100
Menejmentning tashkil etish funksiyasi qо‘yilgan maqsadlarga
muvofiq ishlab chiqarish uchun zarur bо‘lgan moddiy-texnika bazasini
yaratish, boshqaruv apparatining maqsadga muvofiq tashkiliy tarkibini
aniqlash, zarur meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish, yangi
standartlar, boshqaruv bо‘linmalari tо‘g‘risidagi qoidalar, vazifaviy
yо‘riqnomalar tayyorlash va boshqalarni о‘z ichiga oladi. Tashkil etish
funksiyasi
korxonada
bо‘limlar
faoliyatining
tarkibiy-tashkiliy
bog‘lanishiga belgilangan rejalarni ma’lum tartib asosida bajarilishini
ta’minlaydi. Boshqacha qilib aytganda, korxonada barcha jarayonlarni
birligini ta’minlab, yagona maqsadga birlashtiradi.
Menejmentning muvofiqlashtirish funksiyasi belgilangan dasturni
yoki maqsadga muvofiq yoki rejani amalga oshishini, ishlab chiqarish
jarayonlarining bir meyorda borishini ta’minlaydi va о‘rnatilgan meyordan
og‘ishini bartaraf etadi. Bu korxonada zaruriy tartiblilik va barqarorlik
holatini о‘rnatadi. Ishlab chiqarishni taraqqiy etishi bilan boshqaruvchi va
boshqariluvchi tizimlar о‘rtasidagi aloqalar doimo ham bir meyorda
davom
etmaydi.
Bо‘limlarning vazifaviy majburiyatlarini tо‘liq
bajarilmasligi natijasida о‘zaro aloqalarda uzilishlarni, jarayonlarda
og‘ishlarni vujudga keltiradi. Bu masalalar muvofiqlashtirish funksiyasi
orqali yechiladi. Muvofiqlashtirish funksiyasi bozor iqtisodiyotiga о‘tish
sharoitida katta ahamiyatga ega. Unga ishlab chiqarish kо‘lami oshgan,
murakkablashib borayotgan iqtisodiy aloqalar vujudga kelgan sari katta
talab qо‘yilmoqda. Menejmentning muvofiqlashtirish funksiyasi orqali
korxonaning dinamikasini, boshqaruv tizimini turli qism va bо‘linmalari
bilan aloqasini bir tekisligi ta’minlanadi.
Menejmentning nazorat qilish funksiyasi vazifasi amalda belgilangan
topshiriqlarning bajarilishini, ishlab chiqarishning bir meyorda davom
etishini kuzatish, uzilish holatlarni, о‘rnatilgan talablardan og‘ish
sabablarini aniqlash, bartaraf etish, ularni oldindan bilish va ogohlantirish,
ishlab chiqarishning barqarorligini ta’minlashdir. О‘zining mohiyatiga
kо‘ra nazorat funksiyasi universal hisoblanadi, chunki, korxona
funksiyasining
barcha
bо‘g‘inlari va bо‘linmalariga (texnologik
jarayonlarning nazorati, texnik hujjatlar holatini nazorat qilish, mahsulot
sifatini nazorat qilish va hakazo) kirib boradi va menejmentni boshqa
funksiyalari
bilan
yaqin
bog‘langan bо‘ladi. Shunday qilib,
menejmentning nazorat funksiyasi korhona faoliyatining haqiqiy holatini
о‘rnatilgan talablardan og‘ishidan doimo xabardor bо‘lib turish imkonini
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: