B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Istiqbol rejalarni tuzish



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/195
Sana18.01.2022
Hajmi2,02 Mb.
#390083
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   195
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

Istiqbol rejalarni tuzish,
 bu erdan maksimal darajada foydalanish, 
qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini  ko’plab  etishtirish  va  mahsulotlarni 
ko’paytirish  evaziga  korxona  ishchilarining  moddiy  manfaatdorligini 
yanada  yaxshilash  uchun  imkoniyatlar  ochib  beradi.  Umuman 
xo’jaliklarning  besh  yilga  mo’ljallangan  istiqbol  rejalarida  juda  muhim 
tashkiliy-xo’jalik masalalari hal qilinishini ko’rsatiladi.  
Istiqbol 
rejada 
ekin 
maydonlarining 
strukturasi, 
xo’jalik 
tarmoqlarining  yo’nalishi,  yangi  erlarni  sug’orish,  yaylovlarga  suv 
chiqarish,  ekin  maydonlarini  kengaytirish,  chorvachilik  mahsuldorligini 
oshirish,  mollar  tuyogini  ko’paytirish,  ularning  ozuqa  bazasini 
mustahkamlash kabi tadbirlar ko’rsatiladi.  
Istiqbol  rejada  ishlab  chiqarish,  madaniy-maishiy  binolar,  yo’llar 
qurish,  texnika  sotib  olish,  elektrlashtirish,  meliorastiya  inshoatlarini 
yaxshilash,  xo’jalikning  ishchi  kuchlaridan  foydalanish,  mahsulot 
tannarxini  arzonlashtirish  va  korxonaning  rentabelligini  oshirishga  ham 
e’tibor beriladi. 
Xo’jaliklarning  istikbol  rejalari  xo’jaliklarning  tabiiy  va  iqtisodiy 
sharoitiga qarab tuziladi. Xo’jalik asosiy tarmog’ining hajmi uning ishlab 
chiqarish yo’nalishiga qarab belgilanadi. 
Qo’shimcha  er  va  erdamchi  tarmoqlarning  hajmi  esa  asosiy 
tarmoqlarning  rivojlanishini  to’la  ta’minlashni  ko’zda  tutib  belgilanadi. 
Xo’jaliklarning ekin maydonlari miqdorini, chorva mollarining sonini va 
ularning  mahsuldorligini  belgilashda  davlatga  mahsulotlar  sotish 
yuzasidan berilgan topshiriqlarni to’liq bajarish hamda xo’jalikning ichki 
ehtiyojlarini qondirish hisobga olinishi lozim. 


 
84 
Istiqbolda  dehqonchilik  sohasini  rejalashtirishda  asosiy  vazifalar 
bo’lib quyidagilar hisoblanadi:  
-  Xo’jalikning  ihtisoslashuvi  va  erdan  foydalanishning  kadastr 
bahosini aniq belgilab olish;  
- Xo’jalikning suv resurslari, asosiy fondlari va mehnat resurslaridan 
foydalanish darajasini to’g’ri rejalashtirish;  
- Xo’jalik erlarining ekinlar bo’yicha taqsimlanishida muammolarni 
hisobga olib borish;  
-  Xo’jalikda  chorva  mollarining  bosh  soni,  ularning  turlari, 
mahsuldorligi va xo’jalik balansini hisobga to’g’ri va anik olib borish;  
-  Xo’jalikning  jami  etishtiriladigan  mahsulotlarini  sotish,  qayta 
ishlash va ichki taqsimlashni to’g’ri rejalashtirish;  
-  Dehqonchilik  tarmogini  rivojlantirishdagi  joriy  va  kelgusi  davr 
xarajatlarini hisobga olib borish. 
- Xo’jalikda istiqbol rejalar ikki xil ko’rinishda tuzilishi mumkin:  
- Tashkiliy xo’jalik tuzilmaviy rejalar;  
- Iqtisodiy sostial rivojlanish rejasi. 
Tashkiliy  xo’jalik  rejasi  qishloq  xo’jalik  korxonalarini  rastional 
tashkil  qilishga  doir  hamma  muhim  ko’rsatkichlarni,  jumladan, 
maydonlarni  belgilash,  tarmoqlarni  ixtisoslashtirish  va  ularni  bir-biriga 
to’g’ri  bog’lab  borish,  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  mexanizastiyalash 
hamda  intensivlik  darajasini  yildan-yilga  oshirib  borish  va  boshqalarni 
o’z ichiga oladi. 
Tashkiliy  xo’jalik  rejasida  loyixa  qismi  va  loyihadagi  tadbirlarni 
amalga  oshirish  kalendar  qismi  bo’ladi.  Loyiha  qismida  xo’jaliklarni 
ixtisoslashtirish,  tarmoqlar  tuzilishi  va  ularni  bir-biriga  bog’lab  borish 
usullari,  er  maydonlarining  tuzilishi,  holati  va  ulardan  foydalanish 
imkoniyatiga  qarab  dehqonchilik  va  chorvachilikning  asosiy  sistemalari, 
kapital jamg’armalar miqdori, xo’jalik tarmoqlarining iqtisodiy tomondan 
samaradorligi va shu kabilar ko’rsatiladi. 
Xo’jalikda  istiqbol  rejalarni  tuzishda  har  bir  tarmoqning  ham 
istiqbol rejasi alohida tuzilishi kerak.  
Dehqonchilikni tashkil etish buyicha:  
- irrigastiya-meliorastiya qurilishlari;  
- er fondidan uni yarokli va yaroqsizga bo’lib to’liq foydalanish; 
-  qishloq  xo’jalik  ekinlari,  ko’p  yillik  daraxtlar  va  yaylovlarning 
hosildorligini oshirish
-  almashlab  ekish  sxemalari  soni,  o’lchami  va  qaysi  ekinlar  bilan 
almashlab ekilishini rejalashtirish; 


 
85 
- ekin maydonlarining strukturasini to’g’ri belgilash; 
-  agromeliorativ  ishlarni  yaxshilash  va  eroziyaga  qarshi  kurash 
choralarini o’z vaqtida olib borish. 
Chorvachilikni tashkil etish buyicha: 
-  chorva  mollari,  parrandalarning  bosh  sonini  va  mahsuldorligini 
oshirib, ularning zotini yaxshilash
- fermalar hajmi va ularni joylashtirish
- chorva mollarini turlariga qarab boqish va asrashni yaxshilash. 
Moddiy-texnika  bazasini  mustaxkamlash  va  undan  foydalanish 
bo’yicha: 
           -xo’jalikni  mashinalash,  texnika  va  asbob-uskunalar  bilan 
ta’minlab borish; 
- remont bazalarini tashkil etishni rejalashtirish
-qishloq xo’jalik ekinlarini etishtirish va yigishtirish texnologiyasini 
aniqlash va amalga oshirish.  
Mexnat unumdorligi va ishchi kuchlaridan foydalanish bo’yicha: 
- aholining o’sishi va ishchi kuchlaridan foydalanish
- aholi yashaydigan punktlar va ularni joylashtirish. 
Qurilish va kapital jamg’armalar bo’yicha: 
-  kommunal  turar-joy,  madaniy-maishiy  va  ishlab  chiqarish 
binolarining  hajmi,  qurilib  foydalanishga  topshirish  muddatlarini 
rejalashtirish. 
Rejalashtirish  ishi  faqat  reja  tuzish  bilan  chegaralanmasdan,  balki 
reja ko’rsatkichlarining to’la bajarilishini ta’minlashdan ham iboratdir. 
Xo’jaliklarda  ishlab  chiqarish  rejalarining  aniq  bajarilishi  ustidan 
nazorat  qilishni  yaxshi  yo’lga  qo’ymay  turib,  uning  bajarilishini  amalga 
oshirib bo’lmaydi. Shuning eng yaxshi tuzilgan reja ham vaqti-vaqti bilan 
tekshirib  turilmasa  yoki  bajarishga  safarbar  qilinmasa,  kog’ozda  qolib 
ketishi mumkin. 
Rejani  nazorat  qilishda  ma’lumotlar  oddiygina  solishtirilib 
qolinmasdan,  balki  iqtisodiy  ko’rsatkichlar  bo’yicha  bajarilishini  ham 
nazorat  qilinishi  lozim.  Shundagina  xo’jalikning  barcha  ishlab  chiqarish 
topshiriklariga to’g’ri baho berish mumkin. 
Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  qishloq  xo’jalik  ishlab 
chiqarishda operativ va joriy rejalar qatorida istiqbol rejalarni tuzish ham 
mumkindir.  Hozirgi  bozor  iqtisodietida  qishloq  xo’jaligida  istiqbolni 
belgilab  beruvchi  ko’rsatkichlar  erdamida  milliy  va  amaliy  asoslangan 
rejalar  tuzish  va  ularni  ishlab  chiqarish  jarayonlarida  qo’llashni 


 
86 
rejalashtirish, 
xo’jaliklarning 
kelajakda 
rivojlanishda 
ko’plab 
imkoniyatlarni vujudga keltirib beradi. 
Qishloq  xo’jaligi  korxonalari  faoliyatini  rejalashtirish  va  ishlab 
chiqarishda  istiqbol  rejalarni  tuzishni  rejalashtirish  va  uning  mohiyati 
shundaki,  bu  rejalar  ishlab  chiqarishda  zamonaviy  fan-texnika 
yutuqlaridan foydalanishga imkon beradi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish