Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining


Jamoa bo‘lib kuylash (Vokal-intonatsion malakalar)



Download 3,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/170
Sana18.01.2022
Hajmi3,74 Mb.
#390678
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   170
Bog'liq
Jurnal Xalq talim sayt uchun 6kW66rf

Jamoa bo‘lib kuylash (Vokal-intonatsion malakalar)
O‘quvchilarning musiqiy uquvini ijodiy rivojlantirishda ayniqsa, jamoa bo‘lib 
kuylashning  ahamiyati  kattadir.  Bunda  o‘quvchilarni  kuylashga  qiziqtira  olish 
ko‘p  jihatdan  o‘rganadigan  har  bir  mashq  yoki  qo‘shiqni  o‘qituvchi  tomonidan 
chiroyli  qilib  kuylab  berilishiga  bog‘liq.  Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  bilan  olib 
boriladigan  vokal-xor  mashqlari,  ko‘p  hollarda,  o‘qituvchi  ovoziga  taqlid  qilib 
kuylashga asoslanadi. Shuning uchun o‘qituvchi yoqimli ovozi ustida muntazam 
ish olib borishi lozim.
Jamoa  bo‘lib  kuylashda  o‘qituvchi,  albatta,  ovoz  sozlash  mashqlarini  to‘g‘ri 
tashkil  eta  olishi  hamda  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarning  ovoz  diapazoni  (do
1
-
do
2
),  ishchi  diapazoni  (mi
1
-fa
1
-sol
1
)  primar  tovushlarida  kuylash  uchun  qulay 
bo‘lgan (sol

- lya
1
) tovushlarini aniq bilishi lozim.
Kichik sinflarda o‘qituvchi o‘quvchilarning ovoz diapazonini mo‘ljalga to‘g‘ri 
ola bilishi zarur. 2-4-sinflarda esa ovoz diapazonini 1-2-tonga kengaytirib borish 
mumkin. Ovoz diapazoni cheklangan o‘quvchilar ham uchrab turadi. Bunday 
o‘quvchilar  bilan  ovoz  apparatini  zo‘riqtirmagan  holda,  ovoz  diapazonini 
kengaytirish  ishlarini  doimiy  amalga  oshirib  turishlari  kerak.  Ayrim  holda 
bunday o‘quvchilarning ovoz diapazoniga moslashtirib transpozitsiya qilish, ijro 
etayotgan asarning tonalligini almashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ovoz  sozlash  mashqlari 
(
vokal-intonatsion mashqlar
)  o‘quvchilarning 
musiqa  madaniyati  darslari  orqali  olgan  amaliy-nazariy  ma’lumotlarini 
mustahkamlashga yordam beradi.


108
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Sof  intonatsion  mashqlarni  kuylash  jarayonida  o‘qituvchi  kuylash  sifatini 
diqqat  bilan  kuzatishi  lozim  (
intonatsiyaning  sofligi,  erkin  nafas,  legato  bilan 
kuylashni bilishi
).
O‘quv  faoliyatining  dastlabki  bosqichlarida  intonatsion  mashqlarni 
jamoa  bo‘lib  yoki  guruhlarga  bo‘linib  kuylab,  undan  so‘ng  yakka  ijroga  o‘tish 
tavsiya  etiladi.  Ovoz  sozlash  mashqlari  dastlab  o‘rtacha  tempda,  erkin  ritmda 
o‘qituvchining qo‘liga qarab bajariladi. Keyinchalik intonatsion mashqlarni ritmik 
boyitish lozim. 
Ovoz  sozlash  mashqlari  (
vokal-intonatsion mashqlar
)  odatda  jamoa 
bo‘lib  kuylashdan  oldin  amalga  oshiriladi.  Asosiy  malakalarni  tarbiyalashda 
qo‘shimcha  vosita  hisoblanganligi  sababli,  ularga  ko‘p  vaqt  ajratish  zarur 
emas.  Musiqiy  adabiyotlardan  parchalar,  shuningdek,  o‘qituvchilar  tomonidan 
tuzilgan mashqlar intonatsiya mashqlari uchun vokal ijrochilik materiallari bo‘lib 
xizmat qiladi. Quyida boshlang‘ich sinflarda yaxshi samara beradigan bir necha 
mashqlar  keltirilgan.  Uni  o‘qituvchi  ijodiy  yondoshgan  holda  (
o‘quvchilarga 
tanish bo‘lgan tez aytishlar so‘zlaridan ham foydalanish mumkin
)  turli  ritmik 
usullarda berishi mumkin. 

Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish