B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


 Qishloq xo’jaligini rejalashtirishda prognozlashning



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/195
Sana18.01.2022
Hajmi2,02 Mb.
#390083
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   195
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

 
4.4. Qishloq xo’jaligini rejalashtirishda prognozlashning 
ahamiyati 
 
Qishloq  xo’jaligida  mahsulot  ishlab  chiqarishni  rejalashtirish  bozor 
iqtisodiyoti  munosabatlariga  mos  holda,  ya’ni  bozorga  va  iste’molchiga 
qaratilgan  holda  tashkil  etish  lozim.  Iqtisodiyotning  agrar  sektorini 
rivojlantirish muammolarini hal etish O’zbekistonning bozorga o’tishdagi 
butun  strategiyasini  hal  qiluvchi  bo’g’indir.  Bu  qishloq  xo’jaligining 
respublika  iqtisodiy  va  ijtimoiy  hayotidagi  rolidan  kelib  chiqadi. 
Aholining  60  %  qishloq  joylarda  yashaydi.  Milliy  daromadning  32 
foizidan  ko’prog’i  bugungi  kunda  qishloq  xo’jaligidan  olinadi.  Qishloq 
xo’jaligi  respublika  hayotini  ta’minlashning  asosi,  sanoatning  etakchi 
tarmoqlarini rivojlantirish uchun shuningdek, eksport resurslari va valyuta 
tushumlarining eng muhim manbalaridandir. 
Qishloq  xo’jaligi  korxonalari  faoliyatini  rejalashtirishtirishning 
muhimligi 
ham 
shundaki, 
xo’jaliklarda 
ishlab 
chiqarishni 
rejalashtirishning eng muhim tomonlarini izlab topishdan iboratdir.  
Xalq  xo’jaligni  rivojlantirish  rejalarini  tuzish  va  ishlab  chiqarishni 
yanada  yuksaltirish  asosida  tashkil  etish  rejalashtirish  deb  ataladi. 
Iqtisodiy  reja  tuzganda,  ijtimoiy  taraqqiyot  ehtiyojlarini  nazarda  tutadi, 


 
82 
ya’ni  ishlab  chiqarishni  taqsimot  va  ayriboshlashni  butun  jamiyat 
miqyosida rejali ravishda tashkil etadi. 
Xo’jaliklarda  rejalar  aniq  va  ilmiy  jihatdan  asoslangan  bo’ladi. 
Chunki,  har  bir  xo’jalik  rejani  tuzishda  rejalashtiruvchi  bo’limlar 
iqtisodiy  shart-sharoit  va  imkoniyatlarga,  ishlab  chiqarish  ilg’orlarining 
tajribasidan keng foydalangan holda ishlab chiqaruvchi kuchlarni, fan va 
texnikani  rivojlantirishda  erishilgan  darajaga  asoslanadi.  Rejalarning 
aniqligi  xo’jalikda  tashkilotchilik  ishi  va  mehnatkashlarning  ijodiy 
tashabbusi bilan ta’minlanadi. 
Rejalashtirish  bevosita  xo’jaliklarning  o’zida  amalga  oshirilishi 
hamda  asosiy  e’tibor  xujalikni  intensiv  rivojlantirish  yo’li  bilan  qishloq 
xo’jalik  mahsulotlarini  har  tomonlama  ko’paytirib  borishga  qaratilishi 
kerak. 
Xo’jaliklarda 
ishlab 
chiqarish 
rejasini 
tuzganlarida 
rejalashtirilayotgan  tadbirlarning  iqtisodiy  jihatdan  qanchalik  ahamiyatli 
ekanligiga  alohida  e’tibor  berish  kerak.  Masalan:  ekin  maydonining 
strukturasini  belgilash  bilan  birga  ekiladigan  har  bir  gektar  ekinning 
ahamiyati,  qimmati  va  hosildorligini  puxta  tahlil  qilish,  uning  xo’jalikka 
iqtisodiy jihatdan qanday foyda keltirishini aniqlash zarur. 
Xo’jaliklarda quyidagi turdagi rejalar tuziladi:  
Perspektiv  reja.  Bu  rejaga  xo’jalikni  rivojlantirishning  bir  necha 
yillarga  mo’ljallanib  tuzilgan  rejalari  kiradi.  Unda  tegishli  yillarda 
bajarilishi  ko’zda  tutiladi.  Bu  reja  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini  harid 
qilish va tashkiliy-xo’jalik rejalari loyihalari asosida tuziladi.  
Yillik  ishlab  chiqarish  -  moliya  rejasi  hamda  ichki  bug’inlar  va 
yordamchi  korxonalarga  beriladigan  yillik  ishlab  chiqarish  topshiriqlari. 
Bu  rejaga  xo’jalikning  bir  yilgi  ishlab  chiqarish  -  moliya  rejasi  hamda 
erdamchi  korxona,  ichki  bo’g’inlarning  yillik  ishlab  chiqarish 
topshiriqlari kiradi.  
Operativ reja. Bu rejaga qishloq xo’jalik ishlarining turli davrlariga 
qarab tuziladigan ish rejalari - ya’ni kvartallar, oylarda qilinadigan ishlar 
rejasi hamda plan-naryadlar kiradi. Bu rejada jamoaning bir yil davomida 
qilinadigan  ishlari  belgilanadi.  Ishlab  chiqarish  -  moliya  rejalari  asosida 
xo’jalikning  ayrim  tarmoqlariga  yillik  ishlab  chiqarish  topshiriklari 
beriladi. 
Xo’jalik  istiqbol  va  joriy  rejalarida  xo’jalikning  rivojlanish 
ehtiyojlari  va  aniq  sharoitga  qarab,  xo’jalikning  har  bir  sohasida  ishlab 
chiqarishning  o’sish  sur’atlari  aniqlanadi  va  xo’jalikning  har  bir 
tarmog’iga tegishli topshiriqlar belgilanadi. 


 
83 
Istiqbol  rejada  xo’jalikni  bir  necha  yil  mobaynida  rivojlantirish 
ko’lami va sur’ati oldindan belgilab beriladi. 
Bu  reja  odatda,  mamlakat  xalq  xo’jaligini  rivojlantirish  istiqbol 
rejasida ko’zda tutilgan muddatga mo’ljallab tuziladi. U bir necha yilga, 
jumladan  5,  10  va  undan  ko’prok  yilga  mo’ljallab  tuzilishi  mumkin. 
Istiqbol  rejalar  tufayli  rejalashtirishning  uzluksizligi  ta’minlanadi. 
Shuning  uchun  ham  istiqbol  reja  xo’jalikni  rivojlantirishning  ko’p  yilga 
mo’ljallab  tuzilgan  dasturidir.  Istiqbol  rejaning  eng  muhim  topshiriqlari 
yillar bo’yicha taqsimlanadi. 
Qishloq  xo’jaligida  istiqbol  rejalarni  tuzishda  xalq  xo’jaligini 
yanada  rivojlantirish  istiqbolli  rejalariga  hamda  Qishloq  va  suv  xo’jaligi 
vazirligi  va  Vazirlar  Mahkamasining  qishloq  xo’jaligini  yanada 
yuksaltirish haqidagi qarorlariga amal qilinadi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish