SANOAT KORXONALARINI KO‘KALAMZORLASHTIRISH
Sanoat korxonalarining hududi «zavod-bog‘», «fabrika-bog‘»
ko‘rinishida bo‘lmog‘i lozim. Yashil ekinzorlar ishchi va xizmat-
chilarni ishlab chiqarishning zaharli chiqitlaridan, noqulay iqlim
shiiroitlaridan (yuqori harorat, havoning past nisbiy namligi,
shamollar) muhofaza qilish uchun xizmat qiladi; qisqa muddatli
dam olish uchun qulay sharoitlar yaratadi, hududning manzarali
bezatilishini ta ’minlaydi.
Zavod va fabrikalar hududining quyidagi qismlari ko‘kalam-
zorlashtiriladi: jam oat va m a’muriy binolar oldidagi maydonlar,
korxonaga kirish joylari, ishchi va xizmatchilar dam oladigan joylar,
korxona hududi ichidagi yo‘Ilar, ishlab chiqarish, omborxona va
yordamchi binolar oldidagi ochiq maydonlar, hudud atrofidagi
himoya ekinzorlari.
Alohida jam oat va m a’muriy binolar oldidagi maydonchalarda
hiyobonlar tashkil etiladi. Kichik daraxtzorlar, bog‘lar, tok bilan
o ‘ralgan ishkomlar, mevali bog‘lar dam olish joyi bo‘lib xizmat
qiladi.
Transport
harakatlanadigan
yoMlaming
ko‘kalamzorlash-
tirilishi, ularning ikki tomoniga (har tomonidan 1-2 qator qilib)
daraxtlar ekish bilan amalga oshiriladi. Korxonadagi piyodalar
y o ‘lakchalari turli tartibda ko‘kalamzorlashtiriladi; yoTakchaning
bir yoki ikkala tomonidan daraxtlar ekish; daraxtlar qatori yonida
butalar ekish; faqat butalami ekish; gazonlar tashkil etish; gullar
ekish. Bundan tashqari, ushbu uslublaming bir nechtasini birgalikda
qo‘llash mumkin.
Binolar orasidagi va alohida binolar atrofidagi ko‘kalam-
zorlashtirilgan maydonlar kichik (alleya va yoMaklarsiz) va katta
(maydonchaiar va y o ‘lakchalari bilan) b o iish i mumkin.
Uncha katta boTmagan maydonchalarda quyidagi ekinzor-
laming biri q o ‘llanishi mumkin - guruhli ekinlar, yashil daraxtlar
massivi, alohida daraxtlar ekilgan gazonlar, gullar; katta hajmdagi
maydonlarning
ko‘kalamzorlashtirishi
dam
olish joylari
va
piyodalar y o ‘lakchalari-nikiga o ‘xshash boTadi.
0 ‘simliklar turini tanlashda, ularning chang va zaharli gazlarga
chidamlilik darajasi inobatga olinadi. Bunda ko ‘kalamzorlash-
tirishning inson psixologiyasiga ta ’siri ham e ’tiborga olinadi.
Ishlab chiqarish jarayoni kuchli shovqin ta ’siri ostida
bo‘ladigan sexdan chiqish joyida rangiga va kompozisiyasiga ko‘ra
mayin ekinzorlar yaratish, va aksincha, bir m e’yordagi, tinch ish
holatidan keyin insonning yorqin gulzorlar, turli shakl-shamoilga
ega o ‘simliklar orasida boTishi foydalidir.
Qishloq joylaridagi ishlab chiqarish hududida ham sanoat
korxonalaridagiga o ‘xshash tamoyilga asosan ko‘kalamzorlash-
tiriladi.
Sanoat korxonaiari va aholi yashash joylari o‘rtasida yashil
xudud barpo etiladi. Ushbu yashil hudud aholi yashash joylarini
sanoat korxonalarining zararli ta ’siridan himoya qilishi zarur.
M uhofaza xududi daraxt ekinlarining ko‘p qatorli ekinzorlaridan
tashkil etiladi. Qaiin shox-shabbali baland bo‘yli daraxtlar qator
oralari va qatordagi daraxtlar oralig‘i 2x3 metr qilib joylashtiriladi.
Ushbu xududning markazida mevali bog‘lar, sabzavot tomorqalari
(bog‘chalari), ko‘chatxonalar barpo etish mumkin. Ko‘p hollarda
muxofaza ekinzorlari faqatgina shox-shabbali daraxtlardan tashkil
etiladi. M uhofaza hududining kengligi har xil 1000 metrdan 50
metrgacha va u korxonaning zararlilik darajasiga bogTiq bo‘ladi.
Zararlik darajasiga k o ‘ra barcha korxonalar 5 sinfga boMinadi
va har qaysi sinf uchun ekinzor hududining kengligi alohida
belgilanadi:
I sinf - yirik kimyo, metallurgiya, sement va neftni qayta
ishlovchi zavodlar, yirik elektr stansiyalari va boshqalar;
M uhofaza hududi kengligi - 1000 metr.
II s i n f - nisbatan kichik boTgan kimyo, metallurgiya va sement
sanoati korxonaiari; ko‘mir sanoati korxonaiari, kichikroq elektr
stansiyalari va boshqalar;
M uhofaza hududi kengligi - 500 metr.
III sinf - kimyo, metallurgiya sanoati kichik korxonaiari, teri,
tolalarni ishlash, mato va qog‘ozlarni to ‘yintirish korxonaiari, kichik
elektr stansiyalari va boshqalar.
M uhofaza hududi kengligi -3 0 0 metr.
IV s i n f - uy-qurish kombinatlari, qog‘oz, shifer, g ‘isht, oyna va
farfor ishlab chiqaradigan korxonalar, paxta tozalash zavodlari,
tamaki ishlab chiqarish fabrikalari va boshqalar.
M uhofaza hududi kengligi -1 0 0 metr.
V sinf-parfyum eriya, poyafzal fabrikalari, konserva zavodlari,
soat zavodlari, duradgorlik ustaxonalari va boshqalar.
M uhofaza hududi -5 0 metr.
Qishloq joylarida ishlab chiqarish va aholi yashash hududlari
o rtasida kengligi 20-50 metrlik himoya ekinzori barpo etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |