  choralari  turli  manbalar 
hisobidan amalga oshirilgan: tashqi donorlar, ilgari ajratilgan yoki yillik byudjetni 
qayta  taqsimlash,  hukumat  tomonidan  qo‘shimcha  mablag‘lar  yoki  ta’lim 
byudjetidan  mablag‘larni  qayta  taqsimlash.  Hukumat  tomonidan  ajratilgan 
qo‘shimcha  mablag‘lar  asosiy  manba  sifatida  keltirilgan  bo‘lsa-da,  ammo  bu 
ko‘rsatkich  ulushi  daromadi  kam  bo‘lgan  davlatlarda  pasayish  tendensiyasiga 
ega bo‘lgani aniqlangan (6-2-rasm). Yuqori daromadli mamlakatlarning 85%idan 
ortig‘i kam daromadli mamlakatlarga nisbatan 50% qo‘shimcha mablag‘ olgan.
Tashqi  donorlardan  ta’lim  uchun  moliyaviy  yordam  olish  kam  daromadli 
mamlakatlar  orasida  keng  tarqalgan.  Kam  daromadli  mamlakatlarning 
 
67% COVID-19 bilan bog‘liq ta’lim xarajatlarini qoplash uchun tashqi donorlardan 
rivojlanish  yordamini  olgan  bo‘lib,  bu  ko‘rsatkich  boshqa  daromad  guruhidagi 
mamlakatlar ulushidan ikki baravar ko‘pdir.
Tadqiqotning uchinchi bosqichi natijalari shuni ko‘rsatadiki, mamlakatlarning 
90%idan  ko‘prog‘i  boshlang‘ich  va  o‘rta  ta’lim  uchun  qo‘shimcha  davlat 
mablag‘lari yoki resurslarini ajratish uchun kamida bitta aniq umumiy mezondan 
foydalangan. Har bir daromad guruhidagi mamlakatlarning kamida yarmi ushbu 
mezonni e’tirof etdi va daromadi o‘rtachadan kam bo‘lgan mamlakatlarning 75 
%dan ko‘prog‘i bu mezon bo‘yicha mablag‘ ajratdi.


48
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Iqtisodiy  tanazzulning  oldingi  davrlaridagi  kuzatuvlar  shuni  ko‘rsatadiki, 
byudjetni qisqartirish choralari yuzaga kelgan inqirozdan biroz vaqt o‘tib amalga 
oshiriladi,  chunki  favqulodda  turli  sohalarga  ajratilgan  mablag‘lar,  iqtisodiyot 
va  jamiyatni  barqaror  saqlashga  yordam  beradi.  Kelgusida  investitsiyalar 
maktablar  yopilgan  davrda  ta’lim  oluvchilar  orasida  yuzaga  kelgan  ta’lim 
yo‘qotishlarini bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maxsus mezonlarga 
va/yoki ehtiyojlarga asoslanib mablag‘ ajratish masofaviy ta’limning uzluksizligini 
ta’minlashga  yordam  beradi.  Ta’lim  siyosati  va  dasturlarini  moliyalashtirishda 
tenglikni hisobga olish, muntazam va favqulodda byudjet mablag‘larini ajratish 
orqali  kapital  mablag‘lar  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  bo‘lgan  oila  farzandlariga 
yetib  borishi  va  hamma  uchun  inklyuziv  ta’lim  olish  imkoniyatlarini  yaratishi 
mumkin.
O‘zbekiston: 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2020-yil  19-martdagi  “Koronavirus 
pandemiyasi  va  global  inqiroz  holatlarining  iqtisodiyot  tarmoqlariga  salbiy 
ta’sirini  yumshatish  bo‘yicha  birinchi  navbatdagi  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi 
PF-5969-son  farmoni  qabul  qilindi.  Mazkur  hujjatga  ko‘ra,  iqtisodiyotni  qo‘llab-
quvvatlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, umumta’lim 
maktablari  va  ijtimoiy  sohaning  boshqa  obyektlari  uchun  800  mlrd.  so‘m 
mablag‘lari ta’minlanishi belgilab berildi.
Umumta’lim  maktablarning  faoliyati  to‘xtatilgan  davrda  umumta’lim 
maktablari  boshlang‘ich  sinflari  o‘quvchilarining  ota-onalariga  (ular  o‘rnini 
bosuvchi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga) yillik ta’tildan foydalanish grafigidan 
qat’i nazar, yillik ta’til olish imkoniyati taqdim etildi.



Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish