181
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Abstract:
The article covers issues such as the relevance of professional
responsibility and international best practices, the psychological definition of
professional responsibility and the concept of professional responsibility, the
psychological characteristics of professional responsibility in professionals and
modern approaches to the study of professional responsibility.
Keywords:
professional responsibility, psychological characteristics that
define responsibility, social activism, diligence, self-confidence, efficiency in
work, demanding, highly developed altruism, endurance, professionalism,
micro, meso, macro and meta levels.
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida faoliyat sifati, avvalambor, kadrlarning
intellektual salohiyati, kasbiy tashabbuskorlik hamda kasbiy masʼuliyatlilik
xususiyatlarining shakllanganlik darajasi bilan belgilanadi. Jumladan,
Yaponiya, Germaniya, Аngliya, Xitoy, Rossiya, Finlandiya, Daniya, Norvegiya
kabi mamlakatlarda mutaxassislarning kasbiy masʼuliyatlilik xususiyatlarini
shakllantirishga doir qator psixologik va amaliy – tatbiqiy izlanishlar amaliyoti keng
joriy etilgan. Shuningdek, taʼlim jarayonini baynalmilallashtirish asosida ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniyatlararo munosabatlarda raqobatbardosh, kreativ (ijodiy),
ijtimoiy faol, fidoyi kadrlar tayyorlashga ustuvorlik berilgan. Dunyo bo‘yicha har
yili 7% shaxslar turli hayotiy qiyinchiliklar tufayli o‘z kasblarini boshqa kasblarga
o‘zgartiradilar. Bundan tashqari, xalqaro-huquqiy maqomga ega bo‘lgan
“Pew research center” agentligining 2021-yildagi maʼlumotiga ko‘ra,
sohalararo kasbiy masʼuliyatlilik sifatlari bank-moliya xodimlarida 84%, axborot
texnologiyalari xodimlarida 84%, pedagog xodimlarda 59%, texnika xodimlarida
59%, harbiy xizmatchilarda 46%, tibbiyot xodimlarida 33%, sanʼat xodimlarida
23%, qishloq xo‘jaligi xodimlarida esa 22% ko‘rsatkichga ega ekanligi aniqlangan.
Shuning uchun ham, ushbu xususiyatni ertaroq, maktabda ta’lim olish davridan
boshlab o‘rganish, shaxsda kasbiy masʼuliyatlilik shakllanishining psixologik
jihatlarini ilmiy – amaliy jihatdan asoslash kabi masalalar dunyo mutaxassislari
tomonidan dolzarb muammo sifatida o‘rganilmoqda.
Kasbiy munosiblik va kasbiy masʼuliyatlilik shakllanish dinamikasini
o‘rganish ishlari dunyo mamlakatlaridagi ko‘pgina ilmiy markazlar va oliy taʼlim
tashkilotlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan
biridir. Jumladan, Аmerika psixologlari assotsiatsiyasi tadqiqotlarida, Barri
182
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
kasb-hunar universiteti, Xalqaro Yapon fondi, Shveytsariya konsalting markazi,
Germaniya federal kasbiy taʼlim va taʼlim instituti, Polsha fuqaro taʼlimi markazi,
Latviya kasb-hunarga o‘qitish markazi, Xitoy kasbiy adaptatsiya markazi,
Finlandiya oliy pedagogika instituti, Xalqaro taʼlimni rejalashtirish instituti, Rossiya
psixologiya instituti kabi muassasalarda mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlar olib
borilmoqda. Xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga
ega bo‘lgan soha kadrlarini tayyorlash va ularning kasbiy kamoloti masalalari
hozirga qadar jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri ekanligini
ko‘rsatmoqda.
Psixologik mazmunga ko‘ra, masʼuliyat bu – majburiyatlarni bajarish va
jamiyatda qabul qilingan qoidalarga rioya qilish, shuningdek, tashqi muhit
taʼsirining oqibatlari to‘g‘risida xabardor boʼlishdir. Yaʼni, rasmiy vazifalarga
nisbatan oqilona munosabatdir. Mutaxassislarning kasbiy faoliyati rasmiy
hisoblanib, vazifalariga nisbatan oqilona, odilona munosabatda bo‘lishi talab
etiladi.
Keng maʼnoda aytganda, masʼuliyat – bu inson faoliyatini tartibga solish
shaklidir. Shaxs faol bo‘lgan sohaga qarab, masʼuliyatlilikning turlari huquqiy,
ijtimoiy, kasbiy kabi turlarga ajratiladi. Ular ichida kasbiy masʼuliyat tushunchasi
o‘ta ahamiyatli sanaladi. Chunki, mutaxassisning kasbiy faoliyati murakkab
faoliyat turi sanalib, u shaxsdan o‘ziga kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan sifatlarni
talab etadi. Demak, mutaxassislarda kasbiy masʼuliyat hissi yuksak darajada
bo‘lishi nafaqat shaxs uchun balki, faoliyat sohalari uchun ham ahamiyatli
bo‘lgan xususiyatdir.
“Kasbiy masʼuliyat” – bu faoliyat subyektining o‘z natijalariga, boshqa
subyektlarga hamda o‘ziga nisbatan faoliyat jarayonidagi munosabatini
aks ettiruvchi xususiyatdir. Mazkur munosabatlarning mohiyati esa, kasbiy
talablarning aniq va to‘liq bajarilishi holati, shuningdek, mutaxassis zimmasiga
olgan vazifalar bo‘yicha javob berishga tayyorligi bilan tushuntiriladi.
“Kasbiy masʼuliyat” masalasiga oid eʼtiborga molik tadqiqotlar sifatida
V.А.Bodrov, А.G.Lutsenko hamda L.I.Dementiylar tomonidan amalga oshirilgan
ishlarni misol qilish mumkin.
Mualliflarning xulosalariga ko‘ra kasbiy masʼuliyatning namoyon bo‘lishi
quyidagi jihatlarda aks etadi:
– Shaxsning mehnatga bo‘lgan munosabatida – mehnatsevarlik, vijdonlilik,
faollik, tirishqoqlik va harakatchanlikda;
– O‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatida – xushmuomalalik, taʼsirchanlik, ishga
sodiqlik, talabchanlik va hokazo.;
Do'stlaringiz bilan baham: |