A. Q. Q a y im o V aholi yashash joylarini


Yashil ekinzorlar qatorlari  kengligi, metr



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/78
Sana18.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#386890
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78
Bog'liq
AHOLIYASHASHJOYLARINIKOKALAMZORLASHTIRISHPDF

Yashil ekinzorlar qatorlari  kengligi, metr
Daraxt va buta ekinzorlari
YoMaklar
kengligi
Qatorlab  ekilgan  daraxtlar  yoki  daraxtlar  bilan 
butalar birgalikda ekilgan gazonlar:
Bir qatorli  ekinzor
2,0
ikki  qatorli  ekinzor
5,0
Butalar  bir  qator  qilib  joylashgan  gazonlar:
1,2
baland bo‘yli  butalar (1,2-1.8  ml
1,0
Past bo‘yli  butalar (1,2  metrgacha)
0,8
Agarda  chorrahalardagi  transport  qatnovi  aylana  (doira) 
bo‘yicha  tashkil  qilingan  boMsa,  uning  markazida  15-25  m2 
diametrga  ega  boMadigan  yashil  orolchalar  barpo  etiladi.  Ushbu 
gazonli  orolchalarda  gullar  (atirgullar),  gullaydigan  butalar,  kichik 
daraxtlar,  oMsimon o ‘simliklar ekiladi.
Tramvay  yoMlarini  ikkinchi  va  uchinchi  ekin  toifali  daraxtlar 
bilan to ‘sib qo‘yish tavsiya etiladi.
Ko  chalarda  daraxtlarni  ekishda  vodoprovod  inshootlari  va 
boshqa  er  osti  qurilmalari  inobatga  olinishi  zarur.  Daraxtlar  shox- 
shabbalari  tramvay,  trolleybus  va  boshqa  osigMiq  elektr  energiyasi 
tarmogMga tegmaydigan boMishi kerak.
Ko‘chalar  y o ‘nalishiga  qarab,  jaziram a  va  issiqdan  himoya- 
lashga qaratilgan yashil ekinzorlarga talablar o ‘zgarib  boradi.


Kenglik y o ‘nalishdagi  ko‘chalar (ko‘cha o ‘qi  g‘arbdan  sharqqa 
tomon,  uylar yuza  qismi  bir tomondan  shimolga,  ikkinchi  tomondan 
janubga  yo'nalgan)  hamda  uzunlik  yo‘nalishidagi  ko‘chalar  (ko‘cha 
o ‘qi  shimoldan janubga qadar,  uylar yuzasi  sharqdan  g ‘arbga tomon 
y o ‘nalgan)  mavjud.
Kenglik  y o ‘nalishidagi  k o ‘chalarda  (uylar  yuzasi  shimolga 
qaragan)  faqatgina  yo'laklarda  soyalatish  zarur  bo‘ladi.  Agarda 
uylar  ko‘p  qavatli  b o is a ,  ularning  soyasi  yo'lakka  tushadi,  shuning 
uchun  ekinzorlarni  siyrak  ekish  mumkin,  bunda  arxitektura jihatdan 
e ’tiborga  loyiq  binolar  to ‘silmaydi.  Qarama-qarshi  tom onda 
k o ‘chaning  faqat  y o ‘lak  qismi  soyalatiladi,  chunki  uyning  shimol 
tarafidagi  yuzasi  kamroq  qiziydi  (sharq  va  g ‘arbga  yo‘naltirilgan  uy 
yuzasiga  nisbatan),  shu  sababli,  ularni  soyalatish  zarurati  qolmaydi. 
Kenglik  yo'nalishdagi  ko‘chalarda  y o ‘lakning  ikki  tomoniga,  yoki 
y o ‘lak  bilan  yo'lning  harakatlanish  qismi  orasiga  o ‘rtacha  baland- 
likdagi daraxtlar ekiladi.
Uzunlik  yo ‘nalishidagi  ko‘chalarda  yo‘laklar  va  binolarni 
soyalatish  uchun  baland  o ‘suvchi  daraxtlardan  foydalaniladi;  ular 
yo ‘lak  bilan  y o ‘1  harakatlanish  qismi  orasida joylashadi;  imkoniyat 
bo'lgan hollarda esa (agar y o 'lak  bino va uylarga yaqin tutashmagan 
bo'lsa)  -   yo'lakning  ikkala  tom oniga  daraxtlar  ekiladi  (bu  holda 
alleya  vujudga  keladi).  Ekinzorlar  uylar  oldidagi  daraxtlar  bilan 
to'ldiriladi:  ular  binolarni  to'sib ,  uy  ichidagi  havo  harorati  rejimini 
yaxshilaydi  hamda shovqinni  kamaytirish vazifasini o'taydi.
K o'chalarni  ko'kalam zorlashtirishda  ikkita  hodisa  kuzatiladi: 
1)  loyiha  bo'yicha  yangi,  ko'kalam zorlashtirilm agan  ko'chalar 
obodonlashtiriladi;  2)  ko'chalarda  ekinlar  mavjud,  lekin  ular 
eskirgan,  qarigan,  kasal  yoki  manzarali  xususiyati  kam  bo'lib, 
yangidan  rekonstruksiyalashga moyil.
Rekonstruksiya  qilishda  daraxtzorlarni  butunligicha  va  qisman 
o'zgartirish  mumkin.  Butunligicha  o'zgartirishda  uchta  variant 
mavjud:  a)  ko'chalardagi  daraxtlarning  barchasi  kesib  tashlanadi  va 
yangi  daraxtlar  ekiladi;  b)  2-3  ta  daraxt  oralatib  eski  daraxtlar 
o'rniga  yangilari  ekiladi;  v)  har  50-100  metrda  ekinzorlar  kesilib, 
yangilari  bilan  almashtiriladi.  Qisman  o'zgartirishda  faqat  yosh
ekinlar  yoki  manzarali  bo'lgan  katta  yoshdagi  bir  nechta  daraxtlar 
qoldiriladi.
Toshkent  shahri  ko'chalarining  ko'kalamzorlashtirish  uslublari 
turlicha.  Kichik,  tor  ko'chalarda  daraxtlar  asosan  ikki  qator  qilib 
ekilgan.  Keng  ko'chalarda  esa  k o 'p   qatorli  daraxtzorlar  bo'lib, 
yo'lakning  bir  yoki  ikki  tomonini  egallagan.  Y o'lning  transport 
harakatlanish qismi  va  piyoda yo'lakchalari  orasida ekinzorlar barpo 
etish, jam oat  binolari  oldidagi  gullar  bilan  bezatish  uslublari,  uylar 
atrofidagi  bog'chalar  va  kurdenerlar,  y o'llar  chetidagi  guruhlab 
ekilgan  butalar,  bino  va  uylar  oldidagi  yashil  to'siqlar  shular 
jum lasidandir.
Daraxt  va  buta  turlari  rang-barangdir.  Qimmatli  turlar 
yordamida  ko'kalam zorlashtirilgan  ko'chalar  mavjud.  Masalan: 
yozgi  eman,  kumushbargli  va  dala  zarangi,  yapon  saforasi,  kanada 
bagryannigi,  kashtan  va boshqalar.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish