Jamoa bo‘lib kuylashda dirijyorlik harakatlariga amal qilish
Musiqa madaniyati fanida dirijyorlik harakatlariga amal qilgan holda jamoa
bo‘lib kuylash – intonatsion aniqlik qobiliyatlarini rivojlantirib, musiqiy matnga
aqliy yondashuvni shakllantiradi, ladni his qilishni tarbiyalaydi. Barcha o‘quv
yillari davomida ushbu faoliyatning rivojlantirib borilishi lozimdir.
Dirijyorlik harakatlariga amal qilgan holda jamoa bo‘lib sof, ifodali, aniq
unisonda kuylashga erishilishi zarur (
dastlab yod olingan kuylar, keyinchalik –
begona kuy va qo‘shiqlar
).
Birinchi darslardanoq, o‘quvchilarni kuylash jarayonida to‘g‘ri o‘tirishiga,
shuningdek, to‘g‘ri tovush hosil qilish, nafas olishlariga e’tibor berishi muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |