О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov


Menejment funksiyalarining turkumlanishi



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

Menejment funksiyalarining turkumlanishi  
 


92
 
 
Menejment  funksiyalarining  tasnifi. 
Menejment  funksiyalarining 
mohiyati, tasnifi va mazmunini о‘rganish boshqaruvning  butun  jarayonini 
targibga solib turish uchun  zarurdir, chunki  yuqorida  ta’kidlaganimizdek, 
boshqaruv  mazmuni  jarayon  sifatida  uning  funksiyalarida  namoyon 
bо‘ladi. 
Menejment-tashkilot  maqsadlarini  shakllantirish  va  ularga  erishish 
uchun  zarur  bо‘lgan  rejalashtirish,  tashkil  qilish,  motivatsiya  va  nazorat 
kabi 
asosiy(umumiy) 
funksiyalarni 
amalga 
oshirish 
jarayonidir. 
Boshqaruvga oid ikki muhim holatni kо‘rsatish mumkin:  
-birinchidan,  har  qanday  tashkilotning  boshqaruv  tizimi  nechta 
bosqichdan  iborat  bо‘lmasin,  shartli  ravishda  uch  bosqichga  keltiriladi: 
oliy bosqich, о‘rta va quyi boshqaruv bosqichi. Bu bosqichlarga bо‘linish 
boshqaruv  hajmi,  maxsus  mehnat  taqsimotiga  bog‘liq  bо‘ladi.  Sotsiolog 
Talkott Parsons fikriga kо‘ra, “quyi bosqichdagi, ya’ni texnik bosqichdagi 
rahbarlar,  asosan,  har  kundalik  operatsiyalar  va  harakatlar  bilan 
shug‘ullanib,  ishlab  chiqarishda  yoki  xizmatlar  kо‘rsatishda  uzluksizlikni 
ta’minlaydilar. 
О‘rta  boshqaruv  rahbarlari  asosan  tashkilot  ichida  boshqaruv  va 
о‘zaro kelishtirish ishlari bilan, tashkilotning turli bо‘limlarini harakatlari 
va  faoliyat  shakllarini  о‘zaro  kelishtirish  bilan  shug‘ullanadilar.  Va 
nihoyat,  oliy  boshqaruv  bosqichi,  ya’ni  institusional  bosqich  rahbarlari, 
asosan,  uzoq  muddatli  rejalarni,  maqsadlarni  ishlab  chiqish  hamda 
tashkilotning turli sharoit, о‘zgarishlar va ijtimoiy jarayonlarga moslashish 
masalalari bilan shug‘ullanadilar”;  
-ikkinchidan,  hozirgi  davr  tashkilotlari  shunchalik  tez  о‘zgaruvchan, 
turg‘un bо‘lmagan muhitda ishlashga majburki, bozor iqtisodiyoti sharoiti 
ulardan juda tez tarzda sharoitga moslasha bilishni taqozo etadi. Rahbarlar 
о‘zgarishlarni  kutib  о‘tirib,  keyin  harakatga  tushishlari  kerak  emas,  balki 
shu о‘zgarishlarni oldindan kо‘ra bilgan holda, aniq tadbirlarni qо‘llashlari 
kerak  bо‘ladi.  Hozirgi  kunda  tashkilotlar  rahbarlari  huddi  tadbirkorlardek 
fikrlashlari  va  faoliyat  yuritishlari  zarur.  Tadbirkor  menejer  imkoniyat 
izlaydi  va  о‘zini  xavf-xatarga  soladi.  Funksiya  lotin  tilidan  kelib  chiqqan 
bо‘lib faoliyat, majburiyat, ish ma’nosini anglatadigan sо‘z.  
Demak,  funksiya  biror  bir  organ  bajaradigan  ishni,  kishilarning 
majburiyatlarini yoki faoliyat doiralarini anglatadi.Menejment funksiyalari 
deganda  ishlab  chiqarishni  boshqarishga,  bir  qator  aniq  vazifalarni 
bajarishga qaratilgan bir xil ishlar majmuasiga aytish mumkin. Menejment 
ta’sir  sifatida  qator  funksiyalar  orqali  amalga  oshiriladi.  Menejment 
funksiyalarining  mazmuni  ishlab  chiqarish  jarayonini  tashkil  qilinishidan 


93
 
 
kelib  chiqadi.  Menejment  funksiyalari  juda  keng  ma’noli  tushunchadir. 
Ular,  ma’lum  belgilariga  kо‘ra,  asosiy  (umumiy)  hamda  aniq  (konkret) 
funksiyalarga bо‘linadi. Asosiy funksiyalarga rejalashtirish, tashkil qilish, 
motivatsiya,  nazorat  kiradi.  Bu  funksiyalar  hamma  bо‘g‘inlar  va 
bosqichlarda  amalga  oshiriladi.  Aniq  funksiyalar  ichida  esa  kо‘pincha 
quyidagi  aniq  funksiyalar  ajratiladi:  texnik-iqtisodiy  rejalashtirish, 
moddiy-texnik  ta’minot,  mehnatga  haq  tо‘lashni  tashkil  qilish  va 
hokazolar.  Menejment  funksiyalari  ishlab  chiqarish  jarayonining  alohida 
elementlari  va  parametrlari,  boshqarish  belgisi  bо‘yicha  ham  farqlanadi. 
Menejment  obe’ktlari  bо‘yicha  esa  gorizontal  va  vertikal  bosqich 
funksiyalarini  ajratish  mumkin.  Asosiy  funksiyalar  qatoriga  rejalashtirish, 
tashkil  qilish,  motivatsiya  va  nazorat  kiradi.  Ushbu  funksiyalarning 
uzluksiz, о‘zaro bog‘liq ravishda amalga oshirilishi menejmentning siklini 
tashkil  qiladi.  Asosiy  funksiyalar  qatoriga  tashkilotning  turidan  qat’iy 
nazar,  doimiy  tarzda  bajarilishi  shart  bо‘lgan  vazifalar  kiradi,  ular  bir 
necha mayda aniq funksiyalarni о‘z ichiga oladi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  menejmentning  funksiyalari  bir-biri  bilan 
uzviy  bog‘langan  bо‘lib,  korxonaning  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmini 
kо‘paytirish, samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish