va butalarni himoyalash va saqlab qolish ishlarini amalga oshirishga
kirishiladi.
0 ‘sib turgan daraxtlar yonida (1,5-2 m yaqinida) er osti
kommunikasiya ishlari yoki yo‘laklar barpo etiladigan boMsa,
o ‘simliklarning er osti qismini himoyalash zarurati tug‘iladi. Er
qazish ishlarida o ‘simliklar ildizi tizimi zararlanadigan bo‘isa, unda
ularning hayoti izdan chiqadi. Bunday zararni kamaytirish uchun,
daraxtning ildizi shikastlangan tomonidagi shox-shabbasi maxsus
ish qurollari yordamida kesib tashlanadi. Shoxlar va novdalarning
kesilgan joyiga yog‘li bo ‘yoq suriladi.
0 ‘simliklaming er ustki qismi har xil sabablarga ko‘ra mexanik
tarzda shikastlanishi mumkin. Sog‘lom daraxtning shox-shabbasi,
masalan, yonida ag ‘darilgan daraxt bilan yoki yoritgich yog‘ochlari
o‘rnatilgan paytda zararlanishi mumkin. Shuningdek, daraxtlar
yonida yaqin harakatlanayotgan transport vositasi bilan ham ularga
shikast etkazish ehtimoli mavjud. Bulami oldini olish maqsadida
qimmatli ekinzorlar va daraxtlar atrofida to ‘siqlar quriladi. Agarda,
ko‘rilgan ehtiyot choralariga qaramasdan, ularga shikast etkazilgan
bo‘lsa, singan shoxlari kesib tashlanadi va kesilgan joylariga bo‘yoq
surib qo‘yiladi. Ushbu tadbir o ‘simliklaming zararlanishidan va
kasalliklardan himoya qiladi.
B a’zi bir qari manzarali daraxtlar uchun maxsus taxta
tirgovuchlar qo‘yiladi. Yirik, yuqori manzarali daraxtlarda (ekinlar,
chinor va boshqalar) ko‘p hollarda tanasi kovak yoki qurigan
shoxlari boMadi. Ushbu daraxtlarga alohida e ’tibor qaratiladi:
qurigan shoxlari kesib tashlanadi, kesilgan joylarini himoyalab,
kovaklarini sementlab q o ‘yiladi.
Ba’zi hollarda, vertikal loyhalashni amalga oshirishda, alohida
daraxt yoki daraxt guruhlari maydon yoki hududning loyiha
yuzasiga nisbatan past yoki yuqorida joylashib qolishi mumkin.
Bunda daraxtlar noqulay sharoitlarga tushib qolishi, agar tegishli
choralar ko‘rilmasa, nobud boMishi mumkin. Daraxtlar chuqurlikda
joylashib qolsa, ularning ildiz tizimi tuproqning ortiqcha namligi
tufayli aziyat chekadi, kislorod tanqisligidan tuproqdagi foydali
mikrofloralar faoliyati to ‘xtaydi. Bunday salbiy holatlami oldini
olish uchun alohida daraxtlar (yoki bir guruh daraxtlar) atrofida
quruq quduq deb nom olgan inshootlar barpo etiladi. Quduqlar
ochiq yoki yopiq boMishi mumkin.
Quruq quduqni barpo etishdan oldin, uning xajmi, eni va
uzunligi belgilanadi. Quduqning chuqurligi daraxtning katta-
kichikligiga bogMiq: yirik daraxtlar uchun — 80 sm gacha; uncha
katta boMmaganlari uchun 30-50 sm dan oshmaydi. Vertikal
loyihalash rejasiga shu ko‘rsatkichlarni kiritish lozim. Quruq quduq
eni, konstruksiya tipiga bogMiq. Daraxt tanasidan to quduq
devorigacha 0,5-0,6 m boMadi. Agar daraxt yoMakda joylashgan
boMsa, bu holda yopiq quduq barpo etilib, ustidan panjara bilan
berkitiladi. Panjara boMmagan taqdirda, chuqurning ichki qismi
yirik shag‘al. tosh yoki maydalangan tosh bilan loyihadagi tuproq
sathigacha toMdiriladi. Ochiq va yopiq quduqlarning devorlari tabiiy
toshlar yoki gMshtlar bilan o ‘raladi.
Tabiiy tuproq sathi loyihaga asosan pasaytiriladigan boMsa,
tuproqning yuza qismi olib tashlanadigan taqdirda daraxtlar
faoliyatiga xavf tugMshi mumkin. Tuproqning 10-15 sm yuza
qatlami olib tashlansa, ko‘pchilik daraxtlar yangi sharoitga tez
moslashadi. Bundan chuqurroq qatlam kesiladigan boMsa, daraxt-
laming ildiz tizimi ochilib, ularga shikast etkazilish ehtimoli
vujudga keladi.
Daraxt atrofidagi
tuproq
sathining
keskin
pasaytirishi kerak boMsa bu holda daraxt atrofida maxsus qurilmalar
barpo etiladi.
Daraxt ekish uchun loyihalashtirilgan joy qiyalikda boMsa,
unda uning atrofidagi aylana bo‘ylab (aylana radiusi taxminan
daraxt shox-shabbasi radiusiga teng holda) toshdan tirgovuch devori
yasalib, chim tuproq bilan mahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: