A. Q. Q a y im o V aholi yashash joylarini


TURLARI B O ‘YICHA KO‘KALAMZORLASHTIRISH



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/78
Sana18.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#386890
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78
Bog'liq
AHOLIYASHASHJOYLARINIKOKALAMZORLASHTIRISHPDF

TURLARI B O ‘YICHA KO‘KALAMZORLASHTIRISH
ISTIROHAT BO G ‘LARI
M adaniy  dam  olish  b o g ia ri -  yirik yashil  massiv  bo‘lib,  u erda 
aholining  dam  olishi  m a’naviy-tarbiyaviy  ish  bilan  chambarchas 
holda tashkil etiladi.
Bunday  joylarda 
ommaviy, 
m a’rifiy, 
madaniy 
ishlar, 
shuningdek,  ilmiy-ommabop,  badantarbiya  va  sport  ishlarini  rivoj- 
lantirishga  katta  e ’tibor  qaratiladi.  Tegishli  maqsadlarga  muvofiq 
holda  bog‘iarda  kutubxonalar,  m a’ruzaxonalar,  ko‘rgazmalar, 
attraksionlar  tashkil  etiladi,  mavzuli  kechaiar,  xalq  sayillari, 
kinofilmlar namoyishlari va boshqa tadbirlar o ‘tkaziladi.
M adaniy  dam  olish  bog‘i  aholi  yashash  massivlari  bilan  qulay 
transport  qatnoviga  ega  bo‘lib,  mikroiqlim  va  sanitar  gigienik 
sharoitiari yaxshi  boMadigan  hududda joylashishi kerak.
B og‘  hududining  balansi  (hudud  balansi  -   nisbiy  birlikda) 
butun  hududga  nisbatan  %  hisobida  va  mutlaq  (m2,  ga)  birlikda 
k o ‘rsatilgan;  rejadagi  qismlaming  nisbati  quyidagicha  bo‘lishi 
kerak:  yashil  ekinzorlar  -   75-78  %,  alleya  va  y o ‘laklar  10-14  %, 
maydonchalar  8%,  inshootlar  3%.  Demak,  bog‘ning  asosini  yashil 
ekinzorlar tashkil etadi.
B og‘ning  rejalashtirish  uslubi  doimiy,  peyzaj  va  aralash 
(doimiy va peyzaj  uslublarining uyg‘unligi) bo‘iishi mumkin.
B og‘  hududida  daraxt  va  butalarning  alohida  va  guruhlab 
joylashtirilishi;  alleyada  va  qatorlab,  yashil  massivlar,  yashil  devor­
lar va yashil to ‘siqlar tarzida joylashtirish uslubiari qoMlaniladi.
Alohida  maydonlar  yashil  to ‘siqiar  bilan  ajratiladi.  Qatorli  va 
alleya  ekinzorlaridan  tashqari,  qolgan  barcha  toifalar  gazonlarda 
joylashtiriladi.  Umumiy  yashil  ekinzorlar  maydonining  2-3%  ni 
gulzorlar egallaydi.


M adaniy  dam  olish  bogMarining  hududi  y o ‘nalishiga  ko‘ra,  bir 
necha qismlarga ajratiladi:
a)  tom oshalar  ko‘rsatiladigan  qismi  (attraksionlar,  kinoteatr, 
yozgi  kinoteatr  va  boshqalar.);  bog‘ning  umumiy  maydoniga 
nisbatan  8  % ni tashkil etadi;
b)  madaniy  -   m a’rifiy  tadbirlar  o ‘tkazish  qismi  (ko‘rgazmalar, 
ochiq  estrada,  raqs  tushish  uchun  maydonchalar,  o ‘yingoxlar  va  b.) 
-
8
% ;
v)  badantarbiya  va  sport  bo‘limi  (sport  o ‘yinlari  maydon­
chalari, qayiqlar stansiyasi va b.) -15% ;
g)  bolalar dam olish hududlari -5 % ;
d)  kattalarning dam olish joyi -60% ;
s) x o ‘jalik  qismi -4 % ;
M uayyan  sharoitlarga  bogMiq  holda  ushbu  nisbatlar  o ‘zgarishi 
mumkin.  B og‘  xududining  ayrim  qismlarini  birlashtirib,  umumiy 
olganda,  bog‘ni  ikkita  asosiy  boMimga  ajratish  mumkin:  faol  dam 
olish va tom oshalar ham da passiv dam olish qismlari.
B og‘  ichidagi  binolar  va  inshootlar  bir  —biridan  yashil 
ekinzorlar bilan ajralib turadi.
Istirohat  bogMga  asosiy  kirish  darvozasi  dam  oluvchilarning 
kelish  y o ‘nalishi  ham da  bog‘  tomonga  tutashgan  k o ‘chalar 
y o ‘nalishiga mutanosib ravishda belgilanishi  lozim.
Ommaviy  o ‘yinlar  maydonchalari  yashil  ekinzorlar  orasida, 
asosiy  kirish joyi yaqiniga joylashtiriladi;  kutubxona -  qiroatxonalar 
-istirohat bogMning  chetrogMda,  yashil  ekinzorlar oraligMda;  bolalar 
o ‘yingohlarini  imkon  qadar  bog‘ning  alohida  qismida,  eng  yashil 
tabiiy  sharoitlari  boMgan  maydonda;  sport  maydonchalarini  -  
ommaviy  o ‘yinlar  maydoniga  yaqin  va  dam  oluvchilar  k o ‘proq 
jam lanadigan joyda;  attraksionlar  esa  istirohat bogM  hududi  bo ‘ylab 
taqsimlanishi  yoki  bir  qismida  alohida  joylashtirilishi  mumkin; 
x o 'jalik  y o ‘nalishidagi  qurilmalar  bog‘ning  atrof  qismida,  k o ‘cha 
tomonga yoMak olib boruvchi  qismida joylashgani m a’qul.
B og‘ning 
tom oshalar 
hamda 
madaniy-ma’rifiy 
tadbirlar 
oMkaziladigan  boMimlari  dam  oluvchilarning  ommaviy  ko‘plab 
kelishiga 
moMjallanadi. 
Ularning 
harakatlanishida 
faqatgina 
alleyalar  va  yoMaklardan  foydalanishlari  ko‘zda  tutiladi.  A lleya  va
yoMaklar  kengligi  3-10  m.  Markaziy  alleya  eng  keng  (10  m  va 
undan  oshiq)  boMishi  kerak;  bu  erda  favvoralar,  manzarali  suv 
hovuzlari,  gulzorlar  va  haykaltaroshlik  namunalarini  joylashtirish 
mumkin.
Passiv  dam  olish  hududi  bog‘ning  asosiy  qismini  egallaydi. 
Dam  olish  maydonchalarida  kichik  arxitektura  shakllar  ko‘rinishi; 
ayniqsa  yashil  o ‘simliklar  bilan  qopiangan  pergala  va  trelyajlar 
barpo  etiladi.  Daraxtlar  ostidagi  gazonlarda  bog‘  chetida  dam 
olishga  ruxsat  etiladi.  Ushbu  hudud  maydonlarining  90%  dan  kam 
boMmagan joyini  yashil  ekinzorlar va  suv  havzalari  egallashi  lozim. 
Dam olish qismlarining yoMakchalari eni  l,5-3m  boMishi kerak.
Istirohat  bogMda  ochiq  va  yarimochiq  maydonchalar  boMishi 
nazarda  tutiladi.  Yopiq  maydonchalar  -   bu 
massivlar  va 
daraxtzorlar,  yarimochiq  -   daraxt  va  butalarning  guruhlab  ekilgan 
hududi;  ochiq  -   gulzorlar,  maydonchalar,  suv  havzalari  va 
gazonlardir.  0 ‘zbekiston  sharoitida  soya-salqin  rejimi  yopiq 
maydonchalarda  vujudga  keladi.  Lekin  istirohat  bogMda  ko‘proq 
yopiq  hududlar  boMadigan  boMsa,  unday  sharoitlarda  shamollatish 
imkoni  past  boMib,  dim  holat  vuzaga  keladi.  Shu  sababdan 
bogMarda  asosan  yarimochiq  maydonchalar  ko‘proq  boMishi 
maqsadga  muvofiq,  chunki  bunday  joylarda  shamollatish  hamda 
soyalatish 
imkoniyati 
mavjud. 
Sayr 
etishga 
moMjallangan 
hiyobonlar  soyalatib  qo‘yiladi,  asosiy  hiyobon  esa  —  yarimochiq 
yoki  ochiq  tipda  barpo  etiladi.  Istirohat  bogMning  markaziy 
kompozisiyasi  alohida  ajratilishi  lozim.  Bu  kompozisiya  k o ‘1, 
basseyn,  yirik  klumba,  haykaltaroshlik,  favvoralar  va  gulzorlardan 
tashkil  topgan  keng  hiyobon  ko‘rinishida  boMishi  mumkin.  Bir 
gektar maydondagi  ekinzorlar m e’yori quyidagicha:  daraxtlar -   150- 
200  ta;  butalar  -   1000-1200  ta  (yashil  to‘siqiami  hisoblaganda);
1 gektar  erdagi  minimal  miqdor  esa  -   daraxtlar  uchun  100  ta  va 
butalar uchun 300 ta beigilanadi.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish